Bibliografiya lat p65


Bibliografik ko‘rsatkichlar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va
ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik
qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng,
atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni,
boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘r-
satkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi
bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi.
Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega:
kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar.
Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar,
nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari,
bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari,
biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element
xarakterlidir:  biografik ma’lumot, muallif asarlarining va
asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar
ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy
asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling