Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

davlat bibliografiyasida 1- guruh nashrlarini hisobga ola boshladi.
Ammo bu doim ham keng imkoniyat bera olmaydi, shuning
uchun 2- guruh nashrlari ham hisobga olinadi. Levinning fikricha,
bibliografiyalash obyekti bo‘lib elektron nashrlar, videomahsulot-
lar, fotomateriallar kabilar ham xizmat qila oladi, demak, bosma
mahsulotlar bilan birga bu hujjatlarni ham hisobga olish zarur.
Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda quyidagi
belgilarga asoslaniladi:
1. Hududiy belgisiga ko‘ra: shu davlat egallagan hududda
nashr etilgan yoki uning fuqarolari tomonidan, qayerda yashashi-


96
dan qat’i nazar, nashr etilgan asarlar; (hozir qayerda yashashidan
qat’i nazar) shu hududda tug‘ilgan va yashayotgan mualliflarning
asarlari; boshqa hududda shu mamlakat uchun nashr etilgan
hujjatlar;
2. Òil belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilishidan qat’i nazar,
shu xalq tilida nashr etilgan hujjatlar; qayerda yashashidan qat’i
nazar, shu xalq vakillari — mualliflar yaratgan adabiyotlar;
3.  Etnik belgisiga ko‘ra: qayerda tug‘ilgani va yashashidan
qat’i nazar, shu xalq vakillari nashr etgan asarlar; qayerda
tug‘ilgani va yashashidan qat’i nazar, shu xalqqa mansub
mualliflar;
4. Xalqchillik belgisiga ko‘ra: qayerda nashr etilganidan qat’i
nazar, shu xalq haqidagi hujjatlar; qaysi xalq vakili yozishidan
qat’i nazar, xalq haqida yaratilgan asarlar.
Demak, milliy bibliografiyaga tanlangan, xalqqa mansub
mualliflar va asarlar olinadi. Davlat bibliografiyasi uchun davlat
haqidagi emas, balki aynan shu davlat hududida nashr etilgan
asarlar olinadi, chunki ba’zi xalqlar o‘z davlatiga ega emas.
Davlat bibliografik axboroti boshqa turdagi bibliografik faoliyat
rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Axborot olamida axborotlashtirish
muhim belgi bo‘lib qoldi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyotning
yutuqlari bilan belgilanadi va jamiyatning axborot bibliografiya
tuzilmasida bibliografiyaning o‘rni va rolining yangicha tushun-
chasiga sabab bo‘ladi. Bu axborotlashgan faoliyatga asoslangan
dunyo axborot bozorida axborot mahsulotlarining ko‘payishiga
olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy va axborotlashgan tizimda davlat
bibliografiyasining o‘rnini belgilashni talab etadi. Davlat biblio-
grafiyasi axborot faoliyatining bir qismidir. Jamiyat axborot
qimmatini ko‘tardi, axborot mahsulotlari esa kengayib bormoqda.
Bu, ayniqsa, bosma mahsulotlardan elektron ko‘rinishdagi
mahsulotlarga o‘tib borishda ko‘rinadi. Axborotlashuvning asosiy
vositasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalaridir. Buning
natijasida davlat bibliografiyasi ham kompyuterlashib, axborot
sanoatining bir qismiga aylandi. Uning qay darajada ekanligi
mamlakatda axborotlashuvning qay darajada tashkil etilganiga
bog‘liq. Bunda davlat bibliografiyasiga davlatning qo‘llab-
quvvatlashi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Butun dunyo
va davlatlar o‘rtasida davlat bibliografiyasining rivojlanishi uzviy
bog‘liqlikda amalga oshadi. Bu Universal bibliografik hisobga olish
dasturida va „Yevropa iqtisodiy hamkorligini“ tashkil etishda ham


97
nazarda tutilgan. Òurli mamlakatlar davlat bibliografiyasining
avtomatlashgan tizimini dasturiy ta’minlash nashriyotlarga va
kitob savdosi tashkilotlariga topshirilgan. Bu bibliografiya,
nashriyot va kitob savdosi ishining birikib ketishiga olib keladi.
Xalqaro miqyosda olib borilsa, dunyo axborot bozoriga chiqishni
osonlashtiradi.
Davlat bibliografiyasi tizimida iste’molchilar quyidagi imkoni-
yatlarga ega bo‘ladi:
1. Davlat bibliografiyasi taraqqiyotini aniqlashda iste’molchilar
talablari asosiy omil bo‘ladi.
2. Iste’molchilar qarorlarni hal etishda ishtirok etadilar.
3. Davlat bibliografiyasi markazi muntazam iste’molchilarning
axborotga bo‘lgan talablarini o‘rganadi va undan tijorat xizmatini
tashkil etishda foydalanadi.
4. Kutubxonalar davlat bibliografiyasi mahsulotlarining asosiy
iste’molchilari bo‘lib qolaveradi, buning uchun axborot olamidagi
yangi axborot manbalaridan, tijorat ma’lumotlari bankidan,
ma’lumotlar bazasidan, axborot tarmoqlaridan foydalanish kerak.
Davlat bibliografiyasi markazi davlat bibliografik axborotining
to‘g‘riligi va to‘laligi uchun javob beradi. Uning standart sifatida
tasdiqlanishiga erishadi. Davlat bibliografik axborotni ilmiy tadqiqot
ishlarini o‘tkazish va uslubiy hujjatlarni tayyorlash yo‘li bilan
unifikatsiya qilishni ta’minlaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling