Bibliografiya lat p65


Download 371.14 Kb.
bet63/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
s

Savol va topshiriqlar


  1. Kutubxonalarda bibliografiyaning vazifalari nimalardan iborat?

  2. Axborot markazi nima?

  3. Axborotni tahlil qilish markazi haqida to‘xtaling.

  4. Axborot-almashuv markazi nima?

  5. Bibliografiya markazi faoliyati nimalardan iborat?

  6. Navoiy nomli kutubxonaning MBAni gapirib bering.

  7. Navoiy kutubxonasi tomonidan nashr etilgan ilmiy-yordamchiko‘rsatkichlar haqida gapiring.

  8. Kutubxonaning boshqa bibliografik faoliyati turlarini ayting.

  9. Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining bibliografik faoliyati nimalardan iborat?

X III BOB. KUTUBXONALARNING MA’LUMOT —

BIBLIOGRAFIYA APPARATI (MBA)


Mavzuning maqsadi bibliografik axborot uchun zarur manbalar haqida, ma’lumot-bibliografiya apparati, uning tarkibi, tashkil etish qoidalari haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar ma’lumot-bibliogarfiya apparati, kutubxona kataloglari tizimi, kartotekalar tizimi, ma’lumotbibliografiya fondi.

MBA haqida umumiy tushuncha


MBA kutubxona hujjatlari fondini har tomonlama ochib berish, aks ettirishga mo‘ljallangan, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq yoki bir-birini to‘ldirib boruvchi, kitobxonlarni zarur axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va kasbiy kutubxona-bibliografik faoliyatni tashkil etishni o‘z ichiga oluvchi kompleksdir.
MBAning sifati kutubxonachilik ishining, ayniqsa, bibliografiya ishining qanday tashkil etilganiga bog‘liq. Hozircha hamma kutubxonalar (ayniqsa, tuman va qishloq kutubxonalari) zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlanmagan. Demak, hali ancha vaqt zamonaviy MBA bilan bir qatorda an’anaviy MBA tashkil etish va undan foydalanish davom etadi.
MBAning tarkibi, xususiyatlari, tuzilishi kutubxona xususiyatidan va maqomidan, kutubxona fondi, kitobxonlar so‘roqlarining mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Universal kutubxonalarda MBA hamma bilim sohasi bo‘yicha tashkil etiladi va turli kitobxonlarga ular haqida axborot beradi. An’anaviy MBA quyidagi 3 qismdan iborat:
—aynan shu kutubxona uchun mos va zarur kutubxona kataloglari tizimi;
—kartotekalar tizimi;
—ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF).
Kitobxonlar tomonidan berilayotgan turli xil so‘rovlarni bajaruvchi kutubxonalarda mohiyatiga ko‘ra nashr etilmagan bibliografik ma’lumotnomalardan iborat bajarilgan talablar fondi tashkil etiladi va yuritiladi. Kataloglar tizimi alifbo, sistemali va predmet katalogidan tashkil topadi. Yana yirik va markaziy kutubxonalarda o‘lkashunoslik katalogi ham yuritiladi. Kutubxona fondi mazmunidan va xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa turdagi kataloglar ham tashkil etiladi. Masalan, notali nashrlar katalogi, me’yoriy-texnik hujjatlar katalogi, musiqali audiomateriallar katalogi, CD-ROMlar katalogi va boshqalar.
Bu kataloglar turli yo‘nalishda kutubxona fondini yoritib berish, uni targ‘ib etish, tavsiya etish va axborot berish vazifasini bajaradi. MBA tarkibida kartotekalar muhim ahamiyatga ega. Unda kutubxona fondidan tashqarida ham mavjud bo‘lgan juda katta mazmunda axborot to‘planadi. Kartoteka turlari ham kutubxona xususiyatidan, kitobxonlar guruhlarining tarkibidan kelib chiqib tanlanadi. Ko‘proq quyidagi kartotekalar tashkil etiladi:
—umumiy yoki universal bibliografik kartotekalar: maqolalarning sistemali katalogi yoki Bosh ma’lumot kartotekasi
(BMK) yoki Bosh axborot kartotekasi (BAK);
—mavzuli kartotekalar;
—o‘lkashunoslik kartotekasi;
—maxsus kartotekalar (badiiy asarlar sarlavhalarining kartotekasi, taqrizlar, shaxslarga oid, tasviriy san’at asarlari kartotekasi va boshqalar).
Kichik kutubxonalarda, asosan, alifbo va sistemali katalog, mavzuli kartotekalar tashkil qilingan. Viloyat axborot-kutubxona markazlarida alifbo, sistemali, o‘lkashunoslik kartotekasi, badiiy asarlar sarlavhalari kartotekasi va mavzuli kartotekalar mavjud. Oliy o‘quv yurti kutubxonalarida ham, asosan, alifbo va sistemali, predmet kataloglari va mavzuli kartotekalar tashkil etiladi. Musiqa bo‘limlari mavjud kutubxonalarda qo‘shiqlar kartotekasi, izonashrlar kartotekasi, nashr etilmagan asarlar kartotekalari, xorijiy tillarda nashr qilingan asarlar yoki o‘zbek mualliflari asarlari kartotekasi, madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha kartotekalar tashkil etilgan. Kartotekalar tizimi gazeta, jurnal va to‘plamlar, davomli va davriy nashrlar, ayrim nodavriy nashrlar mazmunini ochib berishga, ayrim mavzular va muammolar, o‘lka hayoti, asarlarning alohida janrlari va turlari haqida ma’lumot berishga qaratiladi.
Dunyo miqyosida to‘la axborot to‘plash va saqlash uchun kutubxonalarda tashkil etilayotgan katalog va kartotekalar muntazam to‘ldirib borilishi, bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro bog‘liq bo‘lishi talab etiladi. Bu yagona yo‘naltirish tizimi yoki alifbolipredmet ko‘rsatkichi yordamida amalga oshiriladi. Alifbo-predmet ko‘rsatkich (APK) muntazam ravishda yangi tushunchalar, shaxsga oid rubrikalar bilan to‘ldirib boriladi. Bu uning sifatini oshiradi, axborotni qidirish, to‘la ma’lumotga ega bo‘lish, katalog va kartotekalar tizimidan unumli foydalanishning samarasini oshiradi.
An’anaviy katalog va kartotekalar tizimi kutubxona MBAning bir qismi bo‘lib, o‘zida rejali tashkil etilgan, o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi kartochkali katalog va kartotekalarni aks ettiradi. Katalog va kartotekalarning bir-biridan farqi shundaki, katalog aynan olingan kutubxona fondini to‘la aks ettiradi. Kartoteka shu fonddan olingan maqsadga qaratilgan, tuzilayotgan kartotekaning yo‘nalishiga mos bo‘lgan qisminigina aks ettiradi. Bundan tashqari, kartotekalar kutubxonada mavjud bo‘lmagan, ammo olingan mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda ham mavjud bo‘lgan materiallarni (avval fonddan chiqarilganlarni ham) aks ettiradi. Kartotekalar kataloglarni to‘ldiradi, kitobxonlarga alohida nashr etilmagan materiallar haqida ma’lumot beradi. Kartotekalar tizimiga quyidagilar kiradi:
—umumiy bibliografik kartoteka;
—o‘lkashunoslik, agar shunday katalog mavjud bo‘lmasa;
— mavzuli;
—uslubiy va bibliografik hujjatlar kartotekasi; —badiiy asarlar sarlavhalarining kartotekasi.
Bunday kartotekalar bolalar va o‘smirlar kutubxonalarida, maxsus kutubxonalarda tashkil etiladi. Shuningdek, ko‘pgina kutubxonalar yangi adabiyotlar kartotekasi va boshqa mazmundagi kartoteklarni ham tashkil etadi. Sistemali katalog bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Zamonaviy MBA an’anaviy va elektron shakldagi ma’lumotlar bazasi va bankidan iborat tizim. Elektron shakldagi MBA kutubxonadan tashqariga, butun mamlakat va xorijiy mamlakatlar apparatiga axborot talabi bilan kirish imkonini beradi. Zamonaviy MBAga quyidagilar kiradi:
—kutubxona kataloglari tizimi: an’anaviy va elektron katalog;
—bibliografik kartotekalar tizimi: ma’ lumotlar bazasi va banki;
—bibliografik va axborot nashrlari;
—bajarilgan so‘roqlar fondi;
—ma’lumotnoma nashrlar fondi;
—faktografik qidiruv tizimi;
—yagona alifbo-predmet ko‘rsatkichi va MBA.
Elektron katalog bilan bir qatorda an’anaviy kataloglar tuzish davom etmoqda, chunki ularning har biri o‘z vazifasiga ega. An’anaviy katalog kutubxona tashkil etilgandan beri tashkil etilayotgan bo‘lsa va shu davr ichidagi fondni aks ettirsa, elektron kataloglar deyarli barcha kutubxonalarda 1994-yildan beri yoki elektron katalog uchun dastur olingan yildan boshlab tashkil etilmoqda. U kutubxonalararo va xalqaro miqyosda axborot almashuv imkonini beradi.
Kartotekalar tizimida ham elektron ma’lumotlar bazasi paydo bo‘la boshladi. Undagi bibliografik yozuvlar ma’lum bir yildan boshlab tanlangan vaqtli matbuot nashrlari va to‘plamlardan olingan hujjatlarga beriladi. Rossiya kutubxonalari hududiy doirada bir necha kutubxonalar birgalikda „O‘lka“ nomi bilan yig‘ma kartoteka ham tashkil etmoqda. Unda viloyat, shahar, tuman haqidagi hujjatlar aks etgan, bu keyinchalik bosma ko‘rinishdagi o‘lkashunoslik qo‘llanmasini nashrdan chiqarishga olib keladi. Ba’zi kutubxonalar birgalikda umumiy kartotekani korporativ asosda tashkil etganlar. Ular o‘zlari obuna bo‘lgan yoki ishlayotgan vaqtli matbuot nashrlarini qamrab oladi. Kitobxonlar ko‘p murojaat qiladigan mavzular va masalalarga oid kartotekalar ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Masalan, „Tabiatni asrang: o‘lkaning ekologik muammolari“, „Tadbirkorga yordam“, „Ta’lim muammolari“, „Madaniyat va san’atning muhim masalalari“ va hokazo. Keyingi paytda respublikamizda 27 dan ortiq huquqiy axborot markazlari tashkil etilgan. Shu kutubxonalar hududlar xususiyatidan kelib chiqib birgalikda „Inson va qonun“, „Qonunni o‘rganamiz“, „O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi“, „Demokratik jamiyat sari“ kabi ma’lumotlar bazasini yaratishlari va almashishlari mumkin. „Obuna“ nomli ma’lumotlar bazasida kutubxona obuna bo‘lgan vaqtli va davomli nashrlar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling