- TUSHUNTIRISH XATI
- Ish qog`ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o`qish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo`llanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bo`lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi. Tushuntirish xati ham ko`proq shaxsiy mazmunga ega bo`lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti-harakatlar, yo`l qo`yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi.
Tushuntirish xatining zaruriy qismlari: - - hujjat yo`llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- - tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- - hujjat nomi - tushuntirish xati;
- - matn (unda yuz bergan voqea-hodisa, yo`l qo`yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
- - tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.
- Toshkent Pedogogika universiteti
- pedogogika fakulteti dekani
- dot. M. Ayupovga o‘zbek
- filologiyasi bo`limi 4-bosqich
- talabasi Turdiqulova Gulhayodan
- TUSHUNTIRISH XATI
- 2016-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Jo‘rayeva Sitora bilan malakaviy-bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday yakunlash to`g`risida suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga gullar ekib terib qo`yilgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig`ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.
- 2016.27.03. imzo Eshonqulova Ch.
Do'stlaringiz bilan baham: |