Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Savol va topshiriqlar
1. Retrospektiv bibliografik ko‘rsatkich nima?
2. Musulmon kitob solnomasi haqida gapirib bering.
3. „Turkistonning inqilobgacha matbuoti“ ko‘rsatkichining ahamiyati
to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?


113
4. „Turkistonda rus vaqtli matbuot nashrlari“ ko‘rsatkichi haqida
gapirib bering.
5. Kitob palatasi tomonidan chiqarilgan ko‘rsatkichlar haqida gapiring.
6. „O‘zbekiston ilmiy ishlar to‘plamlari“ ko‘rsatkichiga izoh bering.
7. „O‘zbekiston to‘g‘risida dissertatsiyalar ko‘rsatkichi“ haqida nima-
larni bilasiz?
 IX BOB. MAXSUS BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR
Mavzuning maqsadi — bibliografiyaning eng keng tarqalgan
turlaridan maxsus bibliografik ko‘rsatkichlar va qo‘llanmalar,
ularning xususiyatlari, ahamiyati, boshqa turlardan farqi, xillari
haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar — maxsus bibliografik qo‘llanmalar, ilmiy-
yordamchi bibliografiya, retrospektiv bibliografiya, tavsiya biblio-
grafiyasi.
Maxsus bibliografik qo‘llanmalarni barcha turdagi kutub-
xonalar tayyorlaydi va o‘zining aniq maqsadiga, kitobxonlik gu-
ruhiga ega bo‘ladi.
Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar
Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar ilmiy tadqiqot
ishida yordam berish maqsadida tayyorlanadi va olimlarga, oliy
o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga, ilmiy tashkilot va muassasa-
larning rahbarlariga, shu soha mutaxassislari va talabalarga
mo‘ljallanadi. Ilmiy-yordamchi bibliografiyalarga mamlakatimiz va
xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan asarlar olinadi. Unga ki-
toblar, gazeta-jurnal, to‘plamlardagi maqolalar, standartlar, ni-
zomlar, patentlar, dissertatsiyalar, hisobot va boshqa materiallar
kiritiladi. Materiallarni qamrab olishning to‘laligi turlicha: ayrim
bibliografiyalarda axborot iloji boricha to‘la keltiriladi, bosh-
qalarida esa tanlangan holda olinadi. Buning uchun bir-birini
to‘ldirib boruvchi, o‘zida mustaqil bibliografik nashrlar (biblio-
grafik ko‘rsatkichlar, ma’lumotnomalar, sharhlar)dan tashqari
nodavriy, davriy va davomli ilmiy nashrlarni ham birlashtiruvchi
retrospektiv qo‘llanmalar yig‘indisidan tashkil topgan ilmiy-
yordamchi bibliografiyalar kerak bo‘ladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling