Bibliografiya lat p65


Shuhrat Murodovich Shamsiyev


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Shuhrat Murodovich Shamsiyev — taniqli bibliograf olim,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Ko‘p yillar Òoshkent davlat
madaniyat instituti rektori o‘rinbosari, bibliografiya kafedrasi
mudiri lavozimlarida ishlagan. 1940- yili Òoshkent shahrida
xizmatchi oilasida tavallud topdi. 1960- yili o‘rta maktabni tugatib,
kutubxonachilik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1964- yili institutni
tugatib kutubxonashunoslik-bibliografiya kafedrasiga mudir etib
tayinlandi. 1965- yildan o‘qituvchilikka o‘tkazildi. 1970- yili Moskva
davlat madaniyat instituti aspiranturasi kunduzgi bo‘limiga o‘qishga
kirib, mashhur bibliograf va kutubxonashunoslardan A. N. Ve-
revkina, akademik O. P. Korshunovlardan ta’lim oladi. 1973- yili
aspiranturani tugatib, Òoshkentga qaytadi. 1974- yili madaniyat
instituti ochilishi bilan institut sirtqi va kechki bo‘limiga rektor
o‘rinbosari etib tayinlanadi. Birinchi bo‘lib ijtimoiy-siyosiy
adabiyotlar bibliografiyasi kursini yozadi. 1977- yili Moskva davlat
madaniyat institutida „Rossiyaning inqilobga qadar vaqtli
matbuotining manbashunoslik va funksional tahlili (1702 — 1917-
yy.)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi. 1984- yilda kafedra
dotsenti 1995 — 2001- yillarda fakultet dekani lavozimida faoliyat
yuritdi. „Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi“, ham-
mualliflikda „O‘zbekistonning kundalik davlat bibliografiyasi“,
„Inqilobgacha Òurkiston vaqtli matbuotining retrospektiv bib-
liografiyasining ayrim masalalari“, „Inqilobgacha Òurkiston vaqtli
matbuotini o‘rganishning muammolari“, I. Dolgopolova bilan
„O‘rta asrlarda bibliografiya tarixi (kitob bosish ixtiro qilingunga
qadar)“ nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi.
Hamroxon Mamatraimova — respublikamizning bibliografiya
ishi nazariyasi va amaliyoti sohasida ish olib borayotgan bibliograf
olimlardan biri. 1952- yil Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida
tavallud topgan. Shu yerning Yangichek mahallasida yashab o‘rta
maktabni tugatgan. Avval Namangan madaniyat texnikumida
kutubxonachilik bo‘limini keyin 1977- yil, Òoshkent davlat
madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli diðlom
bilan tugatgan. Ilmga chanqoq Hamroxon Moskva davlat madaniyat


148
institutining kunduzgi aspiranturasini tugatib, 1987- yili shu
institutda kutubxonachilik ishi sohasida o‘zbek ayollaridan ikkinchi
bo‘lib „O‘lkashunoslik ma’lumotnoma-bibliografiya apparati
mahalliy bibliografik resurslarning tarkibiy qismi sifatida. Ko‘p
tillik sharoitda uning tuzilishi va foydalanish muammolari“
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi va pedagogika
fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. Òadqiqot respublikamizning
viloyat kutubxonalari negizida bajarildi va unda o‘lkashunoslik
bibliografiyasida ma’lumotnoma-bibliografiya apparatining o‘rni,
kutubxonachilik-bibliografik resurslarining ahamiyati, o‘lkashu-
noslik katalogini tashkil etishdagi o‘rni, Rossiya kutubxonalarining
shu sohadagi tajribasi o‘rganilgan. 1977- yildan „Bibliografiya“
kafedrasida bibliografiyaga oid barcha fanlardan dars berib keldi.
Bir qator o‘quv qo‘llanmalari, dasturlari, uslubiy qo‘llanmalari
nashrdan chiqqan. Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy
kutubxonasida nashrdan chiqayotgan ko‘plab dolzarb mavzudagi
uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar muallifi, tuzuvchisi va muharriri.
O‘zbekiston ommaviy kutubxonalarida o‘lkashunoslik ishini tashkil
etish masalasiga oid uslubiy-o‘quv qo‘llanmalarini nashr etgan.
Ko‘plab xalqaro, respublika va institut ilmiy to‘plamlarida bibliografik
kadrlar tayyorlash, bibliografiya ishi nazariyasi, tarixi va
metodikasiga oid ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling