Bibliografiya lat p65


Yakka tartibda bibliografik axborot berish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Yakka tartibda bibliografik axborot berish
Yakka tartibda bibliografik axborot berish aniq bir kitobxon,
axborot talabgorining doimiy qiziqishiga ko‘ra bibliografik axborot
bilan ta’minlashdir. Ayniqsa, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
rahbarlari, tashkilot va muassasalarning rahbarlari, madaniyat va
san’at xodimlari, sog‘liqni saqlash va maorif xodimlari,
tadbirkorlar uchun alohida yakka tartibda bibliografik axborot
xizmati tashkil etiladi. Bu axborot xizmati qat’iy va muntazam
tor, aniq mavzular asosida olib boriladi. Yakka tartibda bibliografik
axborotlashtirishning shakllari: og‘zaki xabar berish (yuzma-
yuz yoki telefon orqali), to‘plam yoki papka tayyorlash, faks
yoki elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natish.


193
Yakka tartibda axborot berish obyektlari ko‘p bo‘lmaydi.
Ular tanlab olinadi. Ularni bibliografik xizmat ko‘rsatish bo‘limi
xodimlari suhbat davomida, anketa o‘tkazish yo‘li bilan, bir,
yarim yil mobaynida ishlash jarayonida aniqlab, ajratib oladilar.
Axborot tezkorlik, dolzarblik va hozirjavoblik xususiyatiga ega
bo‘lishi shart. Ba’zida axborot maxsus qog‘ozlarda yoki
kartochkalarda jo‘natiladi. Unda hujjatning bibliografik tavsifi,
qisqacha annotatsiya yoki sharh beriladi. Bular to‘planib, maxsus
kartoteka shakllanadi. Muntazam ravishda abonentdan xizmatning
darajasi haqida fikr yig‘ib borish lozim. Yakka tartibda axborot
xizmati ko‘rsatishning ta’sirli shakli axborotni tanlab tarqatish
(AÒÒ) va rahbarlarga differensial xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Bu, asosan, rahbar xodimlar uchun qo‘llaniladi, uni an’anaviy
shaklda ham, avtomatlashgan shaklda ham amalga oshirish mumkin.
Bibliografik axborotlashtirish sohasida olib boriladigan ishlar ham
boshqa faoliyat turlari kabi kutubxonaning ish rejasida ko‘rsatiladi.
Kutubxonada, albatta, bibliografik axborotlashtirishga yordam
beruvchi ma’lumot apparati — abonentlar kartotekasi va yig‘ma
yoki xizmat kartotekasi tuziladi. Abonentlar kartotekasida quyidagi
bo‘limlar bo‘lishi kerak:
— yakka bibliografik axborotlashtirish abonentlari — familiyalar
alifbo tartibida joylashtiriladi;
— guruhli bibliografik axborotlashtirish abonentlari — tash-
kilot va muassasalarning nomlari alifbo tartibida, ichida abonent-
larning familiyasi alifbo tartibida joylashtiriladi;
— yakka bibliografik axborot uchun mavzular alifbo tartibida;
— guruhli bibliografik axborot uchun mavzular alifbo tartibida.
Bibliograf olib boradigan yig‘ma kartotekada quyidagi bo‘limlar
tashkil etiladi: abonentlar (yakka, guruhli va ommaviy axborot
abonentlari alohida ko‘rsatiladi); mavzular (doimiy mavzularning
alifbo tartibida). Bibliograf kartotekada doimiy so‘roqlarni alohida
belgilab boradi, boshqa tashkilotlar, OAV bilan hamkorlikda
faoliyat yuritishda zarur manba hisoblanadi. Ish hisobi maxsus
daftarda olib boriladi. Uning ko‘rinishi, bo‘limlari kutubxonada
belgilangan tartibda yuritiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling