Bibliografiya lat p65
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik axborotlashtirish haqida tushuncha
Savol va topshiriqlarMBX nima va unga qanday talablar qo‘yiladi? Kitobxonlar so‘roqlari bo‘yicha qanday ma’lumotlar bajariladi? Òurli so‘roqlarni bajarish dasturi nimadan iborat? Aniqlovchi va faktografik ma’lumotlar qanday bajariladi? Ayrim sohalarga oid bibliografik so‘roqlar qanday bajariladi? Badiiy adabiyotlarga bo‘lgan so‘roqlarning turlarini aytib bering. Axborot manbalarini sanab bering. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi so‘roqlarning turlarini ayting. X VIII BOB. KUTUBXONANI BIBLIOGRAFIK AXBOROTLASHTIRISH Mavzuning maqsadi—kitobxonlarni bibliografik axborot bilan ta’minlashning ommaviy, yakka, guruhli turlari bilan, ularni tashkil etish va olib borish yo‘llari bilan tanishtirish. Asosiy tushunchalar —bibliografik axborotlashtirish, yig‘ma kartotekalar. Bibliografik axborotlashtirish haqida tushunchaBibliografik axborotlashtirish iste’molchilarni bibliografik axborot bilan muntazam va ba’zan epizodik holda ta’minlash va axborot talabgorlarining doimiy axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Uning maqsadi—ma’lum bir vaqt mobaynida yoki muntazam ravishda kitobxonlarni qiziqtirgan mavzular, masalalar, muammolar bo‘yicha nashr etilayotgan eng yangi adabiyotlar, kutubxona fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar, shuningdek, aynan shu kutubxonada yoki axborot-resurs markazlarida mavjud yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish. Bu ish turli kutubxonalarda turlicha olib boriladi. Ayrimlarida, asosan, ommaviy ishlar olib borilsa, ayrimlarida guruhli axborotlashtirishga asosiy o‘rin beriladi. Bu shu kutubxona imkoniyatlaridan, xodimlarning malakasidan, kitobxonlar xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Quyida bibliografik axborotlashtirishning turlari bilan yaqindan tanishamiz. Ommaviy bibliografik axborotlashtirish Ommaviy bibliografik axborotlashtirish axborot talabgorlarining keng qatlamini ijtimoiy muhim mavzularga oid ma’lumotlar bilan xabardor qilishdir. Uning maqsadi—umumiy bilim olishga va mustaqil bilim olishga ta’sir etish. Ommaviy bibliografik axborotlashtirish mazmuniga ko‘ra universal xarakterga va umumta’lim yo‘nalishiga ega. U kutubxona tashabbusi bilan mustaqil yoki boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladi. Masalan, axborotresurs markazlari, ommaviy axborot vositalari, maktablar, turli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda. Uning shakllari: yangiliklar kartotekasi; yangi adabiyotlar bulleteni; yangi kitoblar, vaqtli matbuot nashrlari va boshqa hujjatlar ko‘rgazmasi; yangi adabiyotlarning ko‘riklari va yangi kitob kunlari; yangi adabiyotlarning og‘zaki bibliografik sharhlari; yangi kitoblarga bag‘ishlangan plakatlar va xatcho‘plar; axborot kunlari va boshqalar. Bunday tadbirlar an’anaviy bo‘lishi bilan birga avtomatlashgan usulda ham olib boriladi. Bunda, albatta, elektron kataloglar va ma’lumotlar bazasi muhim o‘rin tutadi. Axborot-resurs markazlarida, kitob savdosi tashkilotlarida iste’molchilarni muntazam yangi hujjatlar bilan tanishtirib borish maqsadida yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari va ochiq ko‘riklari o‘tkazib turiladi. Ko‘rikko‘rgazmalar doimiy bo‘lishi bilan birga, undagi hujjatlar muntazam yangilanib turiladi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham mustaqil yoki boshqa tadbirlarga, masalan, yangi adabiyotlar ko‘rgazmasiga qo‘shimcha tadbir sifatida qo‘llaniladi. Sharhda qiziqarli yangi hujjatlar haqida keng axborot beriladi. Axborot kunlari bibliografik axborotlashtirishning kompleks usuli bo‘lib, kitobxonlar guruhining bir xil toifasiga mo‘ljallangan. Axborot kunlarida ma’lum bir vaqt mobaynida kutubxona fondiga kelib tushgan barcha yangi adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari, elektron hujjatlar namoyish etiladi. Bu tadbir ichida ko‘rikko‘rgazmalar, og‘zaki bibliografik sharh, suhbat va maslahatlar, axborot bulletenlari qo‘llaniladi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling