Milliy va davlat bibliografiyasi haqida
tushuncha, uning taraqqiyoti
Ijtimoiy tashkilotlar hujjatlar va iste’molchilar o‘rtasidagi
vosita sifatida avvaldan faoliyat ko‘rsatadi. Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng kitob ishi, nashriyotchilik ishi tubdan
qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Òelegraf Agentligi
O‘zbekiston Respublikasining Milliy agentligiga, Davlat kitob
palatasi 1994- yili Milliy kitob palatasiga aylantirildi. Ularning
nomi bilan birga vazifalari ham o‘zgardi. Chunki „Milliy“ va
„Davlat“ tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 1991- yil bibliograf
olim G. A. Levin „Íàöèîíàëüíàÿ áèáëèîãðàôèÿ â ìíîãîíàöèî-
íàëüíîì ãîñóäàðñòâå“ nomli maqolasida milliy bibliografiya
tushunchasiga alohida to‘xtaladi va qat’iy talablar qo‘yadi. Milliy
bibliografiyaga quyidagi nashrlarni kiritish lozim deydi.
1. Aynan olingan mamlakat hududida nashr etilgan asarlar.
2. Nashr joyidan qat’i nazar, shu mamlakat haqidagi ada-
biyotlar.
3. Nashr joyidan qat’i nazar, shu davlat tilida nashr etilgan
asarlar.
4. Yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat fuqarolari to-
monidan nashr etilgan asarlar.
5. Tug‘ilgan va yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat tub
aholisi vakillarining asarlari.
6. Shu davlat hududidan tashqarida aynan shu davlat uchun
nashr etilgan asarlar.
Universal bibliografik hisobga olish joriy etilgandan so‘ng
Do'stlaringiz bilan baham: |