Bibliografiya lat p65


XVIII BOB. KUTUBXONANI BIBLIOGRAFIK


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

XVIII BOB. KUTUBXONANI BIBLIOGRAFIK
AXBOROTLASHTIRISH
Mavzuning maqsadi — kitobxonlarni bibliografik axborot bilan
ta’minlashning ommaviy, yakka, guruhli turlari bilan, ularni tashkil
etish va olib borish yo‘llari bilan tanishtirish.
Asosiy tushunchalar — bibliografik axborotlashtirish, yig‘ma
kartotekalar.
Bibliografik axborotlashtirish haqida tushuncha
Bibliografik axborotlashtirish iste’molchilarni bibliografik
axborot bilan muntazam va ba’zan epizodik holda ta’minlash va
axborot talabgorlarining doimiy axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishdir. Uning maqsadi — ma’lum bir vaqt mobaynida yoki
muntazam ravishda kitobxonlarni qiziqtirgan mavzular, masalalar,
muammolar bo‘yicha nashr etilayotgan eng yangi adabiyotlar,
kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar, shuningdek,
aynan shu kutubxonada yoki axborot-resurs markazlarida mavjud
yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish. Bu ish turli kutubxonalarda
turlicha olib boriladi. Ayrimlarida, asosan, ommaviy ishlar olib
borilsa, ayrimlarida guruhli axborotlashtirishga asosiy o‘rin beriladi.
Bu shu kutubxona imkoniyatlaridan, xodimlarning malakasidan,
kitobxonlar xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Quyida
bibliografik axborotlashtirishning turlari bilan yaqindan tanishamiz.
Ommaviy bibliografik axborotlashtirish
Ommaviy bibliografik axborotlashtirish axborot talabgorlarining
keng qatlamini ijtimoiy muhim mavzularga oid ma’lumotlar bilan
xabardor qilishdir. Uning maqsadi — umumiy bilim olishga va
mustaqil bilim olishga ta’sir etish. Ommaviy bibliografik axborot-
lashtirish mazmuniga ko‘ra universal xarakterga va umumta’lim
yo‘nalishiga ega. U kutubxona tashabbusi bilan mustaqil yoki
boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladi. Masalan, axborot-
resurs markazlari, ommaviy axborot vositalari, maktablar, turli
tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda. Uning shakllari:
yangiliklar kartotekasi; yangi adabiyotlar bulleteni; yangi kitoblar,
vaqtli matbuot nashrlari va boshqa hujjatlar ko‘rgazmasi; yangi


191
adabiyotlarning ko‘riklari va yangi kitob kunlari; yangi adabiyot-
larning og‘zaki bibliografik sharhlari; yangi kitoblarga bag‘ishlangan
plakatlar va xatcho‘plar; axborot kunlari va boshqalar.
Bunday tadbirlar an’anaviy bo‘lishi bilan birga avtomatlashgan
usulda ham olib boriladi. Bunda, albatta, elektron kataloglar va
ma’lumotlar bazasi muhim o‘rin tutadi. Axborot-resurs markaz-
larida, kitob savdosi tashkilotlarida iste’molchilarni muntazam
yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish maqsadida yangi ada-
biyotlar ko‘rgazmalari va ochiq ko‘riklari o‘tkazib turiladi. Ko‘rik-
ko‘rgazmalar doimiy bo‘lishi bilan birga, undagi hujjatlar mun-
tazam yangilanib turiladi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham
mustaqil yoki boshqa tadbirlarga, masalan, yangi adabiyotlar
ko‘rgazmasiga qo‘shimcha tadbir sifatida qo‘llaniladi. Sharhda
qiziqarli yangi hujjatlar haqida keng axborot beriladi. Axborot
kunlari bibliografik axborotlashtirishning kompleks usuli bo‘lib,
kitobxonlar guruhining bir xil toifasiga mo‘ljallangan. Axborot
kunlarida ma’lum bir vaqt mobaynida kutubxona fondiga kelib
tushgan barcha yangi adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari,
elektron hujjatlar namoyish etiladi. Bu tadbir ichida ko‘rik-
ko‘rgazmalar, og‘zaki bibliografik sharh, suhbat va maslahatlar,
axborot bulletenlari qo‘llaniladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling