I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 1 Mb.
bet1/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi


I.Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari

Samarqand nafaqat mintaqada balki, jahon miqyosida ham o‘z o‘rniga, tarixiga ega shaharlardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, uning salkam uch ming yillik tarixini xolisona yoritish va uni keng jamoatchilikka yetkazish, shu asosda kelajak avlodni tarbiyalashda muhim tadqiqot va qo‘llanmalar yaratish bugungi kundagi olim va tadqiqotchilarning vazifalaridan biridir deyish mumkin. 2002 yil 4 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «O‘zbekiston Respublikasida shahar qurilishi kodeksini tasdikdash haqida» qonun qabul qildi. Bu esa o‘z navbatida respublikamizda shaharsozlikni rivojlantirishning qonuniy asosini yaratdi. Samarqandni shahrini rivojlantirishning 2025 yilgacha mo‘ljallangan shaharsozlik dasturi tayyorlangan. Mazkur dasturda bu shaharni turistik markazga aylantirish ko‘zda tutilmoqda. 2006 yil 25 iyulda Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi. 2006 yil 26-28 may kunlari Samarqand shahrida Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan halqaro simpozium o‘tkazildi. Ushbu anjumanda dunyoning 38 ta davlatidan tarixchilar qatnashdi. Ushbu konferensiyada qilingan ma’ruzalar Samarqand tarixining turli davrlariga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlar hisoblanadi. 2007 yil 25 avgustda Samarqand shahrining 2750 yillik tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, Samarqand tarixini o‘rganish, shaharning rivojlanish xususiyatlarini ochib berish, shu bilan to‘plangan tajriba asosida shahar taraqqiyotining hozirgi va kelgusi davrlarida kechadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon uchun foydali bo‘lgan zarur xulosalar chiqarish imkonini beradi. Samarqand shahrining har bir tarixiy davrini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda milliy tariximizda muhim o‘rin tutgan Samarqand shahri tarixini haqqoniy yoritish, uning ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilayotgan chor mustamlakasi va sobiq ittifoq mustabid tuzumi davri tarixini keng ilmiy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, tadqiqot mavzuining dolzarbligi ko‘p ming yillik tariximizning yangi bosqichi hisoblangan mustaqillik davrida o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniqlab olishimizga xizmat qiladigan o‘tmishimizni anglash, xolis baholash hamda undan yaqin va uzoq istiqbolimiz uchun hayoti-amaliy xulosalar chiqarishning zarurati bilan ham belgilanadi.


Vatanimiz tarixshunosligida shaharlar tarixini o‘rganish maxsus ilmiy yo‘nalish sifatida mustaqillik yillarida boshlandi. Bu sohada qo‘yilgan dastlabki amaliy qadamlar natijasida respublikamiz viloyatlari va shaharlari haqida iqtisodiy, geografik, tarixiy va statistik ma’lumotlar shaklidagi bir qator asarlar chop etildi. Bu davrda tadqiqotimiz ob’ekti bo‘lgan Samarqand shahri tarixiga bag‘ishlangan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi. Misol uchun. mazkur mavzu doirasida yozilgan manba va adabiyotlarni mazmun va mohiyati jihatidan uch guruhga bo‘lish mumkin: Birinchi guruhga kiruvchi asarlar chor istibdodi davrida yozilgan hujjatlar, esdaliklar, manbalar, rus zobitlarining xotiralari hamda o‘sha davrdagi vaqtli matbuot maqolalaridir. Bu davrda yaratilgan «Turkiston to‘plami» Samarqand tarixini o‘rganishda asosiy manbadir.

II.Fan Sillabusi






Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling