Bibliografiya lat p65


Bosma mahsulotlarni nashr etish. Nashriyotlar


Download 371.14 Kb.
bet20/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
s

Bosma mahsulotlarni nashr etish. Nashriyotlar


1917- yilgi inqilobdan so‘ng hukumat hamma tushunadigan tilda, usulda adabiyotlar nashr qilish, ayniqsa, savodni chiqarish uchun zarur manbalarni nashr etish vazifasini ilgari surdi. Bu esa ana shunday kitoblarni nashr etadigan nashriyotlar zarurligini taqozo qildi. 1918-yili Òurkiston Respublikasi Maorif ijroiya qo‘mitasining huzurida matbuot byurosi tuziladi va uning zimmasiga matbaa sanoatiga rahbarlik qilish vazifasi topshiriladi. 1919-yil oktabrida davlat nashriyotini ta’sis etish haqida qaror qabul qilindi. 1920- yil mart oyida u rasman tasdiqlandi. 1920—21yillarda 1100 nomda 5373 ta kitob nashr etiladi. Òurkiston davlat nashriyoti negizida 1925- yil fevral oyida O‘zbekiston davlat nashriyoti—O‘zdavnashr tashkil etildi. 1925-yil 3-fevralda sobiq O‘zbekiston inqilobiy qo‘mitasi O‘zdavnashr Nizomini tasdiqladi va u qonuniy kuchga kirdi. Nashriyot poytaxt—Samarqandda joylashgan edi.
1935- yildan ixtisoslashtirilgan nashriyotlar ajralib chiqa boshladi. 1936-yil iyunida O‘zdavnashrning o‘quv adabiyotlari tahririyati negizida O‘quvpeddavnashr, qishloq xo‘jaligi tahririyati negizida Qishloq xo‘jaligi adabiyotlari davlat nashriyoti, 1938- yilga kelib, Meditsina, Bolalar va o‘smirlar adabiyoti nashriyotlari, 1939- yilda yana 3 ta nashriyot hamda badiiy adabiyot nashriyotlari tashkil etiladi. 1939- yilga kelib, O‘zbekistonda 2 ta ko‘p sohali — O‘zdavnashr va Qoraqalpoqdavnashr, 9 ta ixtisoslashgan nashriyot faoliyat olib boradi. Nizomga ko‘ra „O‘zdavnashr“ga 45 kishidan iborat Pravleniye rahbarlik qildi. Pravleniyening raisi sifatida iste’dodli va yetuk bilimli ma’rifatparvar Saidahmad Nazirov ish olib borgan. Undan keyin Ilyos G‘iyosxo‘jayev rahbarlik qiladi. O‘sha davrda respublikamizda aniq fanlarga oid original asarlar yo‘qligi sababli tarjima asarlarni nashr etishga ko‘proq e’tibor beriladi. 1926- yili Ishchi dehqon taqvimini nashr etishga qaror qilindi, O‘rta Osiyoning o‘quv xaritasini chop etish kun tartibiga qo‘yildi, 1931- yilgi nashriyot kengashida bolalar adabiyoti, texnikaga oid adabiyotlar,o‘sha payt uchun zarur bo‘lgan savodsizlikni tugatishga yordam beruvchi adabiyotlar nashrini kengaytirish, atamalarni tartibga keltirish va nashr etish, ularning sifatini yaxshilash maqsadida taqriz berish ishini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi va mahalliy aholi vakillari ko‘proq jalb etila boshlandi. Natijada o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida arab, adabiyotlar nashr etish boshlandi. Bosma nashrlar avval, 1927- yildan lotin, 1939-yildan yana kirill alifbosida nashr etildi. Davlat rahbarlarining nutqlari, maqolalari, turli ijtimoiy-siyosiy kompaniyalarga bag‘ishlangan rasmiy materiallar, Fitrat, Cho‘lpon, Xurshid, A.Qodiriy, Oltoy, Botu asarlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ayniqsa, paxtachilikka oid adabiyotlar nashr etishga keng o‘rin ajratildi. Qishloq hayoti, undagi o‘zgarishlar, yangiliklar, qishloq aholisi madaniy saviyasining o‘sishi, turmush tarziga oid adabiyotlar, qishloq xo‘jalik xodimlari, ayniqsa, dehqonlar uchun maslahatlar nashr etila boshlandi. O‘zbekiston xalqlari tarixi, milliy davlatchilik, milliy va madaniy meros, filologiya, tilshunoslik masalalariga oid kitob va risolalar chiqarildi. „Matematika va fizikaga oid atamalar“, „Ximiya va botanika atamalari“, „Geografiya atamalari“ kabi aniq fanlarga oid ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar, qishloq xo‘jaligiga oid ruscha-o‘zbekcha lug‘at, onalarga maslahatlar, sog‘liqni saqlash yacheykalari, „Qizaloq“ nomli turkum nashrlar, Sharq astronomiyasi tarixi, O‘rta Osiyo tarixi, Fan mo‘jizalari singari nashrlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1925- yili birinchi o‘zbek romanlari —„O‘tkan kunlar“, 1929-yili „Mehrobdan chayon“ romani nashr etildi. 1925 — 40- yillarda badiiy tarjima asarlarining nashriga alohida e’tibor berildi. V. Shekspirning „Xamlet“, „Otello“, M. Gorkiy, Pushkin asarlari nashrdan chiqdi. Urush arafasi yillarida ixtisoslashtirilgan nashriyotlar tugatilib, 3 ta nashriyotga birlashtirildi: O‘zdavnashr, Qoraqalpoqdavnashr va O‘zbekiston FA nashriyoti. Urush boshlanishi bilan asosiy e’tibor mamlakatda siyosiy birlikni mustahkamlash, ommani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadigan, jangchilarni yuksak g‘oyaviylik, siyosiy hushyorlikka chaqiradigan hajmi kichik va bichimi qulay asarlarga, omma uchun adabiyotlarga, mudofaa mavzusidagi adabiyotlarga qaratildi.
G‘. G‘ulom, H. Olimjon, Oybek, Mirtemir, K.Yashin, Zulfiya, M. Shayxzoda asarlari dastlab shu yillarda nashr etildi. H.Olimjonning „Qo‘lingga qurol ol!“ „Ishonch“ she’riy to‘plamlari, „Muqanna“ nomli tarixiy dramasi, G‘. G‘ulomning „Sen yetim emassan“, Zulfiyaning „Hijron kunlarida“, „Uni Farhod der edilar“, Uyg‘unning „G‘azab va muhabbat“, Shayxzodaning „Ko‘ngil deydiki“, H. G‘ulomning „Haykal“ she’riy to‘plamlari nashrdan chiqdi. O‘zbek tiliga tarjima qilingan A. Gaydarning „Temur va uning komandasi“, A. Pervensevning „Volodka —partizan o‘g‘li“ kabi asarlari nashrdan chiqarildi. Urushdan keyin xalqning madaniy darajasini oshirishga mo‘ljallangan bilimning barcha sohalariga oid ommabop adabiyotlar nashr etish kuchaytirildi. 1950-yillarga kelib mamlakatda 7 ta nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1960-yilda ular soni 10 taga yetdi. „O‘zdavnashr“ zimmasiga endi, asosan, ijtimoiysiyosiy, qisman ishlab-chiqarish, texnika, qishloq xo‘jaligi masalalariga oid adabiyotlar nashr etish topshirildi. 1947-yilda 71 nomda ijtimoiy-siyosiy adabiyot nashr etilgan bo‘lsa, 1958yilda ular 130 taga yetdi. O‘zbekistonni industrlashtirish, elektrlashtirish, respublika tarixi, madaniyati, xalqlar do‘stligi qardoshligiga oid ko‘plab ilmiy-ommabop nashrlar yuzaga keldi. 1950- yillarga kelib mamlakatda texnikaning taraqqiy etishi uchun olib borilgan kurashlar, ixtirolar, kashfiyotlar, yangi texnik ilg‘or ish tajribalarini korxonalarda joriy etish, tarix, falsafa, adabiyotshunoslik masalalariga oid nashrlar ham bosmadan chiqarildi. 1946 — 1958- yillarda qishloq xo‘jaligi masalalariga oid umumiy adadi 10 mln nusxa bo‘lgan 900 dan ortiq kitob va risolalar chiqarildi.
„O‘zdavnashr“ning o‘quv-pedagogik adabiyotlari tahririyati negizida O‘quvpeddavnashr tashkil etilgandan so‘ng o‘quv adabiyotlari nashriga e’tibor kuchaydi. 1960-yil u „O‘rta va oliy maktab“,1964- yili „O‘qituvchi“ deb ataldi. 1957-yili O‘zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958- yili Meditsina nashriyoti, 1960-yili „Yosh gvardiya“ nashriyoti tashkil etildi. 1964-yili O‘zbekiston Davlat Matbuot qo‘mitasining 6- iyundagi buyrug‘iga ko‘ra O‘zdavnashr „O‘zbekiston“ nashriyoti deb nomlandi. 1970- yilga kelib, undan yana „Mehnat“ va „Kamalak“ nashriyotlari ajralib chiqdi. Bu yillarga kelib, nashriyotlarda vazifalarni oydinlashtirish, tahririyatlarni ixtisoslashtirish jarayoni nihoyasiga yetdi. Nashriyotlar faoliyatiga kitoblarning mazmuni va badiiy jihatdan sifatini oshirish maqsadida, zarur adabiyotlarni nashr etishni tezlashtirish maqsadida olimlar, jamoat arboblari, san’at arboblari, o‘sha paytdagi hukumat rahbarlari ham jalb etildi. Ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar tahririyati Òarix instituti, Iqtisodiyot instituti, ÒoshDU, ÒDPIning, Xalq xo‘jaligi institutining „Falsafa“, „Tarix“, „Siyosiy iqtisod“ kafedralari bilan uzviy bog‘liqlikda ish olib borishdi. Paxtachilik, qishloq xo‘jaligi adabiyotlari tahririyati Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘rta Osiyo iðakchilik ilmiy-tekshirish instituti va boshqa ilmiy hamda o‘quv muassasalari bilan hamkorlik qildi. Ilmiy-ommabop adabiyotlar tahririyati „Bilim“ jamiyati, FAning tarmoq institutlari bilan hamkorlik qildi. „Targ‘ibotchi kutubxonasi“, „Ilg‘orlar minbari“, „Fan — qishloq mehnatkashlariga“, „Ilg‘or tajriba —ommaga!“ „Vatanga ko‘proq paxta beraylik“ kabi ruknlar nashr etila boshlandi, ma’lumotnomalar nashri kengaydi. Payvandchilar uchun, haydovchilar uchun, chorvachilikni mexanizatsiyalash bo‘yicha, qishloq xo‘jaligida zaharli ximikatlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotnomalar chiqdi. 1980- yillarda siyosiy mavzudagi adabiyotlar nashri yana kengaydi, mamlakatda yuz bergan qayta qurish, uning mazmuni, mohiyati, tamoyillari, sabablari, uning ta’siri, demokratiya, oshkoralik kabi kunning muhim, dolzarb masalalariga oid ko‘plab adabiyotlar ham nashr etildi. 1986- yil nashriyotning rejasi qayta ko‘rib chiqildi. „Ijtimoiy adolat uchun“, „Xo‘jalik hisobi o‘z amrini o‘tkazmoqda“, „Yangilanish“, „Dastlabki odimlar“ kabi matbuot to‘plamlari chiqdi. 1990- yil Partiya tarixi institutining tarjima bo‘limi butun shtati bilan „O‘zbekiston“ nashriyotiga o‘tkazildi. 1991- yildan nashriyot zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini chiqarish vazifasi yuklatildi.
Mustaqillik yillarida nashriyot yanada takomillashdi, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tildi. Òahririyatlar qisqartirildi, tarixiy va madaniy merosni chuqur o‘rganishga oid adabiyotlar chiqa boshladi. O‘zbekiston Respublikasining qonuniy xujjatlar to‘plami, Konstitutsiya bir necha marta, I.A. Karimovning asarlari, ichki va tashqi siyosat, mamlakatimizning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligiga oid adabiyotlar, „O‘zbekiston respublikasi“ nomli ma’lumotnoma o‘zbek va rus tillarida chiqarildi. „Madaniy qadriyatlar“, „Ijodiy meros masalasi“, „O‘zbek xalq dostonlari“ kutubxonasi tashkil etildi. Unda „Alpomish“ dostonining 2 ta to‘liq nashri, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, chet tillarni o‘rganishga oid qo‘llanmalar, masalan, arab tili, fransuz tili, ingliz tili darsliklari, o‘zbek adabiyoti tarixi, O‘rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrning shakllanishi va rivojlanishi, hayot falsafasi, til va madaniyat masalalariga oid adabiyotlar nashr etildi. Nashriyot yangi zamonaviy texnologiya bilan, harf terish mashinasi bilan ta’minlandi. Nashriyotning o‘zida harf terish korxonasi ish boshladi. Chet el korxonalari bilan hamkorlik kuchaydi. Òurkiyaning „Remaksa-LTD“ shirkati bilan hamkorlikda „O‘zbek-Remaksa“ qo‘shma korxonasi ochildi, uning maqsadi o‘zbek va turk xalqlarini bir-birining madaniy merosi bilan tanishtirish, xorijiy zamonaviy texnologiyalarni kiritish, jahon talablariga mos keladigan adabiyotlarni nashr etishdan iborat. Shunday hamkorlik natijasida Xiva va Qashqadaryo fotoalbomlari Istambulda nashr etildi. Òurkiyadan matbaa bo‘yoqlari, Finlandiyadan esa a’lo sifatli qog‘ozlar keltirildi. Kitoblarni tarqatish bo‘yicha „Noshir“ jamiyati, „O‘zbek-Remaksa“ qo‘shma korxonasi, „Rautar“ kichik korxonasi, „Mersedes“ qo‘shma korxonasi yordam beradi. Nashriyot oldi-sotdi shartnomalari asosida va naqd pulga kitob tarqatish bilan shug‘ullanadi. Yana zamonaviy usul—mavoza (barter) qo‘llaniladi.
„O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997- yil 20-martdagi qarori bilan O‘zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligi tizimida O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tillik lug‘atlar, ma’lumotnomalarni tayyorlash va nashr etish maqsadida tashkil etildi. Bundan tashqari nashriyot xalqimizning tarixiga, milliy qadriyatlariga, madaniyati va san’atiga, tibbiyot, sog‘lom avlod, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga oid ijtimoiysiyosiy, badiiy va o‘quv adabiyotlarini ham nashr etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 11- iyundagi qaroriga ko‘ra A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Òibbiyot nashriyoti qo‘shildi. Nashriyotda 11 ta ilmiy tahririyat va bo‘lim, shuningdek, o‘quv adabiyotlari va tezkor nashrlar tahririyati, sport va turizm tahririyati, ishlabchiqarish, dizayn, kompyuter va boshqa xizmat bo‘limlari mavjud. Nashriyotga jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh tahririyat ilmiy-metodik rahbarlik qiladi. Uning vazifasi O‘zMEning g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar mezonini belgilashda, so‘zliklarni tasdiqlash, murakkab va munozaraga sabab masalalarni hal etishda qatnashish, har bir jild materiallarini ko‘rib chiqib, nashrga tavsiya etishdan iborat. Har bir ilmiy tahririyat qoshida fan sohalari bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga qarashli Ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti 1959- yil O‘zbekiston davlat Tibbiyot nashriyoti sifatida tashkil topgan. 1964- yildan „Meditsina“ nashriyoti deb nomlangan. 1990-yildan Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, shifokorlar uchun amaliy qo‘llanmalar, sanitariya maorifi bo‘yicha ommabop tibbiy adabiyot, lug‘at, ma’lumotnomalar, plakatlar va boshqa turdagi adabiyotlar nashr etadi. 2004- yildan O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti tarkibiga qo‘shildi.
Adabiyot va san’at nashriyoti 1957-yilda O‘zbekiston davlat nashriyoti adabiy-badiiy bo‘limlari negizida O‘zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti degan nom bilan tashkil etilgan. 1964yilda „Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti“ nomi berilgan. 1966- yil G‘afur G‘ulom nomi berildi. 1970- yildan o‘zbek adabiyoti va folklor, adabiyotshunoslik masalalariga oid adabiyotlar nashr etadi. O‘zbekistonda badiiy asarlar nashr etishda muhim o‘rin tutadi. Hozirda mumtoz adabiyotimiz namunalarini, xorijiy mumtoz asarlarning o‘zbek tiliga tarjimalarini nashr etishga alohida o‘rin ajratgan. 2010 yildan nashriyot va bosmaxona birlashtirilib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi deb atalmoqda. Keyingi yillarda maktab o‘quvchilari, o‘rta-maxsus kasb-hunar kollej va litseylari, oliy o‘quv yurtlari uchun adabiyotlar nashr etmoqda.
„Fan“—O‘zFA ilmiy nashriyoti 1934-yilda O‘zbekiston Fan qo‘mitasi huzurida bo‘lim sifatida tashkil etildi. 1943 —63-yillar FA nashriyoti, 1964 — 66- yillar „Íàóêà“ nashriyoti, 1966yildan „Fan“ nashriyoti deb ataldi. 1940-yil maxsus bosmaxonasi ishga tushirilgan. Nashriyot O‘zFA tizimidagi institutlarning ilmiytadqiqot ishlari natijalari, to‘plamlar, monografiyalar, ilmiyommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jo‘r maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi.
Mumtoz va zamonaviy adabiyot namoyondalarining mukammal asarlari, akademik nashrlari, bilimning hamma sohasi bo‘yicha yirik ilmiy nashrlarni chiqaradi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining mukammal 20 jildligi, oldingi 15 jildlik va rus tilidagi 10 jildlik asarlar to‘plami, Oybek asarlari to‘plamini eslatib o‘tish mumkin. Shuningdek, u „Fan va turmush“, „Geliotexnika“, „O‘zbekiston tarixi“, „O‘zbekiston fizikasi“, „Mexanika muammolari“, „Informatika va energetika muammolari“,
„O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“, „O‘zbekiston biologiya jurnali“, „O‘zbekiston Kimyo jurnali“, „O‘zbekiston FA ma’ruzalari“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „Farmatsevtika“ jurnallarini nashr etadi. 1986-yil 1-oktabrdan boshlab G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘limi bolalar va o‘smirlar uchun adabiyotlar nashr qiluvchi nashriyot sifatida „Yulduzcha“ nomi bilan ajralib chiqdi. O‘rta Osiyo respublikalarida birinchi bo‘lib 50 jildlik, har bir jildi 25—30 bosma taboqqa mo‘ljallangan „Jahon bolalari adabiyoti“ rukni tashkil etildi. Pushkin, Lermontov ijodidan, Alpomish dostonlari, Rustamxon asarlari nashr etildi. 1992- yil unga „Cho‘lpon“ nomi berildi va 2004-yil nashriyot va bosmaxona birlashtirilib, nashriyot-matbaa ijodiy uyi deb ataldi, „Ming bir sarguzasht“, 30 jilddan iborat „Jahon xalq ertaklari“ ruknida arab xalq ertaklari, rus xalq ertaklari, hind xalq ertaklari va boshqa adabiyotlar nashr qildi. 1991-yildan o‘zbek adabiyoti, hamdo‘stlik davlatlari xalqlari adabiyoti, tarix va huquqshunoslik, tibbiyot, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik, estetika, qishloq xo‘jaligiga oid, ma’lumotnoma adabiyotlari, o‘quv adabiyotlari, „Spitamen“, „Ibn Sino“ kabi tarixiy romanlar, bolalar uchun adabiyotlar, bog‘cha va boshlang‘ich sinflar uchun „Ertaklar dunyosi“, „Qiziq kitobcha“, „Bog‘chaga-do‘mboqchaga“, „Farzandlar baxti taronasi“, „Ma’naviyat va qadriyat“ ruknidagi kitoblar, „Bolalar adabiyoti do‘stligi“, „Inson axloq-odobi“ ruknidagi adabiyotlar nashr etildi.
„Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi—gazetajurnallar, bosma nashrlar chop etadigan kompleks. Respublika miqyosidagi rangli jurnallar, yumshoq va qattiq muqovali kitoblar, risolalar, yorliqlar, fotoalbomlar, tasviriy san’at mahsulotlarini nashr qiladi. 1921-yilda bosmaxona sifatida tashkil topgan va 1924-yilda „Ñðåäàçêíèãà“ nashriyotiga va „Qizil O‘zbekiston“ gazetasining bosh idorasiga aylantirildi. 1947-yilda bosmaxona bilan birlashtirilib „Qizil O‘zbekiston“, „Ïðàâäà Âîñòîêà“ va „O‘zbekistoni Surh“ gazetalari birlashgan nashriyoti deb qayta tashkil topadi. 1991-yildan O‘zbekiston respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi huzuridagi „Sharq“ nashriyotmatbaa konserniga aylantirildi. 2002- yil oktabr oyidan boshlab „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi deb nomlandi. Kompaniyada 1991-yil 9-sentabrda Bosh tahririyat tashkil etiladi. Kompaniyaning tarkibiga „Andijon“ nashriyot-matbaa, „Ishlab chiqarish tijorat markazi“ tarmoq aksiyadorlik jamiyati hamda „Ovqatlanish va savdo kombinati“ kiradi.
O‘zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligi tizimidagi „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi 1936- yili „O‘quvpeddavnashr“ nomi bilan tashkil etilgan. 1950—59 yillarda yana shu nom bilan, 1941 —49- yillarda O‘zbekiston davlat birlashgan nashriyoti tarkibida faoliyat yuritgan. 1960- yildan „O‘rta va oliy maktab“, 1964-yildan „O‘qituvchi“ nomi bilan, 2004- yildan „O‘qituvchi“ nashriyoti va Òoshkent kitob-jurnal fabrikasi negizida „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi. U barcha turdagi umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchi va o‘qituvchilariga, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalariga, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlariga, ota-onalarga mo‘ljallab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar, turli xil lug‘at va ma’lumotnomalar, bolalar uchun adabiyotlar va boshqa turdagi xilma-xil adabiyotlarni nashr etadi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling