Bibliografiya lat p65


Yakka tartibda bibliografik axborot berish


Download 371.14 Kb.
bet82/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Bog'liq
s

Yakka tartibda bibliografik axborot berish


Yakka tartibda bibliografik axborot berish aniq bir kitobxon, axborot talabgorining doimiy qiziqishiga ko‘ra bibliografik axborot bilan ta’minlashdir. Ayniqsa, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish rahbarlari, tashkilot va muassasalarning rahbarlari, madaniyat va san’at xodimlari, sog‘liqni saqlash va maorif xodimlari, tadbirkorlar uchun alohida yakka tartibda bibliografik axborot xizmati tashkil etiladi. Bu axborot xizmati qat’iy va muntazam tor, aniq mavzular asosida olib boriladi. Yakka tartibda bibliografik axborotlashtirishning shakllari: og‘zaki xabar berish (yuzmayuz yoki telefon orqali), to‘plam yoki papka tayyorlash, faks yoki elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natish.
Yakka tartibda axborot berish obyektlari ko‘p bo‘lmaydi. Ular tanlab olinadi. Ularni bibliografik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari suhbat davomida, anketa o‘tkazish yo‘li bilan, bir, yarim yil mobaynida ishlash jarayonida aniqlab, ajratib oladilar. Axborot tezkorlik, dolzarblik va hozirjavoblik xususiyatiga ega bo‘lishi shart. Ba’zida axborot maxsus qog‘ozlarda yoki kartochkalarda jo‘natiladi. Unda hujjatning bibliografik tavsifi, qisqacha annotatsiya yoki sharh beriladi. Bular to‘planib, maxsus kartoteka shakllanadi. Muntazam ravishda abonentdan xizmatning darajasi haqida fikr yig‘ib borish lozim. Yakka tartibda axborot xizmati ko‘rsatishning ta’sirli shakli axborotni tanlab tarqatish (AÒÒ) va rahbarlarga differensial xizmat ko‘rsatishdan iborat. Bu, asosan, rahbar xodimlar uchun qo‘llaniladi, uni an’anaviy shaklda ham, avtomatlashgan shaklda ham amalga oshirish mumkin. Bibliografik axborotlashtirish sohasida olib boriladigan ishlar ham boshqa faoliyat turlari kabi kutubxonaning ish rejasida ko‘rsatiladi. Kutubxonada, albatta, bibliografik axborotlashtirishga yordam beruvchi ma’lumot apparati —abonentlar kartotekasi va yig‘ma yoki xizmat kartotekasi tuziladi. Abonentlar kartotekasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak:
—yakka bibliografik axborotlashtirish abonentlari—familiyalar alifbo tartibida joylashtiriladi;
—guruhli bibliografik axborotlashtirish abonentlari—tashkilot va muassasalarning nomlari alifbo tartibida, ichida abonentlarning familiyasi alifbo tartibida joylashtiriladi;
—yakka bibliografik axborot uchun mavzular alifbo tartibida; —guruhli bibliografik axborot uchun mavzular alifbo tartibida.
Bibliograf olib boradigan yig‘ma kartotekada quyidagi bo‘limlar tashkil etiladi: abonentlar (yakka, guruhli va ommaviy axborot abonentlari alohida ko‘rsatiladi); mavzular (doimiy mavzularning alifbo tartibida). Bibliograf kartotekada doimiy so‘roqlarni alohida belgilab boradi, boshqa tashkilotlar, OAV bilan hamkorlikda faoliyat yuritishda zarur manba hisoblanadi. Ish hisobi maxsus daftarda olib boriladi. Uning ko‘rinishi, bo‘limlari kutubxonada belgilangan tartibda yuritiladi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling