Bibliografiya lat p65
Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar
Retrospektiv ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar.
Ularning maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydala- nishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ilmiy ahamiyatga ega bo‘l- gan hujjatlar — oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyaning rivojlanishi kundalik bib- liografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qay darajada foydalanilayotganiga bog‘liq. Bu yo‘nalishda tarmoqlararo, tarmoq, mavzuli va muammoli-mavzuli ko‘rsatkichlar, ilmiy muas- sasalarning, ayrim olimlarning asarlari ko‘rsatkichi, biobibliografik ko‘rsatkichlar, lug‘atlar, mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi ko‘rsatkichlar, nashrlarning ayrim turlariga oid ko‘rsatkichlar (dissertatsiyalar, qo‘lyozmalar va h. k.) tuziladi. Professional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalar Turli sohadagi amaliyotchilarga mo‘ljallangan maxsus biblio- grafik qo‘llanmalar ishlab chiqarish va kasbiy faoliyat davomida uchraydigan har xil muammolarni hal etishda, bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda yordam beradi. Profes- sional ishlab chiqarishga oid bibliografik qo‘llanmalarning talabgorlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish va boshqa sohadagi mutaxassislardir. Bu ko‘rsatkichlar xarakteriga ko‘ra ham ilmiy-yordamchi, ham tavsiya ko‘rsatkichlariga o‘xshab ketadi, ya’ni ular oraliq o‘rinda turadi. Ishlab chiqarishga va kasbiy malakaga oid adabiyotlarning ko‘plab nashr etilishi mutaxassislar uchun ko‘plab turda bibliografik qo‘l- lanmalar tayyorlashni taqozo qiladi. Ular doimo amaliy aha- miyatga, mutaxassisga zarur bo‘lgan sohada tanlangan axborotni olish imkoniyatini beruvchi tavsiyaga ega bo‘ladi. Bunday qo‘llanmalarning talabgorlari — sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, fermer xo‘ja- ligidagi rahbarlar, loyihachilar, konstruktorlar, zootexnik, veteri- narlar va boshqalar, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidan 116 tashqarida maorif, madaniyat va san’at, tibbiyot xodimlari ham shu soha adabiyotlariga murojaat qiladilar. Keyingi yillarda savdo, biznes, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan bibliografik qo‘llanmalar xarakteri va yo‘nalishida o‘zgarish ham yuz berdi. Endilikda ular uchun alohida ko‘rsat- kichlar tuzish talab etilmoqda. Viloyat kutubxonalari qoshida tashkil etilgan „Huquqiy axborot markazlari“ (tadbirkorlar, savdo xodimlari uchun) bibliografiyaning turli xil kichik shakllarida axborot varaqalari, bulletenlari, sharhlar tayyorlab tarqatadi. Bibliografik qo‘llanmalarning tiði mavzusi kabi mutaxassisning ishlab chiqarish va amaliy faoliyati xususiyatiga mos keladi. Bular bibliografik sharhlar va ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular ilmiy-amaliy jurnallar sahifalarida beriladi va asarlarning sarlavhalari va mavzusi ko‘rstkichlaridan iborat. Mutaxassislar uchun tuzilgan bibliografik qo‘llanmalarning o‘ziga xos metodik xususiyati: maqsadga qaratilgan bibliografik tanlash; ma’lumot-bibliografiya apparatiga egaligi. Òanlangan hujjatlar amaliy xarakterga ega bo‘ladi, so‘nggi yillarda nashr etilgan zamonaviy texnika va texnologiya, asboblarni moder- nizatsiya qilish, ishni tashkil etishning zamonaviy shakllariga oid bo‘ladi. Maorif va ma’naviyatga oid bibliografik qo‘llanmalar muhim, ular professor va o‘qituvchilarga hamda kutubxona xodimlariga mo‘ljallanadi. Adabiyotlar ma’ruzalarga, mashg‘ulotlarga, suhbatga tayyorlanishda yordam beradi. Bu yo‘nalishda muhim va unutilmas voqea va sanalar taqvimi, bibliografik sharhlar, ma’lumotnomalar, metodik tavsiyalar keng tarqalgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling