Bibliografiya lat p65


MBAni tashkil etish, o‘rganish


Download 371.14 Kb.
bet64/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Bog'liq
s

MBAni tashkil etish, o‘rganish


Kutubxonalar uchun MBAni to‘ldirish, o‘rganish va joylashtirish muammosi doimo muhim masalaga aylanib kelgan. Katalog va kartotekalarni tashkil etishda bosma kartochkalar muhim ahamiyatga ega. Keyingi 15—16 yil davomida bunday kartochkalar nashr etilmay qo‘ydi. Shuning uchun har bir kutubxona o‘z bilganicha kartochkalarda bibliografik yozuvlarni olib bormoqda. Bu esa kutubxonachilik va bibliografik ishlardagi qonun-qoidalarning buzilishiga, ayniqsa, sistemali katalog uchun ma’lumotlarni berishda xatoliklarga sabab bo‘lmoqda. Shifr indeksi bir nomdagi kitobga turli kutubxonalarda turlicha beriladi, bu bibliografik so‘roqlarni bajarishda ham murakkabliklarga olib keladi. MBFni ma’lumotnoma nashrlar bilan to‘ldirishda, kitobxonlar so‘rog‘idagi, o‘zgarishlar e’tiborga olinadi. Bu o‘zgarishlar ishga oid faktografik so‘roqlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu kutubxonalarga savdo-sanoat kataloglarini, biznes-ma’lumotnomalarni, prays-varaqalar, reklama-bukletlari va ko‘rgazmalarning va turli yo‘nalishdagi yoymalar kataloglarining tezda muomaladan chiqib qolishiga qaramasdan o‘z fondlarini to‘ldirib borishni taqozo qiladi. Ikkinchidan, keyingi yillarda turli xil mazmundagi va yo‘nalishdagi CD-ROMlar ko‘payib bormoqda, bular — mamlakatimiz hayotiga oid va o‘zimizda, qo‘shni mamlakatlarda va xorijda tayyorlangan hujjatlar.
Bibliografik qo‘llanmalar keyingi yillarda mamlakatimizda deyarli nashr etilmayapti, nashr etilsa ham 200—300 nusxada, buning ustiga juda qimmat. Demak, tijorat asosida kutubxonalarning bibliografik faoliyatini kengaytirish zarurati tug‘iladi. MBAni o‘rganish uning har bir qismi va unga kiruvchi har bir elementning ta’sirini, samarasini, ahamiyatini tahlil qilib borish uchun kerak. Bu narsa ular fondga kelib tushishi bilanoq amalga oshadi, o‘z navbatida ular doimo yangilanib, yaroqsiz holga, mazmunan eskirgan paytda fonddan chiqarishga moslarini aniqlashda kerak. MBAni joylashtirish muhim masala. Uni kitobxonga qulay bo‘lgan joyga, xonaga joylashtirish zarur. Imkoni bor kutubxonalarda bu apparat yaxlit holda alohida xonada joylashtiriladi va alohida bo‘lim sifatida tashkil etiladi. Boshqa bir hollarda axborot zali sifatida katalog va kartotekalar alohida xonada joylashtiriladi, bunda kitobxon va kutubxonachi, bibliograf uchun ishlash qulay bo‘ladi. Katalog va kartotekalarning, ma’lumotlar bazasi yoki bankining ma’lumotlari alohida olib qaraganda majburiy hujjat-pasportda aks etadi. Bu shu hujjatlar soni oshib borgan sayin ularni almashtirish, sotish, internetga joylashtirish, zarur ma’lumotlarni qidirib topishda qiyinchilik tug‘ilgan hollarda yordam beradi. Pasportda katalog yoki kartotekaning nomi, mavzusi, tashkil etilgan yili, komplektlash manbasi, xronologik chegarasi, hajmi, yillik o‘sishi, muntazamliligi, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish muddati, hujjatlarning turlari, bibliografik yozuvlarning tarkibi, tuzilishi yoki sxemasi, yordamchi apparatlari, javobgar shaxsning ismi, nasabi ko‘rsatiladi. Zamonaviy MBA muntazamlilik, ishonchlilik, iqtisodiy tejamkorlik kabi sifatlarga ega bo‘lishi va rejali, ijodiy, muntazam tashkil etib borilishi zarur.
MBA ishini tashkil etishda ishtirok etuvchi maxsus bo‘limning bibliograflari yoki xodimlari axborotni to‘la yig‘ishga va saqlashga mas’uldir. Shundagina iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tashqi axborot resurslaridan o‘z vaqtida va maksimal darajada foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Har bir bo‘lim o‘zining axborot vazifasini bajaradi va bir-birini takrorlashga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Yangi texnologiya bilan ishlash jarayonida, dasturlarni qo‘llashda har bir kutubxona axborotlarning to‘la bo‘lishiga, ulardan unumli va samarali foydalanishga, ayniqsa, dasturlarni qo‘llashga mas’uliyat bilan yondashishlari talab etiladi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling