Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Mavzuning maqsadi — hozirgi zamon talablari va xusu-
siyatlaridan kelib chiqqan holda axborot-bibliografiya resurslari,
ularning xususiyatlari, ahamiyati, ularni iste’molchilarga yetkazib
berish usuli bilan talabalarni tanishtirish.
Asosiy tushunchalar — axborot resurslari, kutubxona-biblio-
grafiya resurslari, bibliografik mahsulotlar, bibliografik ko‘r-
satkichlar, bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik obzor (sharh)lar,
ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki.
Axborot-bibliografiya resurslari haqida
umumiy tushuncha
Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun
tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxona-
bibliografiya resurslari — kutubxonalar oldida turgan vazifalarini
bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va
xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va
axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil
manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida
saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot
tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar
banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu
resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlari-
ning harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi,
ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik
mahsulot — axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni
bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling