Bibliografiya lat p65
axborot va bibliografiya markazi sifatida
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
axborot va bibliografiya markazi sifatida
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bo‘lgan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidir. 1867- yili 16- avgustda Òurkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq maorifi vazirligiga Òurkistonda kutubxona tashkil etish va kitob omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu asosda kutubxona tashkil etishga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1870- yil mayida 200 nomdagi 2200 adabiyot to‘planib, Òoshkent ommaviy kutubxonasi yadrosi tashkil etiladi va kutubxona ochiladi. O‘lkashunos olim, kuchli bibliofil va kutubxonashunos N. V. Dmitrovskiy shu kutubxonaning birinchi direktori etib tayinlanadi. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutub- xonasi 2002- yil 20- fevralda e’lon qilingan Respublikamiz Prezidentining „Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika kutubxo- nasi bilan birgalikda qo‘shilib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi“ deb qayta tashkil etildi. Shu yil 4- iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Milliy kitob palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy kutubxona respublikamizning davlat kutubxonasi, axborot va madaniy- 156 ma’rifiy muassasasi bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy- tadqiqot, ilmiy-uslubiy va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat bilimini aks ettirgan, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli barcha turdagi hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir. Hozirgi kunda kutubxona jahonning 75 tilidagi deyarli 10 mln nusxa hujjatga ega, undan 3 mln dan ortig‘i o‘zbek milliy matbuotini tashkil etadi. Har yili kutubxonaga 15 — 20 ming nusxa hujjat olinadi. Kutubxona 1956- yildan Xalqaro kitob almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30 dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan ortiq bo‘lim mavjud bo‘lib, kitobxonlarga kutubxonachilik, bibliografik va axborot xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 250 mingdan ortiq nashrga ega bo‘lgan „Noyob va nodir adabiyotlar bo‘limi“, 7 mln dan ortiq hujjatni saqlovchi „Asosiy fondni saqlash bo‘limi“, 260 ming hujjatni saqlovchi „Fondlarni depozitlar saqlash bo‘limi“, 35 mingdan ortiq fondga ega bo‘lgan „Bibliografik ma’lumot nashrlar fondi“, 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz va jahon musiqasi ovozli yozuvlari, musiqa-nota nashrlari, 150 mingdan ortiq tavsiriy va amaliy san’at asarlari to‘plangan „Madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy-axborot bo‘limi“, „Ku- tubxonachilik ilmiy-marketing tadqiqotlari markazi“, „Avto- matlashtirish yangi axborot texnologiyalar bo‘limi“, „Ilmiy- uslubiy bo‘lim“, „Milliy bibliografiya bo‘limi“, „Axborot- ma’lumot xizmati bo‘limi“ kabilar mavjud. Kutubxona Respublikamiz kutubxonalari uchun ancha yil- lardan beri kutubxonashunoslik, o‘lkashunoslik ishi va bibliografiya ishi bo‘yicha asosiy uslubiy markaz va rahbar vazifasini bajarib kelgan. Kutubxonaning birinchi direktori N. V. Dmitrovskiy rus kitoblari fondining katalogini, keyingi direktori S. A. Lidskiy esa alifbo katalogini tuzganlar. Shuningdek, boshqa mamlakatlar kutubxonalarining bibliografik nashrlari, respublikada tuzilayotgan barcha turdagi bibliografik nashrlar, ma’lumotnoma-nashrlar ham to‘plab borilgan. 1980- yildan Milliy bibliografiya bo‘limi, ma’lumot-bibliografiya bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limlari alohida tashkil etildi. Bo‘limlar tashkil etilganidan beri nashr qilingan barcha bibliografik mahsulotlar, har yili nashr etiladigan kutubxonachilik va bibliografiya ishi, kitob ishiga oid barcha rasmiy hujjatlar, davlat hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlari, shuningdek, 157 Dmitrovskiy, Dorn, Maslova, Avsharova, Semyonovlar tomoni- dan tuzilgan va bizga meros bo‘lib qolgan barcha ko‘rinishdagi ko‘rsatkichlar nodir manba sifatida saqlanadi. Hozirgi paytda quyidagi kataloglar yuritiladi: alifbo, sistemali, guruhli ishlash materiallarining sistemali katalogi, avtoreferatlar sistemali katalogi, notalarning alifbo katalogi, geografik kartalar katalogi, chet el adabiyotlarining alifbo va sistemali katalogi, jurnal va gazetalarning alifbo katalogi, noyob nashrlarning alifbo, predmet, mavzuli katalogi, elektron katalog, mamlakatning yig‘ma elektron katalogi. Kutubxona turli yo‘nalishlarda bibliografik mahsulotlar tay- yorlaydi va nashr etadi: Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling