Bibliografiya lat p65


Asarlarni guruhlashtirish


Download 371.14 Kb.
bet73/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
s

Asarlarni guruhlashtirish, mavzuga oid umumiy mazmundagi adabiyotlar, keyin esa shu mavzuga oid maxsus adabiyotlar joylashtiriladi. Bu kitobxonga berilayotgan hikoyani to‘g‘ri va to‘la tushunishiga yordam beradi, axborotni aniq qabul qilishiga olib keladi. Ba’zida adabiyotlar janrlariga ko‘ra, ilmiy ahamiyatiga ko‘ra, bilim sohalariga ko‘ra joylashtiriladi. Tarixiy mavzuda bo‘lsa, adabiyotlar to‘g‘ri xronologik tartibda ham joylashtirilishi mumkin. Bibliograf 3 qismdan iborat sharhning matnini tayyorlab oladi: kirish (bunda mavzu asoslab beriladi, uning xususiyatlari, dolzarbligi, tanlangan kitobxonlar uchun ahamiyati aytiladi), asosiy qism (asarlarga ta’rif—hikoya qismi), xulosa (mavzuga oid yana qanday qo‘shimcha adabiyotlar mavjudligini, ularning qaysi manbalardan olib o‘qish mumkinligini, ularga berilgan tanqidiy materiallar va taqrizlar eslatib o‘tiladi).
Sharhning har bir qismi umumiy maqsadga bo‘ysunishi lozim.
Asarlarga ta’rif berish. Bunda, bibliograf har bir asardagi eng muhim jihatni, ichki mantiqni bera olishi zarur. Shu mavzuga oid boshqa asarlar bilan muqoyasa qila olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Avval asarning bibliografik elementlari— muallifi, sarlavhasi, chiqish ma’lumotlari, agar maqola bo‘lsa, manbasi aytib o‘tiladi, lekin o‘qib berilmaydi. Keyin asardagi asosiy jihatlar ochib beriladi. Sharhda bog‘lovchi matnlar majburiy element hisoblanadi, bu sharhni bibliograf mehnatining natijasi— mustaqil asar sifatida ko‘rsata olish uchun zarur. Unda muallifning mashhurlik darajasi, asarning badiiy qimmati, ilmiy ahamiyati haqida gapiriladi. Bog‘lovchi matn sifatida hikoyaning o‘zi ham xizmat qilishi mumkin. Axborotning turli-tumanligini ta’minlash uchun ba’zan asar qahramonlarining taqdiri, unga bog‘liq hayotiy faktlar, voqealar, asarning yozilish tarixi, nashr haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Sharh matniga adabiy ishlov berish sharhni tayyorlashning yakuniy qismi bo‘lib, kamchiliklar to‘ldiriladi, xatolar tuzatiladi. Og‘zaki bibliografik obzorni o‘tkazishda quyidagi talablarga e’tiborni qaratish lozim: matn o‘qib berilmaydi, asardan o‘qib beriladigan fikrlar, parchalar avvaldan xatcho‘plar yordamida belgilab qo‘yiladi, bibliografik ma’lumotlar aniq va tushunarli aytib beriladi, kutubxonachining o‘ziga notanish, tushunarsiz so‘zlar ishlatilmaydi, hikoya ravon, tushunarli, nutq madaniyati qoidalariga amal qilgan holda, to‘g‘ri talaffuz va ohang bilan so‘zlab beriladi. Sharhni olib borayotgan shaxs auditoriyaning o‘ziga munosabatini, hikoyaning ularga ta’sirini kuzatib borishi kerak.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling