Bia-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Bank huquqi fanidan oraliq nazorat ishi Savollar
Download 86.91 Kb.
|
topshiriq
BIA-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Bank huquqi fanidan oraliq nazorat ishi Savollar 1. Banklarda hisob yuritish va hisobot. 2. Iste’mol kreditining huquqiy asoslari 3. Eksport-import, uni taqiqlash, cheklash, eksport nazorati. Javoblar: Banklarda hisob yuritish va hisobotini tashkil etish asoslari milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Ular O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: a) xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish; b) xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash; v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish; g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish. Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. Banklarda hisob yuritishni tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo‘lishi mumkin. 2. Download 86.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling