Bibliografiya lat p65
Òemuriylar davrida bibliografiya
Download 371.14 Kb.
|
s
Òemuriylar davrida bibliografiyaÒemuriylar davrida iqtisod va madaniyat tez rivojlandi. Hirotda tarixchi olimlar, yozuvchilar, madaniyat arboblari yashab ijod etdi. Saroy kutubxonalari, madrasa va masjitlar, xususiy va jamoat kutubxonalari tashkil etildi. Hirotning madaniy hayoti bevosita Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Navoiy qalamiga mansub 60 ming misradan iborat ulkan madaniy meros, adabiy asarlar besh asrdan beri insoniyatga, jahon jamoatchiligiga xizmat qilib kelmoqda. Ularning ko‘pchiligidan u yoki bu yo‘nalishda, insoniyat faoliyatining hamma sohalariga oid bibliografik axborot olish mumkin. Navoiy o‘zining „Fors davlatlari tarixi“ asarida qadimgi falsafa fanining namoyandalari va ularning ijodi haqida juda boy ma’lumotlar bergan. 1498-yilda yaratgan „Majolis un-nafois“ asari ham O‘rta Osiyo adabiyoti va madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega va hozirga qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Navoiy shu asari bilan turkiy tilda tazkira yaratish an’anasini boshlab berdi. Bu asarda Òurkiston va Xuroson hududlarida yashab ijod qilgan 459 shoir haqida ma’lumot berilgan. Navoiy tazkirasining boshqa tazkiralardan farqi shundaki, boshqa tazkiralarda faqat XV asrda yashab ijod etgan adabiyot namoyandalari — zamondoshlari haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, Navoiy tazkirasida an’anaga aylanib qolgan shoir va adiblar haqida ma’lumot berishdan tashqari, o‘sha davrdagi Hirot va Samarqandning adabiy hayoti, adabiy kecha va majlislar, buyuk shoir davrida yaratilgan adabiyotshunoslik va tarixga oid asarlar, o‘tmish shoirlarning tarqoq merosini to‘plash, ularni ko‘chirish, nusxalarini ko‘paytirish borasida olib borilgan ishlar haqida turli xil zarur ma’lumotlarni beradi. Unda avval har bir shoirning hayoti va ijodi haqida biografik ma’lumotlar, hikoya va namunalar berilgan. Shu jihatlariga ko‘ra tazkira shu kungacha o‘rta asr adabiy hayotini, madaniyatini, tarixini, kitobatchilik san’atini o‘rganishda muhim qo‘llanma sifatida qadrlanadi. Navoiy o‘zidan avval yaratilgan tazkiralarni tahliliy va tanqidiy o‘rganib chiqadi, bibliografik tiðdagi asarlarni ham o‘rganadi va „Majolis un-nafois“ asari bilan O‘rta Osiyoda yangi tiðdagi tazkirachilik san’atiga asos soladi. Bu tazkiralarda zamonaviylik prinsiði asosiy o‘rinda turadi. Ya’ni muallif o‘ziga zamondosh bo‘lgan adiblar haqidagina ma’lumot beradi, zamonaviy hayot, adabiyot, hayot tarzi va adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. Navoiyning qo‘lyozma kitoblarni mukammal bilishi, adabiy mahorati va o‘zining shaxsiy mavqeyi yirik kitobshunos, bibliograf bo‘lib tanilishiga sabab bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan qurilgan kutubxona 10 mingdan oshiq qo‘lyozmani saqlagan va turli kitobxonlarga xizmat qilgan. Uning fondidan ko‘plab olimlar, kitobsevarlar, adabiyot muxlislari foydalangan. XVII asrda taniqli turk olimi va bibliografi Hoji Xalifa o‘rta osiyolik olimlar, yozuvchi va shoirlarning asarlarini hisobga oluvchi „Kitob va fandagi shubhaning bartaraf etilishi“ nomli ko‘rsatkichini tuzadi. Ko‘rsatkich XIX asrda lotin tilida G.Fluger tomonidan nashr qilinadi. Ko‘rsatkichda olimlar, yozuvchi, shoir va din namoyandalarining 15007 asarlari fan tarmoqlari bo‘yicha ro‘yxat shaklida tartibga solingan. Asarlar haqidagi ma’lumotdan avval asar muallifining nasl-nasabi, kasbi, egallagan mansabi haqida, tug‘ilgan va vafot etgan yillari, ijtimoiy kelib chiqishi haqida ma’lumot, asarlarining to‘liq ro‘yxati berilgan. Ular orasida Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, shoirlardan Sa’diy, U. Xayyom va boshqalar haqida ma’lumotlar bor. Hoji Xalifaning bu ko‘rsatkichi ko‘p jildlik bo‘lib, 400 yildan oshiq davrdan beri Sharq madaniyatining ajoyib namunasi sifatida o‘zining ilmiy qiymatini yo‘qotgan emas. O‘rta Osiyo tarixi, fan va madaniyati, kitobatchilik ishi haqida ma’lumot beruvchi yana bir ish XVII asrda tuzilgan AsSomoniyning „Ismlar genealogiyasi kitobi“ nomli lug‘atidir. Uning muallifi Muhammad Ibn Mansur As-Somoniy aslida Marv shahrida tavallud topgan, O‘rta Osiyoning ko‘plab shaharlarida bilim olish maqsadida yashagan, 1144-yili Marv shahriga qaytib, Al-Ahmad madrasasida dars bera boshlaydi va bir vaqtning o‘zida ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Uning asarlari 40 dan ortiq bo‘lib, ular orasida „Geografik lug‘at“, ustozlariga bag‘ishlab tuzilgan „Shayxlar lug‘ati“, ayniqsa, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda yordam beruvchi „Ismlar genealogiyasi kitobi“ 4000 ta diniy asarlar haqida ma’lumot berilgan. XVI asrda Amin Ahmad Roziy tomonidan tuzilgan „Yetti iqlim“ nomli lug‘at ham geografik, ham ensiklopedik asar hisoblanadi. Unda Sharqning musulmon mamlakatlari va shaharlari, ulardagi yirik arboblar, mashhur kishilarning hayoti, faoliyati, ularning asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zFAning Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bibliografik mazmundagi bir qancha asarlar saqlanadi. Ulardan biri „Shayx urrais asarlari ro‘yxati“, ya’ni Ibn Sino kitoblari bibliografik ko‘rsatkichidir. Bunda Ibn Sinoning 142 ta asari ro‘yxati berilgan bo‘lib, 1664-yili noma’lum muallif tomonidan tuzilgan. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling