Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTONDA MILLIY VA DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI Mavzuning maqsadi
- Asosiy tushunchalar
Savol va topshiriqlar
1. „Turkiston to‘plami“ nima va u haqda qanday ma’lumotga egasiz? 2. V. I. Mejov „Turkiston to‘plami“ni tashkil etishda qanday faoliyat ko‘rsatdi? 3. N. Dmitrovskiyning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 4. A. A. Semyonov va „Turkiston to‘plami“ haqida to‘xtaling. 5. V. G. Chabrovning faoliyatini gapirib bering. 6. „Turkiston to‘plami“ning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz? 7. XX asr boshlarida yaratilgan bibliografik ko‘rsatkichlardan qaysilarini bilasiz? VII BOB. O‘ZBEKISTONDA MILLIY VA DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI Mavzuning maqsadi — milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha berish, O‘zbekistonda Milliy va davlat bibliografiyasining rivoji, uning markazlari haqida ma’lumot berish. 95 Asosiy tushunchalar — milliy bibliografiya, davlat bibliografiyasi, kitob palatasi, kitob solnomasi, taqrizlar solnomasi. Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyoti Ijtimoiy tashkilotlar hujjatlar va iste’molchilar o‘rtasidagi vosita sifatida avvaldan faoliyat ko‘rsatadi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng kitob ishi, nashriyotchilik ishi tubdan qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Òelegraf Agentligi O‘zbekiston Respublikasining Milliy agentligiga, Davlat kitob palatasi 1994- yili Milliy kitob palatasiga aylantirildi. Ularning nomi bilan birga vazifalari ham o‘zgardi. Chunki „Milliy“ va „Davlat“ tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 1991- yil bibliograf olim G. A. Levin „Íàöèîíàëüíàÿ áèáëèîãðàôèÿ â ìíîãîíàöèî- íàëüíîì ãîñóäàðñòâå“ nomli maqolasida milliy bibliografiya tushunchasiga alohida to‘xtaladi va qat’iy talablar qo‘yadi. Milliy bibliografiyaga quyidagi nashrlarni kiritish lozim deydi. 1. Aynan olingan mamlakat hududida nashr etilgan asarlar. 2. Nashr joyidan qat’i nazar, shu mamlakat haqidagi ada- biyotlar. 3. Nashr joyidan qat’i nazar, shu davlat tilida nashr etilgan asarlar. 4. Yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat fuqarolari to- monidan nashr etilgan asarlar. 5. Tug‘ilgan va yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat tub aholisi vakillarining asarlari. 6. Shu davlat hududidan tashqarida aynan shu davlat uchun nashr etilgan asarlar. Universal bibliografik hisobga olish joriy etilgandan so‘ng Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling