Bibliografiya lat p65
A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi
Download 371.14 Kb.
|
s
A. A. Semyonov boshchiligida „Turkiston to‘plami“ning tuzilishi1910- yildan „Turkiston to‘plami“ni tuzishni bibliograf A.A.Semyonov 1916-yil oxirigacha davom ettirdi. A.A.Semyonov 1888- yildan keyin chiqqan to‘plamlarning oldin tushirib qoldirgan muhim materiallarni yig‘ish bilan shug‘ullandi. „Turkiston to‘plami“ning Òoshkent davridagi mazmuni keskin o‘zgardi, 544 jilddan butunlay boshqa rejada tuzila boshlandi. „Turkiston to‘plami“ning bu davri, — deb yozadi O‘zbekistonning taniqli kitobshunos-bibliografi E. K. Betger, —haqli ravishda „Semyonov davri“ deb ataladi“. 1906-yil iyul oyidan boshlab Òurkiston xalq kutubxonasi nazorat qo‘mitasining a’zosi bo‘lib kelgan A. A. Semyonov bu kutubxonaning ilmiy ishida faol qatnashdi. „A. A. Semyonovga „Turkiston to‘plami“ni tuzishga boshchilik qilishning topshirilishi,—deb yozadi Y. K. Betger,—eng oliyjanob ishdir, chunki Òoshkentda undan boshqa hech bir kishi bu ishga Semyonovchalik tayyor emas edi“. XX asr boshlariga kelib, ijtimoiy-siyosiy ahvol o‘zgardi: gazetalar soni ko‘paydi, ayrim gazetalar o‘zining ilgarigi mavqeyini yo‘qotdi („Òóðêåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasi 1910-yil.). Eng asosiy va ayrim nashrlarda O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan ko‘plab yangi jiddiy ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun Mejovdan keyin dastlabki 127 jildni, gazetadan qirqib olingan materiallar bilan to‘ldirib tashlashga A. A. Semyonov chek qo‘ydi, u uzoq yillar davomida yig‘ilgan materiallarni to‘plab, o‘rganib, saraladi, 544—545-jildni esa 1914- yilda nashr ettirdi. Shunga qaramay, 545-jildga gazetadan qirqib olingan 30 ga yaqin eng muhim materiallarni kiritdi. Shu jildga iqtisodchi olim V. V. Dininning Zarafshon daryosi yuqori qismida yashayotgan tog‘li aholining iqtisodiy hayotiga bag‘ishlangan tadqiqotini ham qo‘shadi. „Turkiston to‘plami“ni isloh qilish bilan uning har bir jildini muayyan mavzu bo‘yicha bir tizimga keltirdi. Agar bu holat Mejov ishlarida oz-oz sezilgan bo‘lsa, Semyonov davridagi to‘plamda avvalgi bibliograflarning xatolari hisobga olingan edi. Maxsus „Èçâåñòèÿ Ðóññêîãî Ãåîãðàôè÷åñêîãî îáùåñòâa“ga mansub hamma jurnallarning Òurkiston o‘lkasiga doir maqo-lalari bir izchillikda yig‘ilganligi bunga misol bo‘ladi. Uning rahbarligida tuzilgan jildlar materiallarini sistemalashtirish g‘oyasi o‘zidan oldingilarning an’anasiga qo‘shilgan yangilik va o‘ziga xos prinsið bo‘lib qoldi. U O‘rta Osiyo haqidagi barcha ma’lumotlarni yig‘ish qiyinligini tushunib, „To‘plam“ jildlarida o‘sha vaqt Òurkistondagi eng muhim narsa va hodisalar axborotini berishga intildi. Shu nuqtayi nazardan, A. A. Divayev ishlariga bag‘ishlangan 566 —569- jildlar diqqatga sazovor, olimning etnografiyaga tegishli 59 asari kiritilgan. 556, 557 va 587-jildlarda o‘sha davr O‘rta Osiyo lingvistikasi bo‘yicha olimning filologiyaga oid 15 ta ishi kiritilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, material yig‘ish vaqtida A. A. Semyonov to‘plamga mualliflar o‘z imzosi bilan unga taqdim qilgan asarlarni ham kiritib, kitob mualliflarining taxalluslariga baho va eng yaxshi asarlarga izoh bergan. Bevosita o‘zi tuzgan jildlar uchun mundarija bergan, faqat oxirgi 112- jildda Òoshkentdan ketib qolishi tufayli bu ish bajarilmay, „Turkiston to‘plami“ ustidagi ish to‘xtatildi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling