Bibliografiya lat p65


Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Bu
qo‘llanmalardan yangi hujjatlar haqida tezkor va muntazam


114
axborot berishda foydalaniladi. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiy-
tadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchilarga fanning, ilmning
rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o‘rganib borish imkonini
beradi. Axborotning tezkorligi va to‘liqligi faqatgina u yoki bu
sohada fanning rivojlanishigagina bog‘liq emas, balki yutuqlarning
amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Bularni to‘la yoritib
borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning
uchun hujjatlar mazmunini turlicha yo‘nalishda, shaklda ochib
berish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan axborot beruvchi
kundalik ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar — bibliografik axborot,
referativ axborot va sharhli axborotlardir. Ular, asosan, oylik,
kvartallik yoki yarim yillik davomli nashrlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bibliografik axborot — hujjatlar haqidagi tezkor xabar (sig-
nal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar
bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkichdir. Uning vazifasi
tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berishdan
iborat. Axborot mavzusi muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning
turlari bo‘yicha ham tartibga solinadi.
Referativ axborot — referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘p-
lamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi.
Unda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida
beriladi, hajmi va berilayotgan ma’lumotlar soni bilan boshqa
turlardan farq qiladi. Referativ jurnal — bu hujjatlar haqida
axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. U materiallarni
to‘la beradi, birinchi galda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni,
sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Referativ
to‘plam — aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi
materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr. Unda
nashr etilmagan asarlar haqidagi axborot ham beriladi. Ekspress-
axborot — vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda va mam-
lakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi
haftalik yoki oylik nashr. U materiallar haqida tanlangan asosda
ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi iste’-
molchilarga tezkorlik bilan ma’lumot berish.
Sharhli axborot — bir yoki bir necha bibliografik sharhni
o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika yoki madaniyat
sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan
manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharhli
axborot referativ jurnallar, referativ to‘plamlar va boshqa axborot
nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlar mazmunini,


115
metodikasini, natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka
va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday
sharhlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling