Bibliografiya lat p65
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar
Savol va topshiriqlarRetrospektiv bibliografik ko‘rsatkich nima? Musulmon kitob solnomasi haqida gapirib bering. „Turkistonning inqilobgacha matbuoti“ ko‘rsatkichining ahamiyatito‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz? „Turkistonda rus vaqtli matbuot nashrlari“ ko‘rsatkichi haqidagapirib bering. Kitob palatasi tomonidan chiqarilgan ko‘rsatkichlar haqida gapiring. „O‘zbekiston ilmiy ishlar to‘plamlari“ ko‘rsatkichiga izoh bering. „O‘zbekiston to‘g‘risida dissertatsiyalar ko‘rsatkichi“ haqida nimalarni bilasiz? IX BOB. MAXSUS BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR Mavzuning maqsadi —bibliografiyaning eng keng tarqalgan turlaridan maxsus bibliografik ko‘rsatkichlar va qo‘llanmalar, ularning xususiyatlari, ahamiyati, boshqa turlardan farqi, xillari haqida ma’lumot berish. Asosiy tushunchalar—maxsus bibliografik qo‘llanmalar, ilmiyyordamchi bibliografiya, retrospektiv bibliografiya, tavsiya bibliografiyasi. Maxsus bibliografik qo‘llanmalarni barcha turdagi kutubxonalar tayyorlaydi va o‘zining aniq maqsadiga, kitobxonlik guruhiga ega bo‘ladi. Ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalarIlmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar ilmiy tadqiqot ishida yordam berish maqsadida tayyorlanadi va olimlarga, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga, ilmiy tashkilot va muassasalarning rahbarlariga, shu soha mutaxassislari va talabalarga mo‘ljallanadi. Ilmiy-yordamchi bibliografiyalarga mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan asarlar olinadi. Unga kitoblar, gazeta-jurnal, to‘plamlardagi maqolalar, standartlar, nizomlar, patentlar, dissertatsiyalar, hisobot va boshqa materiallar kiritiladi. Materiallarni qamrab olishning to‘laligi turlicha: ayrim bibliografiyalarda axborot iloji boricha to‘la keltiriladi, boshqalarida esa tanlangan holda olinadi. Buning uchun bir-birini to‘ldirib boruvchi, o‘zida mustaqil bibliografik nashrlar (bibliografik ko‘rsatkichlar, ma’lumotnomalar, sharhlar)dan tashqari nodavriy, davriy va davomli ilmiy nashrlarni ham birlashtiruvchi retrospektiv qo‘llanmalar yig‘indisidan tashkil topgan ilmiyyordamchi bibliografiyalar kerak bo‘ladi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling