Bezli epiteliy. Reja
Oddiy tarmoqlangan alveolyar bez. Soch bilan terining bo'lagi
Download 0.5 Mb.
|
Bezli epiteliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- A-epiteliy; B- biriktiruvchi to’qima;
Oddiy tarmoqlangan alveolyar bez. Soch bilan terining bo'lagi:
1-epiderma; 2 – derma; 3- teri osti yog' to'qimasi; 4-ter bezining sekretor qismi; 5-soch ildizi; 6-yog' bezi. Ishlanayotgan sekret ekzokrin bezlarda shilliq, oqsil yoki aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo’lishi mumkin. Sekret tarkibiga oqsil, yog’, polisaxarid, turli tuz yoki kislotalar kirishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador sitoplazmatik to’r kuchli rivojlangan bo’ladi va u hujayrani bazal va markaz qismlarini to’ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko’rish mumkin. Bunga misol qilib, so’lak bezi oxirgi bo’limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari xam farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan qoplama hujayralarda bor. A-epiteliy; B- biriktiruvchi to’qima; 1-tarmoqlanmagan oddiy naysimon bez; 2-tarmoqlanmagan oddiy alveolar bez; 3-tarmoqlangan oddiy naysimon bez; 4-tarmoqlangan oddiy alveolar bez; 5-murakkab naysimonalveolar bez; 6 – merokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; 7-apokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; 8-golokrin usulida sekretsiya qiluvchi bez; a- bazal hujayralar; b-sekret yig’ilayotgan hujayra; d-parchalanayotgan hujayra. Bez hujayralarida hosil bo’lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o’ziga xos tuzilishga ega bo’ladi. Bez hujayraning sekret ishlash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo’lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo’lgan moddalarning to’planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to’planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. Birinchi fazada qon va limfadan bazal plazmatik qobiq orqali hujayraga ishlash uchun kerakli bo’lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari va boshqalar kiradi. So’ngra ulardan bez hujayraning sitoplazmatik turida organik birikmalar hosil bo’lib, ular plastinkasimon kompleks sohasida yetiladi, yog’iladi va shakllanadi. Plastinkasimon kompleksning sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib apikal qismi sohasida yig’iladi va nihoyat bu yig’ilgan sekretor donachalar bez oxirgi bo’limlari ichiga ajraladi. Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri xar xil bo’ladi. Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan 80 bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib, so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi. Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi. Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi. Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan 80 bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib, so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi. Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi. Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi. Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. En-dokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez. oldi bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi. Bezlar ko`p hujayrali va bir hujayrali bo`lishi mumkin. Bezlarning asosiy ko`pchiligi ko`p hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin bezlarga qadahsimon hujayra-lar kiradi. Bir hujayrali endokrin bezlar esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin hujayralar juda ko`p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo`lishi mumkin. Ular epitelial tasma ichida joylashsa, endoepitelial bezlar deb yuritiladi. Agar ular epiteliydan tashqarida, ya’ni. biriktiruvchi to`qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi. Ko`p hujayrali bezlar, bezlarning asosiy qismini tashkil) qilib, ular biriktiruvchi to`qimada joylashadi. Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim va. 2) chiqaruv naylari farq qilinadi. Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo`lim hujayralari ko`pincha bazal membranada bir qavat bo`lib joylashadi. Faqatgina yog` bezlari oxirgi bo`limlarida bir necha qavat bo`lib joylashgan hujayralarni ko`rish mumkin. Ba’zi bir bezlarning oxirgi bo`limida. sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funktsiyasini baja-ruvchi mioepitelial hujayralar ham joylashadi. Oxirgi bo`limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo`llari orqali tashqi muhitga chiqariladi. Chiqaruv yo`llari hujayralarn sekret mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi moddalarni so`rishi mumkin. Ko`p hujayrali bezlarning chiqaruv yo`llari tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`ladi. Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar murakkab bezlar deb yuritiladi. Oxirgi bo`limlar ham tarmoqlangan yoki 79 tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bo`lim tarmoqlanmay, har qaysi chiqaruv nayi birgina oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar deyiladi. Agarda bir chiqaruv yo`liga bir necha oxirgi bo`lim o`z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yo`llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo`li bir necha oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bo`lim shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar farq qilinadi . Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar m e r o k r i n, a p o k r i n va g o l o k r i n bezlarga bo`linadi. Merokrin bezlarda hujayra ichida hosil bo`lgan mahsulot sekretor hujayra tanasining (qobig`i bilan) butunligi saqlanib qolgan diffuz holda hujayradan chiqariladi. Merokrin bezlarga ter va so`lak bezlari misol bo`la oladi. Apokrin bezlar sekretor hujayralarining apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayra-larning apikal qismi bez mahsuloti bilan qo`shilib ketadi. 56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema). A-epiteliy, B-biriktiruvchi 1o`qima, 1- oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2-oddiy tarmoqlanmagan alveolyar bez; 3-oddiy tarmoqlangan naysimon bez; 4-oddiy tarmoqlangan alveolyar bez; 5-murakkab alveolyar-naysimon bez; 6-merokrin bez oxiri; 7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a-o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret yig`ayotgan hujayra; a-parchalanayotgan hujayra. Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi. Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bo`lgan hujayralar bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog` bezlari misol bo`la oladi. Nobud bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida joylashgan kam differensiallashgan hujayralar to`ldirib turadi Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling