Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘LKASHUNOSLIK BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR Mavzuning maqsadi
- Asosiy tushuncha
Savol va topshiriqlar
1. Kitob savdosi va nashriyotchilik bibliografik qo‘llanmalarining maqsadi va vazifalarini ayting. 2. Perspektiv bibliografik qo‘llanmalarda beriladigan annotatsiyalarning vazifasi nimadan iborat? 3. Kundalik bibliografik axborot nima? 4. Retrospektiv bibliografik axborot haqida gapirib bering. XI BOB. O‘LKASHUNOSLIK BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR Mavzuning maqsadi — har bir mamlakat madaniy hayoti taraqqiyotini alohida aks ettirib boruvchi, kitobxonga va iste’molchiga o‘z o‘lkasi haqida har tomonlama to‘la axborot berish bilan vatanparvarlik fazilatini singdirishga ta’sir etuvchi o‘lkaga oid bibliografik faoliyat va uning usullari bilan tanishtirish. Asosiy tushuncha — o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar. 123 O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimi haqida umumiy tushuncha O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar — mamlakatning bir hududiga oid adabiyotlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Hozirgi paytda o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar tizimining nazariyasi, metodologiyasi ishlab chiqilgan. Bu sohada pedagogika fanlari nomzodi H. Mamatraimova maxsus ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan. Bu qo‘llanmalar kitobxonlarning u yoki bu o‘lkaga oid ilmiy, o‘quv, ishlab-chiqarishga oid, ilmiy-ommabop ax- borotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Qo‘l- lanmalarning kitobxonlari ilmiy xodimlar, talabalar, professor- o‘qituvchilar, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, rahbar xodimlar, madaniyat va san’at xodimlari, tashkilot va muassa- salarning rahbarlari va boshqalar bo‘lib, ularning o‘z sohalarida yutuqlarga erishishlari uchun, bilim malakalarini oshirib borishlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yordam beradi. Maqsadi — kitobxonlarni o‘lkaga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, tarixiy-o‘lkashunoslik bilimlarini takomillashtirib borish. O‘lkashunoslik o‘tmishdan kelajakka yo‘l ochib beradi. O‘lkashunoslik kutubxona-bibliografik manbalarining bosh bo‘g‘ini va kitobxonlarning hujjat va axborotlarga bo‘lgan talablarini qondirishning asosi — o‘lkashunoslik fondidir. Unda kitob, risola, boshqa turdagi matbuot asarlari, hatto qo‘lyozma manbalar ham to‘planadi. Bu hujjatlar mahalliy hokimiyat organlarining ish faoliyatini yoritadi, o‘lkada hayotning u yoki bu tomonini yaxshilashga, rivojlantirishga yordam beradi, bundan tashqari, o‘z kutubxonasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes korxonalari, ishlab chiqarish idora-tashkilotlari uchun zarur axborot manbayi ham hisoblanadi. O‘lkashunoslik fondi muntazam va retrospektiv tarzda to‘ldirib boriladi. Kundalik to‘ldirishda kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar va hujjatlar orasidan o‘lkaga oid adabiyotlar ajratib olinadi. Retrospektiv to‘ldirishda turli man- balardan foydalanish mumkin. O‘lkashunoslik bibliografik manbalarning keyingi tarkibiy qismi MBA o‘lkashunoslik fondi tarkibi va mazmuni yoritib boriladi, iste’molchilarga o‘lkashunoslik kutubxona-bibliografiya xizmati ko‘rsatiladi, tashkilot va muassasalar o‘lka haqidagi bibliografik axborot bilan ta’minlanadi. MBA o‘lkashunoslik katalog va kartotekalaridan, ma’lumotnoma nashrlaridan, o‘lkaga bag‘ish- langan turli bibliografik ko‘rsatkichlardan, bajarilgan ma’- 124 lumotnomalar fondidan iborat bo‘ladi. Uning eng asosiysi o‘lkashunoslik kartotekasidir. Unda o‘lkaga oid barcha hujjatlar to‘planadi: kitoblar, risolalar, ularning bo‘limlari, boblari, qismlari, maqolalar, fotoalbomlar, xaritalar, kino-fotohujjatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa-nota asarlari, elektron veb sahifalar, internet materiallari, multimedialar, kompakt disklar va boshqalar. Ma’lumotnoma nashrlari fondi ensiklopediyalar, spravochniklar, lug‘atlar, fotoalbomlar, yo‘l ko‘rsatkichlari, xaritalar va boshqalardan tashkil topadi. O‘zbekistonda viloyat, shahar, tumanlarga oid „Toshkent“ ensiklopediyasidan boshqa birorta ensiklopediya yo‘q. Spravochniklar ko‘proq nashr etilgan. XX asrning 70 — 80- yillarida respublikamizning deyarli barcha viloyatlari, shaharlariga oid ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan. Masalan: Andijon, Samarqand, Namangan, Buxoro, Bekobod, Angren, Chirchiq va hokazo. Yo‘l ko‘rsatkichlaridan „Ìóçåè Òàøêåíòà“, „Óëèöû Òàøêåíòà“, „Toshkent teatrlari“,„Samarqand“, „Toshkent dar- vozalari“ va boshqalar, fotoalbomlardan „Qashqadaryo“, „Surxondaryo“, „Termiz“, „Xiva“, „Buxoro — ochiq osmon ostidagi muzey“, „Xiva — ming gumbaz shahri“ va boshqalar, xaritalar, to‘plamlar, telefon-spravochniklar, manzillarni ko‘r- satuvchi kitoblar va boshqalar o‘lkashunoslik fondini tashkil etadi. O‘lkashunoslik qo‘llanmalari mazmuni, ahamiyati, o‘lka haqidagi adabiyotlarning nashr joyi belgilariga ko‘ra shakllanadi. O‘lkaga oid bibliografik qo‘llanmalar tuzilmasi o‘lka haqidagi adabiyotlarni aks ettiruvchi qo‘llanmalar va mahalliy matbuot ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 1983- yil Òoshkentning 2000 yilligi munosabati bilan „Toshkent“, „Toshkent — o‘tmishda, bugun va kelajakda“ (o‘zbek va rus tillarida), 1970- yil rus tilida nashr etilgan „Èñòîðèÿ Ñàìàðêàíäà è Ñàìàðêàíäñêîé îáëàñòè“, 1974- yilda „×òî ÷èòàòü î Õèâå“, 1969- yilda „×òî ÷èòàòü î Ñàìàðêàíäå“ ko‘rsatkichlarini misol keltirish mumkin. O‘lkaga oid adabiyotlarning bibliografik qo‘llanmalari: Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling