Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
Mavzuning maqsadi — zamonaviy axborot texnologiyalari
yordamida kutubxona ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur bilimlarni egallashda yordam berish, xalqaro bibliografik formatlar, ularning tarixi, shakllanish jarayonlari, turlari, ahamiyati haqida bilim berish. Asosiy tushunchalar — MARC, format, UKMARC, USMARC, milliy formatlar, kodlar. MARC formatlarining tarixi, shakllanishi, ahamiyati Mustaqillik yo‘lidan sobitqadamlik bilan ilgari borayotgan mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy sohalarda ham jahon talablari darajasida rivojlanishda ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, kelajagimizni belgilab beruvchi, mam- lakatimiz istiqbolini yaratuvchi yoshlarning ta’lim va tarbiyaviy tizimidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ va „Òa’lim to‘g‘risida“gi Qonunda, madaniyat va ma’naviyat sohasidagi qator hujjatlarda belgilab berilganidek, ta’lim tizimida sifat bosqichi amalga oshirilmoqda. Òurli yo‘nalishlarda o‘quv adabiyotlari yaratish yo‘lga qo‘yildi. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda kutubxonachi-bibliograflarni tayyorlash sohasida ham zarur adabiyotlar yaratilmoqda. Kutub- xonalarda kutubxona-axborot tizimini yaratish va bunda jahon tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa kutub- xonalar ish jarayonining kengayishiga, globallashuviga, ish sifatining oshishiga, olib keldi. Mamlakatimizda 25 dan oshiq yirik kutubxonalar xalqaro formatlar asosida ish olib bormoqda, elektron katalog yaratish jarayoni amalga oshirilyapti. Kitob berilishi, kutubxona fondini butlash, kitobxonlar hisobi avto- matlashtirilgan shaklga o‘tdi. Zamonaviy axborotlar texnologiyasi tizimida MARC format- larning o‘rni katta. MARC formatlar bibliografik ma’lumotlarni 195 mashinada o‘qishga asoslangan standartlardir. Kutubxonalar ax- borot tizimida MARC formatlar kutubxonada mavjud an’anaviy kataloglardagi bibliografik yozuvlarni, ayniqsa, ana shu kataloglar kartochkasiga sig‘may qolgan kengroq ma’lumotlarni mashinada o‘qiy olish imkonini beradi. Yana bir xususiyati shundaki, bunday formatlar vositasida ko‘plab mamlakatlar orasida bibliografik ma’lumotlarni almashish, bir mamlakat ichida va xalqaro miqyosda axborot almashuv tizimini va yig‘ma kataloglarni yaratish imkonini beradi. Eng asosiysi, xalqaro MARC formatlar kommunikativ aloqa vositasi hamdir. Uni qo‘llashning maqsadi va vazifalari ana shu xususiyatlaridan kelib chiqadi. Demak, u mashinada o‘qiladigan katalog bo‘lib, Machine-Readable Catalogue yoki Cataloging- MARC deb yuritiladi. Uning asosiy maqsadi kutubxona fondida mavjud adabiyotlar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni kompyu- terdagi maxsus dastur asosida mashinada o‘qishga asoslangan shaklini yaratishdan iborat. 1960- yildan boshlab mashinada o‘qiladigan yozuvlarni yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarga ega bo‘lgan AQSHning Kongress kutubxonasi bibliografik ma’lu- motlarning mashinada o‘qiladigan shaklini yaratish g‘oyasini ilgari suradi. Bevosita kataloglardagi kartochka yozuvlarini kompyuterga ko‘chirish iloji yo‘q edi. Buning uchun kompyuterda shu ma’- lumotlarni kiritishning maxsus tizimi yaritilish zarur bo‘lib qoldi. Bunday murakkab vazifani hal etish uchun Kongress kutubxonasi 1965 — 66- yillarda loyiha ishlab chiqadi va uni MARC 1 deb ataydi. Uning maqsadi bibliografik tavsifni mashinada o‘qiladigan shaklga keltirish. Loyihaning ishtirokchilari AQSH, Kanadaning 16 ta yirik kutubxonalari va Britaniya muzeyi kutubxonasi edi. Tadqiqot va tajriba ishlari Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu ish bilan parallel holda Britaniya milliy bibliografiyasi Kengashi BNB MARC nomi bilan loyiha yaratdilar. Uning vazifasi mashinada o‘qiladigan ma’lumotlarni Britaniya milliy bibliografiyasi nashrlarini tayyorlash va nashr etish jarayonida qo‘llashdan iborat edi. Bir vaqtning o‘zida yaratilgan bu ikki loyiha bundan keyin MARC II formatini yaratishda Amerika va Angliya hamkorligining poydevori bo‘lib qoldi. Bu format MARC formatidan kommunikativ aloqa vositasi sifatida foydalanishga qaratildi. MARC II formatiga yuklatilgan mas’uliyat ko‘p yillar davomida o‘zida qoldirildi va u hujjatlarning hamma turlari haqidagi bibliografik ma’lumotlarni berishga, turli xil kutubxona-axborot vazifalarini bajarishga, kataloglashtirishga va 196 undan turli avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanish imkonini yaratishga qaratilgan. Mashinada o‘qiladigan kataloglarni yaratish bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka qaramay, MARC formatlarning ko‘plab variantlari paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniyada UKMARC, AQSHda USMARC, fransuz tilida so‘zlashuvchilar — Fransiya, Belgiya va Shvetsiyaning fransuz tilida gaplashuvchi qismi uchun INTERMARC yaratildi. 1970- yillarga kelib, MARC formatlarning soni 70 dan oshdi. Ular orasida Kanadada CANMARC, Finlandiyada FINMARC, OCLC — Onlayn kom- pyuter kutubxonachilik markazi va boshqalar yaratildi. Ular uchun USMARC asosiy negiz — baza bo‘lib xizmat qiladi. Milliy formatlarning ko‘plab yaratilganiga sabab milliy qoidalar va tafovutlardir. Natijada turli xil formatlarda va turli xil tizimda axborot almashayotgan ish murakkablashdi. Formatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish uchun IFLA darajasida xalqaro vositachi format yaratishga qaror qilindi, bu format UNIMARC nomi bilan 1977- yilda maxsus ishchi guruhi tomonidan yaratildi va u „ universal MARC“ deb ham yuritiladi. Ishchi guruhi tarkibiga AQSH Kongressi Kutubxonasi vakillari va boshqa davlatlardan mutaxassislar kiritildi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling