Bibliografiya lat p65


Òurli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari


Download 371.14 Kb.
bet77/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
s

Òurli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari


Mavzuli so‘roqlarni bajarish — „mavzu“ tushunchasi juda keng, u ma’lum bir masalani, savolni, muammoni, biror kishining hayoti va ijodini, o‘lka va mamlakat haqidagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Mavzuli so‘roqlar, asosan, sistemali katalog, kartotekalar va ma’lumotlar bazasi va banki, bibliografik qo‘llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo‘shimcha ravishda kitob ichi va jurnal ichi ro‘yxatlari, nashrning o‘zi —kitob, gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to‘plamlar va boshqa hujjatlar ham ko‘rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko‘rinadiki, ro‘yxatlardan, albatta, 2 — 3 ta hujjat tavsiya etilishi kerak. Masalan, maktab o‘qituvchisiga Oybek ijodi haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, notanish bo‘lgan yangi ilmiy maqolalar tavsiya etiladi, o‘quvchiga yozma ish yozish uchun esa uning yoshiga moslab yozuvchi ijodiga oid ommabop nashrlar, talabaning ilmiy referat bajarishi uchun esa ilmiy xarakterdagi asarlar tavsiya etiladi. Bu so‘roqlarni bajarishda alifbo katalogidan tashqari sistemali va elektron katalogdan foydalanish zarur, ularda kalitli so‘zlar yordamida turli mavzular bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini olish mumkin. Mavzuli so‘roqni bajarishda so‘roq bilan bajariladigan ma’lumotning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini belgilab olish kerak. Agar kitobxon so‘rog‘i juda keng qamrovli bo‘lsa, uni suhbat davomida aniqlashtirib, ixchamlashtirib olish mumkin. O‘lkashunoslikka oid so‘roqlarni bajarishda, albatta, o‘lkashunoslik kartotekasidan, o‘lkaga oid qo‘llanmalardan, nashrlarning o‘zidan foydalanish zarur. Aniqlovchi bibliografik ma’lumotlarni bajarishning metodikasi va yutug‘i kitobxonning tayyorgarlik darajasiga, bibliografik tavsifning qay darajada kitobxonga tushunarli va tanish ekanligiga bog‘liq. Bunday so‘roqlar ko‘proq kitobxon tomonidan asar muallifining ism-sharifi, asar nomi, muallif asarining boshqa muallif nomi bilan atalgandagi holatida, muharrir, tarjimon yoki tuzuvchining muallif o‘rnida berilishida, asar nomining noto‘g‘ri aytilishida, hali nashr qilinmagan asarni so‘raganda, jurnal yoki gazeta maqolasini alohida nashr sifatida so‘raganda yuz beradi. Bunday so‘roqlarni bajarish uchun, avvalo, so‘roqning mazmuni, maqsadi aniqlanadi, bibliografik elementlari to‘ldiriladi. Keyin axborotni qidirish dasturi ishlab chiqiladi, katalog va kartotekadan to qo‘llanmagacha bo‘lgan axborot manbalari tanlanadi, vaqtli matbuot va ma’lumotnoma nashrlar tanlanadi. Agar qidirilayotgan hujjat kitoblar orasida bo‘lmasa, uni jurnallar orasidan, so‘nggi sonida chiqadigan adabiyotlar ro‘yxatidan qidirish kerak.
Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish juda tez va murakkab qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik ma’lumotga ega bo‘lgan bibliograf katalog va kartotekalarga, elektron katalogga murojaat qiladi yoki kitobxonning o‘zini qidirish jarayoniga jalb qiladi. Elektron katalog orqali buni qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Òegishli hujjatni muallif familiyasi, sarlavhasi, nashr yili, nashriyot nomi, kalitli so‘z yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashganligini bilish mumkin. Faktografik so‘roqni bajarishda, albatta, ma’lumotnoma nashrlardan foydalaniladi. Buning uchun kutubxona xodimi ma’lumotnoma nashrning xususiyatlarini, mazmunini, ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi zarur.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling