Bibliografiya lat p65
Zuhra Shukurovna Berdiyeva
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soyibnazar Xo‘janiyozovich Davlatov
- Malika Isayevna Matmurodova
Zuhra Shukurovna Berdiyeva — kutubxonashunos, bibliograf.
U 1956-yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 1974— 78-yillar Madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli diðlom bilan bitirgach, „Kutubxonashunoslik“ kafedrasida o‘qituvchi lavozimida qoldiriladi. 1992—2000- yillar Madaniyat vazirligida bosh mutaxassis, 2006-yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazida bosh kutubxonachi lavozimlarida ishladi. Kutubxonachilik, kitob ishi, bibliografiya sohasiga oid qator muammolar bo‘yicha 70 dan ortiq maqolalari, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari, yirik bibliografik ko‘rsatkichlari („Abdulla Qahhor“, „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li Oybek“, „Alisher Navoiy“) nashr qilingan, madaniyat kollejlari uchun 3 jildlik „Kutubxonashunoslik“, „Bibliografiya“ darsligi 2013-yilda nashr etildi. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari va o‘quvchilariga, malaka oshiruvchi axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga kutubxonashunoslik va bibliografiya turkumidagi fanlardan saboq berib kelmoqda, 2011 yildan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritib keladi, „Turon“ Fanlar akademiyasining akademigi. Institut talabalariga kutubxonashunoslik, bibliografiya, kitobshunoslik fanlaridan saboq berib keladi. Soyibnazar Xo‘janiyozovich Davlatov — 1959- yil Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, 1976— 80-yillarda ÒDMIning „Kutubxonachilik“ fakultetida ta’lim oladi. 1983—89-yillar Respublika Kitob palatasida bibliograf, katta muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1989-yildan A. Qodiriy nomli ÒDMIda o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan muovini, 2003-yildan Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv fakulteti dekani lavozimida ishladi. 1996-yilda „Qashqadaryo vohasi o‘zbek to‘y-marosimlari folklori“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. Kitob palatasida „O‘zbekiston matbuoti solnomasi“ni tuzishda, katalog va kartotekalarni tashkil etishda ishtirok etdi. Malika Isayevna Matmurodova — 1961- yil Òoshhovuz viloyatining Òoshhovuz tumanida tavallud topgan. 1978-yilda o‘rta maktabni tugatib, mehnat faoliyatini qishloq kutubxonasida boshlagan. 1988 — 1992- yillar A. Qodiriy nomli ÒDMI „Kutubxonachilik“ fakultetini imtiyozli diðlom bilan tugatib, Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uslubiyotchi, sho‘ba mudiri bo‘lib faoliyat yuritdi. 1999- yildan Madaniyat instituti „Bibliografiya“ kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, 2001- yildan fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. „O‘zbekistonda badiiy adabiyotlar va adabiyotshunosligi bibliografiyasi“ kursidan mashg‘ulotlar olib bordi. 2001-yil institut aspiranturasini tamomladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uslubiyotchi sifatida 40 dan ortiq milliy ijodkorlarimiz, yozuvchi, shoirlarimiz, san’atkorlar, milliy qadriyatlarimiz, muhim sanalar, voqealar munosabati bilan „Millatni uyg‘otgan adib“, „Asli dunyo mehrdan yaralgan“, „Sharqning ulug‘ musavviri“, „G‘afur G‘ulom“, „Ubaydullo Solih o‘g‘li Zavqiy“, „Ma’rifatparvar shoir“, „Ozodlik va istiqlol kuychisi“ kabi uslubiybibliografik qo‘llanmalar muallifi. Grant asosida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijasida nashr etilgan „Mafkura va yoshlar“ uslubiy qo‘llanmasining mualliflaridan biri. 1999-yildan Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasining ilmiy-uslubiy ishlariga yordam bermoqda. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling