Bibliografiya lat p65


MBXni tashkil etish va hisobga olish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

MBXni tashkil etish va hisobga olish
MBX bilan shug‘ullanuvchi barcha bo‘limlar yagona shakldagi
hujjatlarda ma’lumotlarni bajaradi va hisobga olib boradi. Òurli
so‘roqlar bajarilishini hisobga olib borishda ularning soni
ko‘rsatiladi va quyidagicha belgilanadi: so‘ralgan mavzular; aniqlash
uchun so‘ralgan bibliografik yozuvlar soni; kutubxona fondida
bo‘lishini so‘ragan nashrlar soni; aniqlash uchun so‘ralgan
faktlar.
So‘roqlar alohida daftarda yoki jurnalda qayd etib boriladi,
ayrim kutubxonalarda talab qog‘ozlarida yoki boshqa xil hujjatlarda
aks etadi. Hisobga olishda og‘zaki va yozma bajarilgan so‘roqlar,
mavzulari va boshqa xillari bo‘yicha bajarilgan so‘roqlar alohida
hisob qilinadi. Maxsus daftarda ularni hisobga olib borish uchun
quyidagi tartib raqami, so‘roqning berilgan vaqti, kimdan
tushganligi, mazmuni va maqsadi, so‘roqning turi (mavzuli,
aniqlovchi, faktografik), bilim sohasi, so‘roqni bajarish manbasi,
bajaruvchi, rad javob sababi, tashqi axborot resurslari, eslatmalar.
Ayrim kutubxonalar bu chiziqlarni yanada ixchamlashtiradi,
ayrimlari esa o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa
bo‘limchalarni kiritadi. MBXni takomillashtirish, samarasini
oshirish uchun muntazam ravishda son va sifat jihatidan tahlil
qilib borish lozim. Uning maqsadi mavzular va kitobxonlar
qiziqishini o‘rganish, axborot manbalarini takomillashtirishdir.
Òahlil natijalari fond tarkibini, axborot resurslarini kengaytirishni,
axborot xizmati tizimini yaxshilashni, bibliograflarning malakaviy
bilim saviyasini oshirishni qay darajada davom ettirish va
takomillashtirish haqida xulosalar beradi. Bundan tashqari, tahlil
natijalari bibliografik axborot ishlarining qay darajada tashkil
etilganligini ham ko‘rsatadi.
Savol va topshiriqlar
1. MBX nima va unga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Kitobxonlar so‘roqlari bo‘yicha qanday ma’lumotlar bajariladi?
3. Òurli so‘roqlarni bajarish dasturi nimadan iborat?
4. Aniqlovchi va faktografik ma’lumotlar qanday bajariladi?
5. Ayrim sohalarga oid bibliografik so‘roqlar qanday bajariladi?


190
6. Badiiy adabiyotlarga bo‘lgan so‘roqlarning turlarini aytib bering.
7. Axborot manbalarini sanab bering.
8. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi so‘roqlarning turlarini ayting.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling