Bibliografiya lat p65


Download 371.14 Kb.
bet59/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
s

Savol va topshiriqlar


  1. O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalarning turlarini aytib bering.

  2. Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalarning xususiyatlarini ayting.

  3. Mahalliy muhim va unutilmas voqealar taqvimiga ta’rif bering.

  4. O‘lkamizning turkum ko‘rsatkichlari haqida so‘zlab bering.

  5. Mashhur bibliograflardan kimlarni bilasiz?

XII BOB. KUTUBXONALARNING BIBLIOGRAFIK


Mavzuning maqsadi kutubxonalar faoliyatining asosini tashkil etuvchi bibliografiya ishi, uning maqsad va vazifalari, mazmuni, milliy bibliografiya markazlari haqida bilim berish.
Asosiy tushunchalarbibliografik ish, infratuzilma, axborot markazi, bibliografik markaz.

Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni


Kutubxonalar faoliyatining katta qismini bibliografiya ishi tashkil etadi. Ishning hajmi, ko‘lami, uning tashkil etilishi, bibliografik xizmat shakllariga ko‘ra ular bir-biridan farq qiladi. Bu kutubxonalarda kitob fondi mazmunini ochib berish, undan kitobxonlarning faol foydalanishini ta’minlash uchun turli xil bibliografik vositalar yordamida ma’lumot bibliografiya xizmatini tashkil etishdan iborat. Bu ma’lumot-bibliografiya apparatini tashkil etish va ma’lumot-bibliografiya xizmatini uyushtirish bilan amalga oshiriladi. Ma’lumot-bibliografiya xizmati —har xil kitobxonlik so‘roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma’lumotlar berish. Bibliografik axborot berish — kitobxonlarning doimiy so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat ko‘rsatish, axborot va kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Bibliografik ishni tashkil etishning asosi kutubxona fondi va ma’lumot-bibliografiya apparatidir. Bibliografiya ishi vazifalari — kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga oshirishda kartotekalar, bibliografik qo‘llanmalar, tavsiya xarakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o‘qishini boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘g‘ri va aniq qabul qilishga yo‘llaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi (har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy topgan, bu esa ana shu fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bog‘liq, bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi, u bilan ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga uchramaydi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling