Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborot-
ning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot
murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni tuzish, yoshi, kasbi,
mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra,
turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok
etadi. Asosiysi, bibliografik axborot — tushunish va foydalanish
uchun zarur bo‘lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi
darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy
vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil ax-
borotga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat.
Axborot — lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib,
tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki
xabar beradi.
Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni
uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to
tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy


15
bosma shakldagi bibliografik qo‘llanmalar va, shuningdek, elek-
tron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha.
Bibliografik xabar — bibliografik axborot elementi va
ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar
guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bo‘lib, u og‘zaki yoki yozma
shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa,
siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish
yo‘llari, ilg‘or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar
haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi.
Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega
bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi
bibliografik xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o‘zaro
hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga
yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling