Bia 1-guruh talabasi Akramov Abdumannonjon Ahadjon o’g’li Biznesni baholash fanidan Oraliq nazorat Savol: Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat?


Biznes qiymatini baholashning mazmun-mohiyatini va baholash faoliyatining asosiy tushunchalarini ochib bering?


Download 35.44 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1277495
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes

2.Biznes qiymatini baholashning mazmun-mohiyatini va baholash faoliyatining asosiy tushunchalarini ochib bering?
«Biznes (angl. business) - xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlarini tavsiflovchi umumiqtisodiy atama». Biznes daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, mashg‘ulot turi hisoblanadi. Наr qanday biznes o‘zining korxona ko'rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega, Hozirgi sharoitda har qanday mulk obyekti daromad manbai va bozor muomalasining obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan, mulk huquqi ham ana shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayoni va daromad keltiruvchi mulk sifatida biznes alohida qiziqish uyg‘otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya tashkil etadi.
Bozor sharoitida har qanday tovar muomala ob’ekti hisoblanganidek, biznes ham tovarning barcha belgilariga ega va u fuqarolik – huquqiy muomala ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bu alohida turdagi tovar hisoblanadi va alohidalikni baholovchi xususiyatlari uni baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish fan va amaliyotning bir qator yangi sohalarini keng rivojlantirishni talab etadi. Xususiylashtirish jarayoni, fond bozorining vujudga kelishi, sug’urta tizimining rivojlanishi, tijorat banklarining mulk garovi ostida kreditlar berishga o’tishi asta-sekin xizmatlarning yangi yuri-biznesni baholash, uning sarmoyasining bozor qiymatini aniqlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantirdi.
Korxonaning bozor qiymatini aniqlash oldi-sotdi operatsiyalari bilan tugamaydi. Aksiyalashtirish, yangi aksiyadorlarni jalb etish va qo’shimcha aksiyalarni chiqarish, mol-mulkni sug’urtalash, mulkni garovga qo’yib kredit olish, soliqlarni hisoblash, meros qilish huquqidan foydalanish va boshq hollarda korxona biznesini baholashga nisbatan ehtiyoj ortadi.


3.Korxona va uning tarkibiy qismlarini baholash ehtiyojlari nima bilan shartlangan?
Biznesni baholash quyidagi holatlarda o’tkaziladi:
1.Korxonani joriy boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishda;
2.Fond bozorida korxona aksiyalarining oldi-sotdisi amalga oshirilgan hollarda
3.Korxona butunlay yoki qismlarga bo’lib oldi-sotdi qilingan hollarda
4.Korxona tarkibiy o’zgartirilgan hollarda
5.Korxonani rivojlantirish rejasi ishlab chiqilayotganda
6.Sug’urtalash amalga oshirilayotganda;
7.Korxonaning kredit qobilyati va kreditlash amalga oshirilayotganda garovning qiymati aniqlangan hollarda;
8.Soliq solish bazasi aniqlanayotganda;
9.Asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda;
10.Biznesni rivojlantirish uchun investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganda.
Agar korxona mulkining biron bir bo‘lagi oldi-sotdi, kreditlash, sug‘urtalash, ijara yoki lizing, payti kiritish obyekti bo'lsa, shuningdek, mol-mulk solig‘i aniqlanayotgan hollarda, zarur bo‘lgan obyekt, masalan, ko‘chmas mulk, mashinalar va jihozlar, nomoddiy aktivlar alohida baholanadi.
Biznesning mulkiy qismi qiymatini baholash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • u yoki bu sababga ko‘ra ko‘chmas mulkning qandaydir bir qismi sotilganda;

  • ko‘chmas mulkning bir qismini garovga qo‘yib kredit olinganda;

  • ko'chmas mulk sug'urta qilinayotganda va shu sababli sug'urtalanayotgan mulkning qiymati aniqlanayotganda;

  • ko‘chmas mulk ijaraga berilganda;

  • mol-mulk solig'ini hisoblashda soliq solish bazasi aniqlanayotganda;

  • ko’chmas mulkning bir qismini tashkil etilayotgan boshqa korxonaning ustav fondiga ulush sifatida rasmiylashtirishda;

  • biznes-rejani ishlab chiqishda qandaydir bir investitsiya loyihasi baholanayotganda;

  • xaiajatli yondashuvdan foydalangan holda korxona qiymatini umumiy baholashning oraliq bosqichi sifatida ko‘chmas mulk qiymatini baholashda.

  • Jihozlar qiymatini baholash quyidagi hollarda zarur:

  • ayrim sabablarga ko‘ra asbob-uskunalar va jihozlar sotilganda;

    • kredit bitimini ta’minlash uchun kо‘char mulkning bir qismini garov sifatida rasmiylashtirishda;

    • ko‘char mulkni sug'urta qildirishda;

    • mashinalar va jihozlar ijaraga berilganda;

    • mashinalar va jihozlar lizingini tashkil qilishda;

    • mol-mulk solig‘ini hisoblashda asosiy vositalar uchun soliq solish bazasi aniqlanayotganda;

    • mashinalar va jihozlami boshqa korxonaning ustav fondiga ulush sifatida rasmiylashtirishda;

    • investitsiya loyihasini amalga oshirishda mashinalar va jihozlar qiymatini baholashda.

  • Korxona firma belgisi yoki individuallashtirishning boshqa vositalari va uning mahsulotlari qiymatini baholash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

    • ular boshqa firma tomonidan sotib olinayotganda;

    • sotuv bozori kengayib, sotuvlar hajmi oshganda yangi hamkorlariga franshiza berishda;

    • boshqa korxonalar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar bilan korxona nufuziga yetkazilgan zarami aniqlashda;

    • korxona qiymatini umumiy baholash uchun nomoddiy aktivlar, gudvil qiymatini aniqlashda.


Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling