Bibliografiya lat p65


Mahalliy arboblar haqidagi bibliografik


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Mahalliy arboblar haqidagi bibliografik
ko‘rsatkich, qo‘llanma, lug‘at
O‘lkaning mashhur kishilari haqidagi bibliografik qo‘llan-
malar shaxs hayoti va ijodini o‘rganish uchun muhim manbadir.
Bunday qo‘llanmalarni respublikadagi yirik institutlar, FA
Asosiy kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda
boshqa yirik kutubxonalar, viloyat kutubxonalari tayyorlaydi.
Ular, asosan, 2 bo‘limdan iborat: muallifning asarlari va u
haqdagi asarlar. Bir-biridan unchalik farq qilmagan holda
asarlarining nashrlari bo‘limi alohida va vaqtli matbuot hamda
to‘plamlarda nashr etilgan asarlaridan iborat bo‘ladi. Bo‘limlar
ichida yana mavzusiga, asarlarining janriga, yo‘nalishiga ko‘ra
mayda bo‘limchalar tashkil etiladi. Bibliografik yozuvlar alifbo
yoki xronologik tartibda joylashtiriladi. Boshqa tillardagi asarlari
tillar bo‘yicha alohida joylashtiriladi. U haqdagi asarlar bo‘limi-
dagi materiallar ham avval alohida keyin maqolalari joylash-
tiriladi. Agar muallif olim bo‘lsa, uning rahbarligida himoya
qilingan nomzodlik va doktorlik hamda opponentlik ishlarining
ro‘yxati, tarjima ishlari, muharrirlik va taqriz yozgan ishlari


128
ro‘yxati, hamkorlikdagi faoliyatiga oid ishlari ro‘yxati beriladi.
Yordamchi ismlar, alifbo, geografik nomlar ko‘rsatkichi,
so‘zboshi yoki kirish so‘zi, tuzuvchidan, so‘nggi so‘z, eslat-
malar, izohlar, hayoti va ijodining asosiy sanalari beriladi.
1990- yili Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi
„Hamza Hakimzoda Niyoziy“ nomli adabiyotlar ko‘rsatkichini
nashr etdi. Òuzuvchilar A. Òuropova, S. Shermuhamedova,
M. Ismoilovalar tayyorlagan ushbu qo‘llanma keng qamrovli
bo‘lib, asosan, 2 ta bo‘limdan va bo‘limlar ichida juda ko‘p
bo‘limchalardan iborat. Alohida nashrlari tiðlar bo‘yicha
ajratilgan, vaqtli matbuot va to‘plamlardagi nashrlari janrlar
bo‘yicha guruhlashtirilgan, boshqa tillardagi nashrlari ichki alifbo
tartibida joylashtirilgan. Hamza haqidagi adabiyotlar bo‘limida
ham shunday tartib qo‘llanilgan. Maqolalar esa Hamza ijodi
qirralari bo‘yicha mavzularga ajratilib berilgan. Masalan,
„Hamzaning falsafiy qarashlari“, „Publitsist-ma’rifatchi“,
„Pedagogik estetik qarashlari“ kabi. Shu bo‘lim ichida „Hamza
ijodi haqida tanqidiy materiallar“ bo‘limchasi ham mavjud. Bunda
materiallar Hamza ijodining janrlari bo‘yicha ajratilgan,
masalan, „Hamza prozasi haqida“, „Hamza dramaturgiyasi
haqida“, „Hamza va folklor“ kabi. „Hamza ijodi haqidagi asarlar
boshqa xalqlar tillarida“ nomli bo‘limda hujjatlar tillar bo‘yicha
alohida joylashtirilgan. Hamza nomi bilan atalgan joylar,
muzeylar, Hamza nomidagi mukofotlarni berish, Hamza asar-
larini maktabda o‘rganish, Hamza haqidagi ko‘rsatkich va adabi-
yotlar ro‘yxati ham berilgan. Ko‘rsatkichga ismlar ko‘rsatkichi,
tuzuvchidan, mundarija kabi yordamchi ma’lumotlar berilgan.
O‘zFA tarix instituti 1999- yil „Sharq“ nashriyotida A. Sharafid-
dinov, Z. Fayziyeva, N. Kraves tuzuvchiligida „Professor H.
Ziyoyevning ilmiy va pedagogik faoliyati“ nomli qo‘llanmani
nashr etdi. Qo‘llanmadagi hujjatlar o‘zbek va rus tillarida alohida
joylashtirilgan. Olimning ijodiy faoliyati haqidagi material olim
ijodining qirralari bo‘yicha alohida ta’riflangan. Masalan, „O‘rta
asrlar davri tarixi“ bo‘limida olimning shu sohadagi ishlariga
ta’rif beriladi. „XVI — XIX asrlarda Òurkiston va Rossiya aloqalari
tarixi“ nomli bo‘limda ham aynan shu masalaga oid ijodiga baho
beriladi. Shu tarzda olimning shu kungacha davom etgan ijodi
keyingi bo‘limlarda ochib berilgan. „Sobiq Sho‘rolar davrida nashr
etilgan kitob, risola va maqolalar (1952 — 1991- yillar boshlari)“
bo‘limida asarlarining nashrlari to‘g‘ri xronologik tartibda


129
joylashtirilgan. „Mustaqillik va ozodlik yillarida nashr etilgan kitob,
risola va maqolalar (1991 — 1999- yy.)“ bo‘limidagi asarlari ham
to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan. Keyin olimning muharrirlik
faoliyati, hay’at a’zoligi sifatidagi ishlarining ro‘yxati, uning
rahbarligida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik ishlarining
ro‘yxati berilgan. H. Ziyoyev haqida ma’lumotlar bo‘limlarida
ham hujjatlar shu bo‘limlarga mos guruhlashtirilgan. Undan
keyin olimlarning asarlari nashr etilgan jurnallar va gazetalar
ro‘yxati berilgan. Qo‘llanma olim hayoti va ijodi haqida fotosuratlar
bilan ta’minlangan. Qo‘llanmaning 2- qismi rus tilida bo‘lib,
o‘zbek tilidagi qismi kabi adabiyotlar guruhlashtirilgan.
Respublikamizda yozuvchi va shoirlar ijodiga oid biobiblio-
grafiyalar juda ko‘p tayyorlangan va nashr etilgan. Ulardan
Alisher Navoiy, Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, Zulfiya,
A. P. Qayumov, H. H. Niyoziy kabilarni misol keltirish mum-
kin. 1989- yili Madaniyat institutidan Z. Sh. Berdiyeva tuzuv-
chiligida „Abdulla Qahhor“ biobibliografik ko‘rsatkichi nashr
etildi. Bu asar tuzilishi yuqorida keltirilgan „Hamza“ ko‘rsat-
kichiga o‘xshab ketadi. Aslida shaxslarga oid ko‘rsatkichlarning
tuzilishi deyarli bir xil, ammo muallif ijodining xususiyatlariga
ko‘ra ayrim bo‘limlar va bo‘limchalarning berilishida farq bo‘ladi.
Qo‘llanmadagi A. Qahhorning yubileylari, tarjima asarlari, uning
xotirasiga bag‘ishlangan asarlar kabi bo‘limlar „Hamza“ ko‘rsat-
kichida yo‘q. Qo‘llanmaga ismlar ko‘rsatkichi, asarlarining alifbo
ko‘rsatkichi, boshqa tillarda nashr qilingan asarlarining alifbo
ko‘rsatkichi, foydalangan adabiyotlar ro‘yxati ilova qilingan.
Shunga o‘xshash biobibliografik ko‘rsatkich Z. Berdiyeva va
H. Mamatraimova tuzuvchiligida Oybek tavalludining 100 yilligi
munosabati bilan „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li Oybek“ nomli
biobibliografik ko‘rsatkich nashr etildi. Ko‘rsatkichning hajmi
katta, unda jami 1522 ta nomdagi bibliografik yozuv mavjud.
Boshqa biobibliografik ko‘rsatkichlarning tuzilishiga o‘xshashi
bilan birga, farqli ravishda „Oybek — navoiyshunos“, „Oybek
ijodiga oid dissertatsiyalar“, „Oybekni mukofotlash to‘g‘risida“
nomli bo‘limchalar mavjud.
Xullas, biobibliografik ko‘rsatkichlar iste’molchini juda katta
axborot olamiga olib kiradi. Avvalo, bir shaxsga oid barcha turdagi
hujjatlarni bir joyga to‘playdi, uni qidirish, topish, to‘plash va
tahlil qilish ishini osonlashtiradi, kitobxon muallif haqida
istaganidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot oladi.


130

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling