Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik yozuv — bibliografik axborot elementi va biblio-
grafik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi
rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funk-
siyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha
elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil biblio-
grafik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish
va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Shuning o‘zi uning turli-
tumanligini va xususiyatini ko‘rsatadi. Xususan, an’anaviy va
elektron kataloglarda qo‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda,
albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi. Umumlashma
bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki
hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar
haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi
bibliografik yozuv ikkita yozuvni birlashtiradi: hujjatning biblio-
grafik yozuvi va taqrizning bibliografik yozuvi. Bibliografik yozuvlar
unga kiritilgan elementlarning tarkibiga ko‘ra ham ajratiladi. Bular:
tafsiv boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indeks-
lash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yo‘naltirish, xizmatga
oid ma’lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu
darajada ochib beradi. Bibliografik axborotning murakkab shakli
bibliografik qo‘llanmalardir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling