Bibliografiya lat p65


Kundalik bibliografik axborot


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Kundalik bibliografik axborot
Kitob bilan bog‘liq bo‘lgan kitobxonlar, kutubxonalar, tashki-
lot va muassasalarga ham bibliografik axborot berib boruvchi
birinchi marta o‘zbek tilida nashr etilayotgan „Kitob dunyosi“
gazetasi 2002- yil ta’sis etilgan bo‘lib, respublikamiz nash-
riyotlarida nashrdan chiqqan yangi adabiyotlar haqida annotatsiya
yoki referat bilan birgalikda kutubxonachilik ishi, zamonaviy
axborot texnologiyalari, kitobatchilik ishi, nashriyotchilik ishi
masalalariga oid suhbatlar, maqolalar, fikr va mulohazalar beriladi.
Ammo ba’zida yangi adabiyotlar haqida berilayotgan ma’lumotlar
asar sotuvdaligida yoki ancha vaqt o‘tgandan so‘ng beriladi. Gazeta
sahifasida eng muhim, qimmatli adabiyotlar haqidagina ma’lumot
berilmoqda, boshqa nashrdan chiqqan asarlar esa e’tibordan
chetda qoladi. Shuni nazarda tutib, gazeta keyingi paytda annotatsiya
yoki referat berilmayotgan adabiyotlarning bibliografik ma’-
lumotlarini mavzuli tartibda berib bormoqda.
Reklama axboroti muhim ahamiyatga ega. Bular kitob mu-
qovalari, sahifalari, jurnal muqovalari, plakatlar, afisha va
bukletlar ko‘rinishida berib boriladi. Bu materiallar kitob
do‘konlari peshtaxtalarida, aholiga ko‘rish va o‘qish uchun qulay
bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Boltiqbo‘yi respublikalari, Rossiya
axborot organlari yo‘lovchi tashuvchi transport vositalaridan
ham unumli foydalanadilar. Maxsus bibliobuslar kitob reklamasi
ko‘rinishlari bilan bezatilgan bo‘ladi. Mamlakatimizda boshqa
turdagi mahsulotlarning reklamasi kabi kitob, kutubxona, bosma
va axborot mahsulotlari reklamasini ham keng yo‘lga qo‘yish
lozim.
Retrospektiv bibliografik axborot
Retrospektiv bibliografik axborot ko‘pgina vazifalarni bajaradi.
Bular — kitob do‘konlari, kitob omborlari, nashriyot bazalarida


122
mavjud adabiyotlar, ayrim olingan nashriyot mahsulotlari, biror
ruknda chiqqan nashrlar haqida axborot berish. Ayrimlari faqat
xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Masalan, bukinist
katalogi-preyskuranti, ulgurji kitob do‘konlarida mavjud adabiyot-
larning katalogi va boshqalar, masalan, „Ïðåäëàãàþò îáëàñòíûå
êíèãîòîðãè Óçáåêèñòàíà“, „Ñïèñîê èíòåðåñíûõ äåòñêèõ
êíèã, èìåþùèõñÿ â ìàãàçèíàõ Òàøîáëêíèãîòîðãà“.
Kutubxonalarda ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatishda
kitobxonlar talabini qondirish uchun vaqtli matbuot nashrlari
sahifalarida berilayotgan maqolalar ro‘yxati hamda ilgari nashr
etilgan adabiyotlarning mavzuli to‘plamlari yoki ro‘yõatining
elektron shaklini tayyorlash va foydalanish mumkin. Kitob palatasi
tomonidan tuzilayotgan „Gazeta maqolalari solnomasi“ va „Jurnal
maqolalari solnomasi“ning elektron disklarini olib, muomalaga
kiritish ham katta ahamiyatga ega.
Ayrim tajribali kutubxonalar ruknli nashrlarning katalogini
tayyorlaganlar. Masalan, „Áèáëèîòåêà âñåìèðíîé ëèòåðàòóðû“
(Rossiya kutubxonalarida), „Æèçíü çàìå÷àòåëüíûõ ëþäåé“
(Ajoyib kishilar hayotidan), „Ýâðèêà“ kabi ruknlardagi adabiyot-
larning elektron kartotekasi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling