Bibliografiya lat p65


Download 371.14 Kb.
bet19/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Bog'liq
s

Jurnallar—universal va ixtisoslashgan mazmunga ega bo‘ladi. Jurnallar kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga ko‘ra turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy deb ham ajratiladi.
Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba bo‘lib, mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga bag‘ishlanadi. „Òafakkur“, „Ijtimoiy fikr“, „Fan va turmush“ jurnali ilmiy jurnallardir. „Fan va turmush“ O‘zFAning ilmiyma’rifiy, ommabop jurnali bo‘lib, turli davrlar vazifasidan kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. 1933 —1935- yillar „Sotsialistik ilm va texnika“, 1939—1941- yillarda „Sotsialistik Fan va turmush“ deb nashr etilgan. 1941- yil iyulidan 1957yil fevraligacha ma’lum bir sabablarga ko‘ra nashr etilmagan. 1957- yildan „Fan va turmush“ deb nashr etiladi. Jurnalga dastlab ko‘zga ko‘ringan olimlar, ijodkorlar, birinchi jurnalistlar, ya’ni Otajon Hoshim, Q. Niyoziy, I. Islomov, I. Mo‘minov, M. O‘rozboyev, Y. Òo‘raqulovlar muharrirlik qilganlar. Jurnal rangli illustratsiyalangan holda nashr etiladi. „Ibn Sino“ (Avitsenna) —Ibn Sino Xalqaro jamg‘armasining ilmiy-amaliy jurnali 2000- yildan boshlab Òoshkentda bir yilda 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Jurnalning vazifasi— Ibn Sino shaxsiga oid, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ilmiyijtimoiy faoliyati, sermazmun va ko‘pqirrali ijodi, sinoshunoslik sohasidagi ishlar, izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bilan jurnalxonlarni tanishtirib borish. Jurnal 1000 nusxada nashr etiladi. „O‘zbekiston tarixi“ O‘zbekiston FA Òarix institutining ilmiy-tarixiy jurnali bo‘lib, 1998- yili asos solingan. Uning 1- soni 1999- yil yanvarda chiqdi. Har uch oyda 1 marta rus va o‘zbek tilidagi materiallar nashr etiladi. Jurnal tarixchi mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalari va O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan. „O‘zbekiston davlatchiligi tarixidan“, „Tarixiy shaxslar“, „Tarixiy atamalar“, „Tarixshunoslik“ kabi ruknlarda ilmiy maqolalar berib boriladi.
Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amaliyotchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi. „O‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Ibn Sino“, „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Bibliografiya“, „Klub“, „KPR“ kabi jurnallar maxsus jurnallardir.
„Inson va qonun“ —O‘zbekiston respublikasining huquqiy, ijtimoiy ommabop jurnali Adliya vazirligi tomonidan 1996- yil yanvardan boshlab nashr etiladi. Avval oyda bir marta, 1998yil yanvaridan mustaqil haftalik gazeta sifatida nashr etilgan. Asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, aholini O‘zbekiston va jahon qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib, tushuntirib, sharhlab borish, jinoyatchilik ildizlarini ochish va bu ishga keng jamoatchilikni jalb etishdan iborat.
„O‘zbekiston matbuoti“—O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ta’sis etgan 2 oyda bir marta chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Dastlab „Turkiston matbaachisi“ („Òóðêåñòàíñêèé ïå÷àòíèê“, 1918 — 24- y.) nomi bilan o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta, 1928 — 38-yillarda uning o‘rniga o‘zbek tilida „Muxbirlar yo‘ldoshi“, 1939—1941- yillarda „Bolshevistik matbuot“, 1924—
25- yillarda rus tilida „Íàø ðàáêîð“, 1927-28- yillarda „Òðèáóíà ðàáêîðà“, 1952—1964- yillarda o‘zbek va rus tillarida „Mahalliy matbuot xodimlariga yordam“ („ ïîìîùü ðàáîòíèêàì ìåñòíîé ïå÷àòè“), 1965 — 68- yillarda „O‘zbekiston matbuoti“ („Ïå÷àòü Óçáåêèñòàíà“), 1969—1990yillarda „Muxbir“ („Êîððåñïîíäåíò“), 1991- yildan boshlab yana „O‘zbekiston matbuoti“ nomi bilan chiqa boshladi. Jurnalda respublika ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, nashriyotlar, bosmaxonalar, kitob savdosi, ijodiy uyushmalar faoliyati haqida materiallar beriladi.
„O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ —O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar bo‘limlari, Òoshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida nashr qiladigan ilmiy-amaliy jurnal. 1922- yildan „Turkiston tibbiyot jurnali“, „O‘rta Osiyo tibbiyot jurnali“, 1926-yildan „O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ nomi bilan chiqqan. 1941—53-yillarda vaqtincha nashr etilmagan. Jurnalning vazifasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, dorishunoslik masalalari va sog‘lom turmush tarzini yoritib, targ‘ib qilish „O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi“ning 1- soni 1922- yil „Yangi qishloq“ nomi bilan Òurkiston Maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925 —71- yillarda „Dehqon“, „Qishloq xo‘jaligi turmushi“, „Paxta uchun kurash“, „O‘zbekiston sotsialistik qishloq xo‘jaligi“, „O‘zbekiston kolxoz-sovxozlar ishlab chiqarishi“ nomi bilan o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. 1971-yildan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, fermer xo‘jaliklari faoliyati, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan takomillashtirish, qishloq turmush tarziga oid materiallar berib boriladi. 1991- yildan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligining agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnali hisoblanadi. „O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ („Îáùåñòâåííûå íàóêè â Óçáåêèñòàíå“) — O‘zFAning ijtimoiy-gumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. 1957 —60- yillar „O‘zbekiston FA axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi“, 1960- yil oktabridan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda iqtisodiyot, falsafa, huquq, sharqshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha materiallar e’lon qilinadi. „Ilmiy axborot“, „Fan yangiliklari“, „Tarix sahifalari“, „Tarixnavislik“, „Manbashunoslik“ rukni ostida ilmiy maqolalar berib boradi. Yilning eng oxirgi sonida yil davomida nashr etilgan maqolalarning mavzular va sohalar bo‘yicha ro‘yxati beriladi.
Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzularga oid materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“, „Guliston“, „Teatr“, „Sanam“, „Saodat“, „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular jumlasidandir.
„Muloqot“ jurnali—O‘zXDP Markaziy kengashiga qarashli milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy jurnal. 1991- yil yanvardan nashr etiladi. Jurnal sahifalarida ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-madaniy, iqtisodiy-ma’naviy-ma’rifiy hayot yoritiladi. „Sharq yulduzi“ — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnali. 1932- yil iyun-iyul oyida „O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti“, 1935- yil yanvardan „Sovet adabiyoti“, „O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“ nomi bilan chiqqan. Ikkinchi jahon urushi yillarida moddiy imkoniyat bo‘lmaganligi sababli nashr etish to‘xtatilgan.1946- yildan boshlab „Sharq yulduzi“ nomi bilan chiqa boshlagan. Unda o‘zbek, qardosh xalqlar, xorijiy adabiyot namunalari, adabiyotshunoslikka oid materiallar nashr etiladi. Jurnalga Oybek, A. Qahhor, Uyg‘un, A. Muxtor, H. G‘ulom, Mirmuhsin, O‘. Hoshimov, O.Muxtorlar muharrirlik qilganlar. 2005-yildan Minhojiddin Mirzo muharrirlik qilmoqda.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling