Bibliografiya lat p65


Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar.
Ularning maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika,
madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydala-
nishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi
vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ilmiy ahamiyatga ega bo‘l-
gan hujjatlar — oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar,
ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab
olinadi. Retrospektiv bibliografiyaning rivojlanishi kundalik bib-
liografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qay darajada
foydalanilayotganiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq,
mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muas-
sasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik
ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik
xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid
ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h. k.) tuziladi.
Professional ishlab chiqarishga oid
bibliografik qo‘llanmalar
Turli sohadagi amaliyotchilarga mo‘ljallangan maxsus biblio-
grafik qo‘llanmalar ishlab chiqarish va kasbiy faoliyat davomida
uchraydigan har xil muammolarni hal etishda, bibliografik
axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam beradi. Profes-
sional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalarning
talabgorlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish va
boshqa sohadagi mutaxassislardir. Bu ko‘rsatkichlar xarakteriga
ko‘ra ham ilmiy-yordamchi, ham tavsiya ko‘rsatkichlariga
o‘xshab ketadi, ya’ni ular oraliq o‘rinda turadi. Ishlab
chiqarishga va kasbiy malakaga oid adabiyotlarning ko‘plab nashr
etilishi mutaxassislar uchun ko‘plab turda bibliografik qo‘l-
lanmalar tayyorlashni taqozo qiladi. Ular doimo amaliy aha-
miyatga, mutaxassisga zarur bo‘lgan sohada tanlangan axborotni
olish imkoniyatini beruvchi tavsiyaga ega bo‘ladi.
Bunday qo‘llanmalarning talabgorlari — sanoat va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, fermer xo‘ja-
ligidagi rahbarlar, loyihachilar, konstruktorlar, zootexnik, veteri-
narlar va boshqalar, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidan


116
tashqarida maorif, madaniyat va san’at, tibbiyot xodimlari ham
shu soha adabiyotlariga murojaat qiladilar.
Keyingi yillarda savdo, biznes, tadbirkorlik faoliyatining
rivojlanishi bilan bibliografik qo‘llanmalar xarakteri va yo‘nalishida
o‘zgarish ham yuz berdi. Endilikda ular uchun alohida ko‘rsat-
kichlar tuzish talab etilmoqda. Viloyat kutubxonalari qoshida
tashkil etilgan „Huquqiy axborot markazlari“ (tadbirkorlar, savdo
xodimlari uchun) bibliografiyaning turli xil kichik shakllarida
axborot varaqalari, bulletenlari, sharhlar tayyorlab tarqatadi.
Bibliografik qo‘llanmalarning tiði mavzusi kabi mutaxassisning
ishlab chiqarish va amaliy faoliyati xususiyatiga mos keladi. Bular
bibliografik sharhlar va ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular ilmiy-amaliy
jurnallar sahifalarida beriladi va asarlarning sarlavhalari va mavzusi
ko‘rstkichlaridan iborat.
Mutaxassislar uchun tuzilgan bibliografik qo‘llanmalarning
o‘ziga xos metodik xususiyati: maqsadga qaratilgan bibliografik
tanlash; ma’lumot-bibliografiya apparatiga egaligi. Òanlangan
hujjatlar amaliy xarakterga ega bo‘ladi, so‘nggi yillarda nashr
etilgan zamonaviy texnika va texnologiya, asboblarni moder-
nizatsiya qilish, ishni tashkil etishning zamonaviy shakllariga oid
bo‘ladi.
Maorif va ma’naviyatga oid bibliografik qo‘llanmalar muhim,
ular professor va o‘qituvchilarga hamda kutubxona xodimlariga
mo‘ljallanadi. Adabiyotlar ma’ruzalarga, mashg‘ulotlarga, suhbatga
tayyorlanishda yordam beradi. Bu yo‘nalishda muhim va unutilmas
voqea va sanalar taqvimi, bibliografik sharhlar, ma’lumotnomalar,
metodik tavsiyalar keng tarqalgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling