Bibliografiya lat p65


„Turkiston to‘plami“ning davom ettirilishi


Download 371.14 Kb.
bet34/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
s

„Turkiston to‘plami“ning davom ettirilishi


1916-yil „Turkiston to‘plami“ni tuzish to‘xtatildi, lekin Y. K. Betger 20- yillarda „To‘plam“ning yana 3 jildini tuzib chiqdi. Betger ishtiroki va yordami bilan O. V. Maslova Mejovdan keyin tuzilgan 417—591-jildlarga sistemali ko‘rsatkich tuzadi. Unda faqat Òurkistonga oid material saralab olinib, yangi klassifikatsiya jadvali asosida 10 ta bo‘limda materiallarni xronologik tartibda joylashtirgan. Mualliflarning alifbo ko‘rsatkichi va geografik nomlar ko‘rsatkichidan tashkil topgan yordamchi apparat ham mavjud. V. I. Mejovning yordamchi ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, O. V. Maslova tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlarda bibliografiya bo‘limi yo‘q, bu esa bibliografiyaga oid materiallarni topishni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanishning yana bir qiyin tomoni shundaki, u yozuv mashinkasida ko‘chirilgan.
„Turkiston to‘plami“ni yakunlash maqsadida Y. K. Betger 1948- yilga kelib „Óêàçàòåëü ê.ò.ò. „Òóðêåñòàíñêîãî ñáîðíèêà“ ïîñëå Â. È. Ìåæîâñêîãî ïåðåâîäà ïî âîïðîñàì, îòíîñÿùèõñÿ ñòðàí, ñîïðåäåëåííûõ ñ Òóðêåñòàíñêèì“ nomli ko‘rsatkichni tuzdi. Materiallar mamlakatlar bo‘yicha xronologik tartibda joylashtirilgan. Ko‘rsatkich 2368 ta annotatsiya va xabarlardan iborat bo‘lib, 278 sahifali. „Turkiston to‘plami“ning 29 ta jildi Rossiya davlat kutubxonasida saqlanmoqda. Y. K. Betger o‘zining maqolasida ana shu 29 (1 — 2, 4 — 30) jild haqida yozadi. To‘plamga Mejovning „Turkiston to‘plami“ hajmiga teng qog‘ozga yopishtirilgan gazeta xabarlaridan iborat jildlar kiritilgan. Y. K. Betger tomonidan topilgan to‘plamning har bir jildi bosmaxonada bosilgan titul varag‘iga ega. Unda „Òóðêeñòàí. Ñáîðíèê ñòàòåé, çàìåòîê è êîððåñïîíäåíöèé î Ñðåäíåé Àçèè, íàïå÷àòàííûõ â ñòîëè÷íûõ è ïðîâèíöèàëüíûõ ãàçåòàõ Òàøêåíòà“ degan yozuv bor. Òuzuvchining ism-sharifi, to‘plam tuzilgan davr hech qayerda ko‘rsatilmagan, kirish so‘zi berilmagan.
Uslub jihatdan Mejovning „Turkiston to‘plami“ga nisbatan bo‘sh ishlangan: maqolalar manbalari ko‘rsatilmagan; mundarija yo‘q; materiallarni joylashtirishda xronologik izchillikka rioya qilinmagan (har bir to‘plamda turli yillarga oid gazeta maqolalari uchraydi); materiallarni guruhlashtirish tartibini aniqlash qiyin. Òo‘plamning hajmi kattaligi uchun qimmatli materiallardan foydalanish qiyin, lekin bu masalani hal qilish ishi bilan Y.K. Betger shug‘ullandi va „Óêàçàòåëü ê ñáîðíèêàì „Òóðêèñòàí“, õðàíÿøèõñÿ â Ãîñóäàðñòâåííîé áèáëèîòåêå ÐÑÔÑГ nomli yordamchi ko‘rsatkichni tuzdi. Unda 29 ta jildning mazmuni predmet va shaxs ismlari ko‘rsatkichi bilan yoritildi. Hozirga qadar bu jildlar kim tomonidan tuzilganligi aniqlanmagan. Y. K. Betgerning fikricha, V. I. Mejov tomonidan tuzilgan dastlabki 9 jildi Peterburgda, keyinchalik N. Dmitrovskiyning iltimosiga ko‘ra, Òoshkentga yuborilgan va to‘plamlarga yangi titul varag‘i qilingan. Qolgan 20 jildi Y. K. Betgerning yozishicha, Dmitrovskiy tomonidan tuzilgan. „Turkiston to‘plami“ning yana bir qimmatli tomoni shundaki, bunda sho‘rolar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyo bibliografiyasi, metodikasiga oid 10 dan ortiq maqola, rus, xorijiy tillarda yozilgan Òurkiston o‘lkasiga oid 30 ga yaqin bibliografik ko‘rsatkichlar kiritilgan.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling