I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 1 Mb.
|
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy nazorat test shaklida
- Tavsiyaqilinadiganqoʻshimchaadabiyotlar
- Internet saytlari www.n.ziyonet.com
- Kafedra mudiri: S.Muxiddinov
- Kelishilgan ” SamDU oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi: Sh.A.Muranov
- III.Ma’ruza matni 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari Samarqand hududining qadimgi odamlar tomonidan o’zlashtirilishi Reja
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida(YN) –60 ballni taqsimlanish:
Yakuniy nazorat test shaklida(YN) –60 ballni taqsimlanish:
Kafedra mudiri: S.Muxiddinov Mazkur modul tarix fakulteti kengashining 2022 yil __ -________dagi __-sonli yigʻilishida koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan. Kengash raisi: prof. D.M.Djurakulova M.Oʻ. Mutaxassislik fanlari bо‘yicha fan dastur sillabuslarni xorij tajribasini о‘rgangan holda transformatsiya qilish bo’yicha ishchi guruh:
Izoh: kamida ikki kishi imzosi bo’lishi lozim.
III.Ma’ruza matni 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari Samarqand hududining qadimgi odamlar tomonidan o’zlashtirilishi Reja: Fanning maqsadi va vazifalari Samarqand tarixi fanining ahamiyati Samarqand hududining qadimgi odamlar tomonidan o’zlashtirilishi. Tayanch tushunchalar: O’zbekiston tarixi, Samarqand tarixi, Mustaqillik, o’zbek xalqi, fanning predmeti va obekti, moddiy va yozma manbalar, ijtimoiy-siyosiy fan, vatanparvarlik, uslubiy asos, tarixiylik tamoyili, tarixiy haqiqatning ustivorligi, ilmiy yondashuv, xolislik, haqqoniylik, ma’naviyat va ma’rifat, tarixiy xotira, qadimgi odamlar, Zarafshon vohasi, arxeologik tadqiqotlar. Samarqand shahri Zarafshon havzasining o‘rta vohasida joylashgan bo‘lib, qadimdan o‘zining tabiiy-jo‘g‘rofiy joylashishi, unumdor tuprog‘i, mo‘tadil iqlimi va ekologik sharoiti, sersuv soylari, barqaror zilol suvli chashmalari hamda tirikchilik ozuqalari va boshqa resurslarga boyligi paleolit (qadimgi tosh) davridan boshlab odamzod e’tiborini tortib kelgan. Samarqand hududida yashagan ibtidoiy odamlarning izlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar XIX asrning 80-yillariga borib taqaladi. Olimlarimiz Samarqand hududi va u bilan bog‘liq vohada, asosan XX asrning 40-yillaridan boshlab, uning ibtidoiy madaniyat tarixini o‘rganishga astoydil kirishdilar. Samarqand Davlat universiteti va O‘zFA Arxeologiya instituti hamkorligida olib borilgan tadqiqot ishlar tufayli bu yerda ibtidoiy jamoalar tarixining barcha taraqqiyot bosqichlariga tegishli yodgorliklar, tosh va jez davrlari jamoalariga tegishli qator manzilgohlar kashf qilindi. Urgut tog‘ining shimoli-sharqiy qiyalari daralarida Omonqo‘ton, Takalisoy, Go‘rdara g‘or tipidagi makonlar, vohaning pastki oqimi bilan bog‘liq Ziyovutdin yassi tog‘i etaklarida Zirabuloq, Qo‘tirbuloq makonlari topilib tekshirildi va bu yodgorliklar paleolitning o‘rta bosqichi (100-40 ming yillar avval) ga tegishli ekanligi, ijtimoiy jihatdan esa ibtidoiy to‘da-ovchi guruh kishilariga mansubligi aniqlandi. Bu makonlardan topilgan mehnat qurollari, ularga zamondosh hayvonot dunyosi qoldiqlari, gulxan izlari ularning turmush tarzidan ma’lumot berardi. Mehnat qurollari tarkibida did bilan ishlangan nayza tig‘lari, qirg‘ichlar, randalar, turli xildagi keskich uskunalar, o‘zaklar singari ashyolar bu jamoalarning turmushbop turli xil qurollar yasaganliklari o‘z davriga mos va xos yuksak madaniyat sohiblari bo‘lganligidan guvohlik berardi. Bu jamoalarning hayoti, xususan, ovchilik va terim-termachilikka asoslangan bo‘lib, ular muayyan ijtimoiy birlikni, ya’ni birlashib mehnat qilishni va turmush kechirishni yo‘lga qo‘yib yashaganlar. Makonlardan topilgan inson turmushi bilan bog‘liq madaniy qatlamlarning topilmalarga serobligiga qaraganda bu jamoalar o‘rta paleolit davridan boshlab, oddiy kulbalar tiklab, muhim ekologik burchaklarni o‘zlashtirib yashaganlar. O‘sha zamonlarda ham tog‘lik va tekisliklarda yashagan aholining turmush tarzi ekologik muhitga nisbatan muayyan darajada farqlangan. Masalan, Omonqo‘ton g‘or makonida yashagan inson guruhlari ayiq, muflon (tog‘ qo‘yi), ibtidoiy buqa, bo‘ri, bug‘u, jayron singari jonivorlarni ov qilishgan bo‘lsa, tekis muzofotdagi Zirabuloq, Qo‘tirbuloq kabi makon egalari esa ibtidoiy ot, tuya, buqa, fil, qulon, bug‘u kabi jonivorlarni guruhlarga birlashib ov qilishganlar. Olimlarning qiyosiy xulosasiga ko‘ra, har bir makonda o‘rtacha 20-25 kishidan iborat to‘da ovchilar yashagan. Shuni qayd etish lozimki, mamlakatimizning Farg‘ona vohasidagi Selung‘ur g‘or makoni manbalari 1 mln. 300 ming, Zarafshon vohasining quyi sarhadlaridan topilgan odam izlari 350-500 ming yilliklar bilan sanalanganligi Samarqand hududida yaratilgan paleolit davri madaniyati o‘zga yurtlardan kirib kelgan emas, balki, tub mahalliy, avtoxton zamirda sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. So‘nggi paleolit (bundan 40-12 ming yillar) davriga kelib, hozirgi zamon aqlli odamlari (homa sapiens) to‘la shakllandi, madaniyatning muayyan kurtaklari vujudga keldi, ma’noli nutq paydo bo‘ldi, ijtimoiy munosabatlarda ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi, xususan, ona urug‘chilik tuzumi qaror topdi, matriarxat davri boshlandi. Bu tarixiy hodisalar esa to‘da guruhlari zamirida urug‘chilik jamoasi tarixining boshlanishi bilan xarakterlanardi. Samarqand hududida bu davrga doir Siyobcha, Bulung‘ur tumanidagi Xo‘jamazgil, Sazag‘on qishlog‘i atrofida joylashgan Olmabuloq kabi makonlar topilib o‘rganildi. Samarqand makonida 1939, 1958-1973 yillarda 3 ta madaniy qatlamdan arxeologik va paleontologik topilmalar qo‘lga kiritildi. Unda tosh ashyo nusxalari 8 mingdan ortiq bo‘lib, uning tarkibida pichoqsifat qurollar, qo‘l chopqilari, qirg‘ich va randalar, nayza tig‘lari, chopqich qurollar – boltalar, turli shakl-shamoyilga ega o‘zaklar, keskich va teshgich qurollar, gulxan, o‘choq, jamoaning kulba qoldig‘i, qizil bo‘yoq izlari, suyakdan va chig‘anoqdan yasalgan taqinchoqlar, shuningdek, 30-35 yoshli odam qoldig‘i topildi. Makon jamoalari yovvoyi ot, buqa, buxoro bug‘usi, qulon singari jonivorlarni ov qilishib, ona urug‘doshlik tizimi zamirida birlashib yashaganlar va ular uzoq-yaqinda yashagan jamoalar bilan qizg‘in qo‘shnichilik aloqalari ham olib borganlar. Masalan, makondan topilgan chig‘anoqlarning asl joyi Hind ummoni va Qizil dengiz ko‘rfazlari hisoblanadi. Samarqand makoni mehnat qurollarining yasalish uslub texnologiyasi o‘z davriga nisbatan yuksak bo‘lib, har jihatdan bu makon manbalari Markaziy Osiyoda etalon va andoza yodgorlik sanaladi. Siyobcha makoni Samarqand makoniga yaqin joyda, Chashma Siyob jarligining o‘ng sohilida, uning Siyob daryochasiga tutashgan qirg‘og‘ida joylashgan. Tekshiruv ishlari natijasida makondan madaniy qatlam bilan bog‘liq turli mehnat qurollari, jumladan, nayza tig‘lari, dag‘al ishlangan randalar, qirg‘ichlar, muayyan maqsadlar uchun qo‘llanilgan boshqa turli-tuman uskunalar, o‘zaklar topilgan bo‘lib, ularni ishlashda qo‘llanilgan texnik-texnologik uslub aynan Samarqand makonini eslatadi. Bundan tashqari Samarqand shahri hududining bir necha joylaridan, jumladan, hozirgi M. Qoshg‘ariy ko‘chasi, Dinamo o‘yingohi, Dahbed ko‘chasi, Registon maydoni, Afrosiyob shaharchasi hududida va boshqa joylardan alohida tarzda topilgan paleolit ashyolari shahar hududining qadimdan odamzod tomonidan muayyan o‘zlashtirilganligini ko‘rsatmoqda. Samarqandga yaqin Bulung‘ur tumanidagi Xo‘jamazgil so‘nggi paleolit davri makoni, manbalari, jumladan, turli shakl-shamoyilga ega mehnat qurollari, gulxan va tabiiy bo‘yoq izlari ham Samarqand makonini eslatadi. Xullas, qo‘lga kiritilgan arxeologik manbalar Samarqand va uning atrof hududida paleolit davrida yuz bergan ijtimoiy va madaniy taraqqiyotni ifodalab berishda muhim ilmiy ahamiyatga egadir. Samarqand hududi bilan bog‘liq tosh asri yodgorliklari, ya’ni paleolit jamoalarining merosxo‘rlariga tegishli mezo-neolit davri makonu manzilgohlari voha bo‘ylab sodir bo‘lgan uzluksiz taraqqiyot jarayonidan guvohlik beradi. Mezolit (o‘rta tosh asri) mil. avv. 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davrga doir qator yodgorliklar Qoratepa tog‘ining shimoliy qiyalari bo‘ylab joylashga Sazag‘on-1, Zamichatosh, Ohalik makonlari bu davr voha tarixi bo‘yicha qiziqarli manbalar berdi. Mezolit jamoalari mehnat qurollarini takomillashtirishda muayyan yutuqlarga erishib, jumladan, o‘q-yoyni kashf qilishdi, hayvonlarni xonakilashtirishni boshlab, mahsulot ishlab chiqarishning kurtaklari vujudga keldi. Samarqand vohasi bo‘ylab uzluksiz taraqqiyotni neolit yodgorliklari zamirida tiklash mumkin. Aslida, neolit - yangi tosh asrining so‘nggi bosqichi bo‘lib, mil. avv. 6-4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda odamzod turmushida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo, mehnat qurollari takomillashuvi zamirida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka asos solindi, ziroatchilik, kulolchilik va oddiy to‘qimachilik kashf qilinishi singari tadrijiy jarayon bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuz berdi, ona urug‘chilik jamoa tuzumi gullab-yashnadi. Samarqand vohasining tutash mintaqasi bo‘lgan Qoratepa tog‘i shimoliy yonbag‘irlarida 30 dan ziyod neolit davri yodgorliklari topilib o‘rganildi. Bular, Sazag‘on-2, Jangal, Tepaqul singari makonlardir. Tosh ashyolar tarkibida turli-tuman qurollar, jumladan, o‘q-yoylar, qirg‘ichlar, pichoqsimon qurollar, o‘roq uchun qadama toshlar, randalar, silliqlangan boltalar, yorg‘uchoqlar, juvoldiz va boshqalar, shuningdek, sopol idishlar, taqinchoqlar, san’at namunalari, qabr, kulbalar qoldig‘i, shuningdek, zamondosh hayvonot olami qoldiqlaridan iborat. Bu «Sazag‘on madaniyati» nomi bilan fanga kirdi. Vohaning neolit davri vorislari bo‘lgan jamoalari metall davrida ham bu hududlarni o‘zlashtirib yashaganlar. Bu davr mil. avv. II-I ming yillik boshlari tarixini o‘z ichiga olib, ibtidoiy jamoalar turmushida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Binobarin, metallning kashf qilinishi, xususan, undan ishlab chiqarilgan vositalarning turmushga tadbiq qilinishi davr iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotini larzaga keltirdi. Mehnat unumdorligi oshib, mulkiy tabaqalanishning iqtisodiy bazasi yaratildi. Umuman qaralganda, vohaning bu davr tarixini o‘rganish ishlari 1960-2005 yillar davomida bajarilgan bo‘lib, qator yodgorliklar Mo‘minobod, Chakka, Soyg‘us, Jom, Siyob, To‘qayli singari qabr va qishloqlar qoldiqlari o‘rganildi. Mo‘minobod qabriston turidagi yodgorlik Urgut tog‘i daralari atrofida joylashgan bo‘lib, bu yerda yakka tarzda dafn qilingan 6 ta qabr o‘rganildi. Topilmalar - zebu ziynat buyumlari, jumladan, jez oyna, kumush va oltin siri berilib ishlangan isirg‘alar, munchoqlar, bilaguzuklar, sopol idishlar, shuningdek, qabrlarning birida suyakdan yasalgan sibizg‘alar (naylar) vohada yashagan aholining yuksak zargarlik san’ati madaniyatidan, shuningdek, musiqa san’atidan guvohlik beradi. Yodgorlik mil. avv. 14-13 asrlarga oid. Urgut tumani Soyg‘us qishlog‘i atrofida topilgan qabr ham mil. avv. II ming yillikning 1-yarmiga tegishli bo‘lib, undan zeb-ziynat buyumlari topildi. Samarqand davlat xo‘jaligi hududida joylashgan To‘qayli qishlog‘idan qadimgi metallurglarning qarorgohi topib o‘rganildi. Turli-tuman bezaklardan tashqari qadimgi temirchi - metallug, hunarmandlar hayotini ifodalovchi topilmalar, jumladan, metall eritadigan, ma’dan maydalaydigan uskunalar, toshqol qoldiqlari, hunarmandlar kulbasi, turli qurollar va boshqa ashyolar mil. avv. 2-ming yillikda yashagan qabilalarning turmush tarzi tarixini tiklashda muhim manba hisoblanadi. Nurobod tumaniga qarashli Jom qishlog‘i atrofidan jez davri buyumlari topildi. Bundan tashqari qadimgi qabriston qazib o‘rganildi. Topilmalar orasida pardoz-andoz buyumlari, jumladan, turli jez oynalar, taqinchoqlar, to‘g‘nog‘ich va boshqa ashyolar topilgan. Zarafshonning so‘l qirg‘og‘ida, Samarqanddan 9 km g‘arbda joylashgan Chakka qabristonidan 4 ta yakka holatda dafn qilingan mil. avv. 14-13 asrlarda yashagan ayollar qabrlari tekshirildi va ulardan jez bilaguzuklar, oltin suvi berilgan jevaklar, shokila, mayda munchoqlar va boshqa ashyolar topildi. Bu manbalar qadimgi Afrosiyob shaharchasi sharqiy darvozasidan bir necha metr narida joylashgan qabrdan g‘ujanak holatda dafn qilingan odam skeleti, jezdan yasalgan shokila-cho‘lpi, har xil zeb-ziynat bezaklari – taniqchoqlar, munchoqlar, feruza, lojuvard toshidan ishlangan marjonlar hamda naqshlangan sopol idishlar topilgan. Bu ashyolar mil. avv. 19-18 asrlarga tegishlidir. Bu davr yodgorliklari mahalliy chorvador-dehqon jamoalarga tegishli bo‘lib, ularda andronova madaniyati izlari ham kuzatiladi. Xullas, yuqorida qayd etilgan yodgorliklar mil. avv. 2-ming yillikda Samarqand va uning hududida yashagan chorvador-dehqon ajdodlarimizning o‘z davrida yuksak madaniyat sohiblari bo‘lganligidan guvohlik berib, Samarqand shahrining ilk ildizlarining vujudga kelishida bu atrofda mavjud bo‘lgan qishloqlar asos bo‘lgan degan ilmiy farazga olib keladi. Shunday qilib, shaharlashish davrigacha bo‘lgan Samarqand hududi va unga yondosh muzofotda o‘rta paleolit davridan buyon odamzod yashab kelgan, o‘z davriga xos yuksak madaniyat yaratgan. Ajdodlarimiz, mil. avv. II ming yillikda qishloqlar birlashmasidan Ko‘ktepa va Samarqanddek ilk shaharlarga asos solganligi isbotlanmoqda Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling