Terdupi pedagogika-psixologiya ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti Temirova Zilolaning Xaqaro axborotlar bazasi bilan ishlash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 37.87 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi37.87 Kb.
#1053073
Bog'liq
Axborotlashtirish




TerDUPI pedagogika-psixologiya ta’lim yo’nalishi
1-bosqich magistranti Temirova Zilolaning Xaqaro
axborotlar bazasi bilan ishlash fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
1. Mavzu: Elibrary axborotlar bazasi bilan ishlash
Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi. Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.
Bibliografik ro‘yxat—oddiy tuzilishga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“, „Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“ jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiyommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Bibliografik sharhlar—hujjatlar haqidagi hikoyadan iborat. Sharhda axborot beriladigan adabiyotlar soni va uning tartibi maqsadiga, kitobxonlar guruhi, mavzuning mazmuni va boshqa xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi. Bibliografik sharhning elementi: kirish qismi, tahliliy qism va xulosa. Bibliografik sharhlarning maqsadi — kitobxonlar guruhida mavzuga qiziqish uyg‘otish, mavzuga oid eng yaxshi adabiyotlarni tanlashga yordam berish va ularni targ‘ib qilish. Kitobxon yoki iste’molchi oddiydan murakkabga, aniq masaladan umumiy masalaga o‘tib borish bilan aniq bir bilimlar hajmiga ega bo‘ladi. Sharhda tanlangan izchillikda joylashgan har bir adabiyotga to‘la bibliografik tavsif va undan keyin hikoya beriladi. Buning uchun oldindan bibliografik sharh matni tayyorlab olinadi. U hujjat sifatida saqlanadi, boshqa talabgorlarga yoki kutubxonalarga tarqatish uchun qo‘llaniladi, tadbirning yaxshi va samarali o‘tishiga yordam beradi. Bibliografik tavsifda, umuman, sharh o‘qib berilmaydi. Sharhlarni ommaviy axborot vositalari sahifalarida, radio va televideniya orqali, internet veb sahifalarida joylashtirish mumkin. „Turon“ nomli Òoshkent viloyat ilmiy-universal kutubxonasi tayyorlagan va internetga qo‘ygan „Turon durdonalari“ veb sahifasida Samarqand, Xiva, Buxoro va Òoshkent viloyatlari kutubxonalari fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblar haqida hikoya qilinadi.
Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining turlari tayyorlanadi. Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari davlat hisobini olib boradi. Maxsus bibliografik qo‘llanmalar ilmiyyordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi. Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, o‘lkashunoslik. Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha bilim sohasiga ega bo‘ladi. Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir mavzuga, oid materiallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka oid qo‘llanmalar esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalar esa mamlakat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga, maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchi xususiyati xronologik aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyotlar va boshqa materiallar tanlab olinadi. Ikkinchixususiyati — agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan, tanlangan usulda qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar va boshqa materiallar hisobga olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror-bir belgisiga ko‘ra tanlanadi. Har bir bibliografik qo‘llanma ko‘plab bibliografik yozuvlarning tartibga solingan ko‘rinishidir. Bu esa tanlangan tartibdagi (alifbo, sistemali, xronologik va boshqa) usulni qo‘llash bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida yuzaga keladi. Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning turiga va maqsadiga ko‘ra belgilanadi. Axborot xarakteridagi ko‘rsatkichlarda bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya beriladi, referativ ko‘rsatkichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik qo‘llanmalarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona xodimlari uchun mo‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Ular bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan mavzu bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun namunalar bilan boyitiladi. Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa nashrlar ichida (kitob, gazeta, jurnal, to‘plam) ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy, davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, kitob, risola, varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi. Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qo‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi. Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartochkalar shaklida tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish mumkin. Ular „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnalining 1998-yil 1sonidan boshlab har bir sonida 200 — 250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lumotlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar.Jamiyatda to‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mo‘ljallangan adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yaratiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning ko‘p qirraliligini ta’minlaydi: to‘ldirish, iste’molchilar so‘rog‘i bo‘yicha shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish, axborotni ish yoki yashash joyiga yetkazish. Òexnologik tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan imkoni bo‘lmagan va uzoq hududlarda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat xizmat ko‘rsatish iste’molchi-bibliograf ikkiyoqlama ta’sirga yo‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan paytda mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun so‘roqlarning ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga tavsiya etish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘plashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi. Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. Òurli axborot manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagichabo‘limchalar ochish mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida; innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiypsixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi. Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi.
Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilotning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi. Òo‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun foydali va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi.
Axborot resurslarining elektron shakllari

Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza, ma’lumotlar banki olina boshlandi. Ma’lumotlar bazasi — axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ma’lumotlar banki—axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular: hujjatli—bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladi; bibliografik — faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat; referativ —bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va annotatsiya ko‘rinishida beriladi; to‘la matnli—axborot hujjatning to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladitabiiy matnli—axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar bilan bog‘liq holda beriladi; birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki faktografik—olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot va doimiy yangilab borishdan iborat. Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Respublikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari, shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari, me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda.


2 mavzu: Xalqaro jurnallar tasnifi.
Xalqaro jurnallarda maqolalar nashr qilishning zarurati va ahamiyati. Soʻnggi yillarda ilmiy-administrativ amaliyotga alohida olimning va butun ilmiy jamoalarning nashr qilish faolligini tavsiflovchi bibliometrik koʻrsatkichlar uchta asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha amaliyotga keng tadbiq qilinmoqda: WoS CC, Scopus RINS. Ularning ichida ma’lum vaqt oraligʻida ilmiy maqolalar soni haqida ma’lumotlar, olimlar va ilmiy jamoalarning Xirsh indeksi, maqolalar chop qilingan nashrlarning impakt-faktorini koʻrish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi «Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Gollandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqdi. 2018-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan birgalikda «SCOPUS» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimi imzolandi. Scopus (http://www.scopus.com/) dunyodagi yirik referativ berilganlar bazalaridan birini ifodalaydi. Bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot jurnallarini, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyotlarni oladi. Har kuni yangilanadigan Scopus berilganlar bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlarning birinchi nashrigacha boʻlgan jurnallarni oʻz ichiga oladi юScopusning har yili yangilanadigan berilganlar bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlar jurnallarining birinchi chiqishi, birinchi tomigacha qamrab olgan. Bu ilmiy nashrlarni izlashda kuchli qoʻllovni ta’minlaydi va mumkin boʻlgan katta hajmdagi maqolalardan barcha topilgan referatlarga murojaatlarni taklif qiladi. Scopus qidiruv tizimi Research Performance Measurement (RPM) – izlanishlar samaradorligini nazorat qilish vositasini taklif qiladi. Bu mualliflar, izlanishlardagi yoʻnalishlar va jurnallarni baholashga yordam beradi.Bugungi kunda Scopus bazasida nashr qilinadigan maqolalar koʻplab davlatlarning OTMlarida ilmiy faoliyatni baholashning kriteriyalaridan biri sifatida qabul qilingan. Jumladan, bugungi kunga kelib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida bu berilganlar bazasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro ilmiy hajmga ega boʻlgan Scopus, Web of Science berilganlar bazasida indekslanuvchi jurnal uchun ilmiy maqolani yozishni tushuntirishga harakat qilarniz. Milliy jurnallardagi tadqiqotchining maqolasi va Nature jurnalidagi xorijiy mualliflar jamoasi maqolasi turli sondagi murojaatlarga ega boʻladi. “Scopusda maqola nashr qilish uchun nimadan boshlash kerak?” Xalqaro jurnallar uchun ilmiy maqolalarni yozishda maqola yozish jarayonida eng keng tarqalgan xatoliklarni chuqur oʻrganib chiqish lozim. Tadqiqotchining ishchi papkasini keraksiz ma’lumotlar bilan toʻldirmaslik lozim. Qolgan qismi bilan ishlashni davom ettirish kerak. Tadqiqotchining bibliografik roʻyxatida ingliz tilidagi jurnalli maqolalar oʻrtacha 40-50 tani tashkil etishi lozim. Papkadan tezislar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa “axborot chiqitlari”ni oʻchirib tashlagan ma’qul. Maqola matnini yozishni boshlashdan avval ilmiy bazalarda nashr qilinadigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqiladi. Maqola chop qildirishni xohlagan jurnal talablariga toʻla rioya qilish lozim. Tadqiqotchi maqolasida hamkasblar, koʻpgina hollarda ingliz tili-ona tilisi boʻlgan, real insonlar bilan muloqot qiladi. Ular har qanday mavzudagi eskirgan bibliografiyani ajratib olishi mumkin. Tadqiqotchi ular bilan oʻz tengi kabi muloqot qiladi, soʻnggi ellik yillikdagi chop qilingan tor soxadagi yuzlab maqolalar chop qilingan ilmiy muammoning zamonaviy holatini bayon qilishga harakat qilinadi.Qogʻoz varagʻida mavzuga tegishli boʻlgan 10-12 ilmiy fakt yoziladi (har biri uchun – oʻzining axborot manbasi). Ular 3-4 abzatsga 3-4 tadan guruhlanadi. Bu qoʻlyozma uchun tushunarli va ochiq kirish boʻlishini ta’minlaydi. Scopus maqolalarida foydalanilgan takrorlanishlar va statistik ishlov berish metodlari tekshiriladi. Taqrizchi maqolani uchta asosiy kriteriya boʻyicha koʻrib chiqadi: takrorlanganlik, laboratoriya tahlili metodlari, statistik ishlov berish metodlari.
«Natijalar» adabiyot manbalariga murojaatni olmasligi lozim. Jadval va grafik ma’lumotlarni matnli takrorlash kerak emas. Hajm uchun «Natijalar»ni kengaytirishga harakat qilmagan ma’qul. Maksimal siqilgan formada taqdim etishga harakat qilinadi. Bu boʻlimda boshlangʻich ma’lumotlarni keltirib oʻtilmaydi. Odatiy xatolik – bu boʻlimga «Natijalar»da keltirib oʻtilmagan “yangi” ma’lumotlarni joylashtirish. Maqola oxirida xulosalar yozish mumkin emas. Xulosa – bu qandaydir yangilik, shakli oʻzgartirilgan muhokama emas. Bu kelgusi izlanishlar uchun zamin. Annotatsiyada maqola boʻlimlaridagi gaplar koʻchirib olmaydi – ularni mos holda oʻzgartish kerak bo’ladi. Annotatsiya – bu ilmiy maqolaning “reklama qalqoni” – dunyo boʻyicha yuzlab berilganlar bazasiga nusxalanadi. Shu sababli, u yetarlicha toʻla, tushunarli, tugallangan va asosiysi qiziqarli boʻlishi lozim. Bibliografiyadan vaqtni tejash mumkin emas. Aniq bir jurnalda maqolalarni jixozlash qunt bilan koʻrib chiqiladi. Barcha nozik joylar qayta formatlaniladi: mualliflar initsiallari oldida vergul, initsiallar orasida boʻshliqlar yoki ularning yoʻqligi, jurnalning toʻla yoki qisqartirilgan nomi sahifalar orasida defis yoki qisqa tire va boshqalar. Yarim bibliografiya soʻnggi besh yillikda nashr qilingan, bibliografiyaning 5% gacha qismi tadqiqotchining publikatsiyalari boʻlishi lozim. Maksimum, bir nechta manba “kulrang adabiyot” (DOI indeksisiz, tezislar, kitoblar va boshqalar) boʻlishi mumkin.Namuna sifatida jurnalning oxirgi sonida nashr qilingan maqolalar olinadi. Maqolaning hajmida iqtisod qilmaslik lozim. Koʻplab jurnallarda nashr qilish bepul. Qoʻlyozmani tarjimonga berishdan oldin u formatlanadi (ogʻma, satr osti va satr usti belgilari, formulalar va h.k.) va oʻzbek/rus tilida ideal holatga keltiriladi. Koʻplab jurnallar uchun standart shrift Times New Roman, 12 pt, satrlar oraligʻi 1.5 interval, barcha tomondan chekinish maydonlari 2 sm. hisoblanadi. Rasmlar va jadvallar adabiyotlar roʻyxatidan keyin joylashtiriladi. Bibliografiya va manbalarga murojaatlar aniq jurnalga moslaniladi. Matn tarjima qilinganidan keyin oʻzgartirishlar kiritish ancha qiyin boʻladi. Olingan tarjimani, soha boʻyicha mutaxassis boʻlmasa ham, tilni biluvchiga joʻnatish mumkin. Tarjimon qanday ilmiy darajaga va unvonga ega boʻlmasin, «Maqola koʻplab sondagi grammatik xatoliklarga ega va uni egasi tomonidan tekshirish zarurati bor» mazmundagi taqriz keladi. Bu odatiy ibora xolos! Koʻplab taqrizchilar til egalari hisoblanmaydi, shunday yoʻl bilan jurnal redaktori oldida, savodsiz koʻrinmaslik uchun, oʻzlarini himoyalaydilar.
Odatda qoʻlyozma ingliz tilida muallifning familiyasi va nashr yili bilan nomlangan biror Word faylida jihozlanadi. Maqoladagi bitta gap mavjud nashrlar bilan mos kelsa (kimnikiligini – ahamiyati yoʻq) Tadqiqotchini plagiatda ayblash va maqolani chop qilmaslik uchun bahona bo’ladi. Hozir plagiatga tekshirish barcha xalqaro jurnallarda majburiy hisoblanadi. Unutmaslik kerakki, oʻxshash matn tadqiqotchining aybi bilan emas, balki tarjima jarayonida yuzaga kelishi ham mumkin. Xalqaro ilmiy jurnallarga maqola tayyorlashda keltirib oʻtilgan ma’lumotlar tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi. Еlsevier kompaniyasining Scopus berilganlar bazasida maqolaning nafaqat annotatsiyasi va bibliografiyasini, balki ilmiy olamda uning nufuzi darajasini (iqtiboslik indeksi) bilish va uni oʻqiganlar ishlari bilan ham tanishish mumkin. SCOPUS qidiruvning muallif boʻyicha va manba boʻyicha qidiruvni taklif qiladi.

3-Mavzu: Scopus bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi bilan ishlash.


Skopus - ilmiy nashrlarda chop etilgan tsitatalar keltirishni o’rganib borish uchunuskuna va bibliografik hamda referativ ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Texnik, tibiiyot vagumanitar fanlar bo’yicha 5 mingta noshirlar tomonidan tayyorlanadigan24 000 ilmiy nashrlar nomlari qayd qilinib boriladi. Ma’lumotlar bazasida ilmiy jurnallar , konferensiya materiallari va qator seriyali kitobiy nashrlar , shuningdek professional jurnallar qayd qilingan. Scopus yaratuvchisi va egasi Elsevier nashriyotchilik korporatsiyasi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasiga vebinterfeys orqali a’zo bo’lish yo’li bilan bog’lanish mumkin bo’ladi. Qidiruv apparata veb-sahifa va patent ma’lumotlar bazasini qidirish uchun scirus qidiruv tizimi bilan birlashtirilgan.
SCOPUS- Ko’p fanli bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi va ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolaga iqtiboslikni kuzatish uchun uskuna hisoblanadi.Scopus yuqorida aytilganidek dunyoning 5 mingdan ortiq ilmiy nashriyotlaridagi 18 mingdan ortiq nashrlarni qamrab oladi.U o’z Ichiga Yevropa va Yaponiyaning 13 millionga yaqin patentlarni qamrab oladi.Shuningdek <>nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llab-quvvatlaadigan konferensiya materiallarini yagona bazaga birlashtiradi.
1966- yildan keyin nashr qilingan ilmiy resurslar , scopus ma’lumotlar bazasiga maqolani bibliografiyalar ro’yxati bilan indekslanadi. Ma’lumotlar bazasida iqtiboslik bu-ro’yxatlarning tarkibini avtomatlashgan holda tahlil qilish yo’li bilan hisoblanadi. Shu tarzda 1966-yildan boshlab nashr qilingan va barcha indekslangan resursalarga havolalar hisoblab chiqiladi.
Scopus tizimining tasnifi 24 ta tematik bo’limni qamrab oladi. Mavzular bo’yicha mavzular qamrovi quyidagicha :
Aniq fanlar (32%)
-Kimyo texnologiyalari
-Kimyo;
-Komputer fanlari;
Yer va planeta haqidagi fanlar;
-Energetika;
Ishlab chiqarish ;
-Materialshunoslik;
-Matematika;
-Fizika va astranomiya.
Tibbiyot fanlari (31%)
Tibbiyot va stomatologiya .
-Farmokologiya , toksikologiya va farmatsevtika fanlari.-Veterinariya va veterinary tibbiyot.hayot haqidagi fanlar (20%)
-Qishloq xo’jaligi fanlari;
-Biokimyo, genetika va molekulyar biologiya;
-atrof-muhit haqidagi fanlar ‘
-Immunologiya va mikrobiologiya;

Ijtimoiy gumanitar fanlar (17%)


San’atshunoslik va gumanitar fanlar;
-Biznes, menedjment va buxgalteriya hisobi;
-Qarorlar qabul qilish nazariyasi; -Iqtisodiyot, ekonometrika va moliya;
-Psixologiya.
Scopus o’zida ingliz tilidagi anotatsiyalari mavjud bo’lgan turli xil tillarda nashr qilinadigan ilmiy manbalarni qayd qiladi. Nashr qiluvchilarning dunyo hududlari bo’yicha geografik qamrovi quyidagichaYevropa, O’rta sharq va Afrika(52%)
-Shimoliy Amerika (36%)
-Osiyo, Tinch okeani hududlari (9%)
-Janubiy Amerika (3%)
Scopus ma’lumotlar bazasiga nashrlarni qo’shish uchun saralash mezoni bo’yicha qo’shadi, biroq quyidagi ro’yxat bilan chegaralanmaydi.
-Nashr barcha maqolalarning ingliz tilida nomiga va annotatsiyaning ingliz tilidagi versiyasiga ega bo’lishi kerak.( Ingliz tilidagi annotatsiya sifati baholanadi.Maqolaning to’liq matni xohlagan tilde nashr qilinishi mumkin;
-davriy nashrlar esa yangi mahsulotlarni bir yilda bir martadan kam bo’lmagan muntazamlikda nashr qilib borishi kerak;
-Nashrning umumiy sifati yaxshi bo’lishi kerak.
-sifatini baholash quyidagi mezonlar asosida olib boriladi.
Ishonchlilik ( Nufuzga egalik)shu jumladan tijorat. Nashriyotning yoki ilmiy jamiyatning reputatsiyasi; -mualliflar ish joyining turli xilligi, yetakchi tahrir hay’atining xalqaro ilmiy nufuzi va ularning ish joylari turli xilligi.
Ommaboplik va ochiqlik: shu jumladan scopus ma’lumotlar bazasida nashrga havolalar soni, muassasalr soni,yozib boriladigan nashrlar; Scopusga qo’shilgan nashrlarga so’rovlar soni ;
Nashriyotning siyosati ilmiy ish sifati bo’yicha ma’lum belgilangan shaklni nazorat qilishi kerak( masalan ilmiy taqrizlash)
Mualliflarning profillari
Scopus ma’lumotlar bazasida bittadan ko’p maqola chop etganlar uchun individual hisob yozuvi –ya’ni profil muallifning ajoyib indentifikatorlari bilan ochiladi (Author ID)
-Bu profillar o’zida
-Muallif ismi variantlari,
-Uning ish joyi ro’yxati,
-Ilmiy ishlar soni
-Nashriy faollik yillari.
-Tadqiqotchilar maydonchalari .
-Asosiy hammualliflarga havolalar.
-Muallif ilmiy ishlariga murojaatlarning umumiy soni
Manbalarning umumiy soni( murojaat qilingan)
Jurnallar profillari. Scopus ma’lumotlar bazasi naukometriya va nashrlarning avtomatlashgan tahdidligi olishning keng imkoniyatlari taqdim qiladi. Journal Analyzer uskunasi nashr ilmiy darajasini keng tahll qilishni( shu jumladan , bir nechta nashrni tanqidiy tahlil qilish ) quyidagi to’rtta ko’rsatkich bo’yicha ko’rib chiqadi)

-Yil davomida nashrda chop etilgan maqolalarning umumiy soni;


-yil davomida nashrga boshqa nashrlardan havolalar soni;
-yil trendi( nashrdagi havolalar sonining maqolalar soniga nisbati)
-havolalanmagan maqolalar protsenti.
Scopus ma’lumotlari birinchi navbatda dunyoning yetakchi universitetlari reytingida qo’llaniladi. Timer Higher Education Supplement:
Rankings (OS TopUniversities) Biroq oxirgi yillarda bu tahlil va reytin Clarivate Analaiytics Kompaniyasining Web of Science ma’lumotlar bazasi asosida olib borilmoqda.

4-Mavzu: EBSCO ma’lumotlar bazasi: Business Source Complete


Business Source Complete ochiq kirish (OA) jurnallarini qatʼiy saralash va indekslashni oʻz ichiga oladi, buning natijasida 1107 faol global OA jurnallari toʻplami koʻpaydi. Tasdiqlangan va qoʻshilish uchun sertifikatlangandan soʻng, ushbu OA jurnallari yuqori sifatli mavzu indekslari va murakkab, aniq/aniq toʻliq matnli havolalar bilan ishlanadi.‌‌Business Source Complete 1312 ta jurnalni o'z ichiga oladi, ular qidirib topish mumkin bo'lgan havolalarga ega.
Mavzuni eng yuqori sifatli indekslash
EBSCO barcha fanlar va yirik nashriyotlarni qamrab oluvchi, mavzu bo'yicha mutaxassislar tomonidan tuzilgan eng yaxshi va eng yuqori baholangan ilmiy lug'atga ega. EBSCO ma'lumot uchun to'siqlarni Kengaytirilgan mavzu aniqligi (ESP) xaritalash orqali yo'q qilishga, tabiiy tillarni kiritish orqali kontent va oxirgi foydalanuvchilar o'rtasidagi bo'shliqni bartaraf etishga ishonadi. EBSCO ma'lumotlar bazalari 30 dan ortiq tillardagi mavzularga kirish nuqtalari orqali matnli va vizual mavzularni ko'rib chiqish va axborot savodxonligini oshirish orqali barcha o'quv turlarini qo'llab-quvvatlaydi. Batafsil ma'lumot olish uchun videoni tomosha qiling. Business Source Complete 4338 faol indekslangan va abstraktlangan jurnallarni o'z ichiga oladi. Ulardan 2953 tasi o‘zaro taqrizdan o‘tkaziladi.‌‌ Business Source Complete ochiq kirish (OA) jurnallarini qatʼiy saralash va indekslashni oʻz ichiga oladi, buning natijasida 1107 faol global OA jurnallari toʻplami koʻpaydi. Tasdiqlangan va qoʻshilish uchun sertifikatlangandan soʻng, ushbu OA jurnallari yuqori sifatli mavzu indekslari va murakkab, aniq/aniq toʻliq matnli havolalar bilan ishlanadi.‌‌
EBSCO nafaqat [Ochiq kirish jurnallari katalogini] har yili katta moliyaviy xayriya bilan qo‘llab-quvvatlaydi, balki ularning EBSCO Discovery Service va EBSCOhost platformalari boshqa onlayn platformalarga qaraganda DOAJga ko‘proq yo‘llanmalarni yaratadi. EBSCO ning ochiq kirish va ochiq manbani kuchli qo‘llab-quvvatlashi ularni butun dunyo bo‘ylab kutubxona sotuvchilari orasida noyob qiladi.‌‌

5- Mavzu Mendeley dasturining qo’shimcha imkoniyatlari bilian ishlash:


Mendeleyga nazar tashlaymiz. Bu bepul, xususiy veb-va ish stoli dastur. Bizga imkon beradi bibliografik ma'lumotnomalarni va tadqiqot hujjatlarini boshqarish va almashishShuningdek, biz yangi ma'lumotnomalarni yoki hujjatlarni topishimiz va onlayn hamkorlik qilishimiz mumkin. Mendeley kombinatlari Mendeley ish stoli, PDF formatidagi hujjat va bibliografik ma'lumotnomalarni boshqarish dasturi (Windows, Mac va Gnu / Linux uchun mavjud) bilan Mendeley tarmog'i. Ikkala dastur ham tadqiqotchilarning onlayn ijtimoiy tarmog'i yaratilgan va ishlab chiqilgan asosdir. Ilmiy va akademik maqolalarni olish, aniqlash, tasniflash, belgilash yoki havola qilish funktsional imkoniyatlari jihatidan lastfm-ga o'xshaydi. Uning hamjamiyati 3 million foydalanuvchidan iborat va a 100 milliondan ortiq ma'lumotlarga ega ma'lumotlar bazasi. Mendeley kombinatlari Mendeley ish stoli, PDF formatidagi hujjat va bibliografik ma'lumotnomalarni boshqarish dasturi (Windows, Mac va Gnu / Linux uchun mavjud) bilan Mendeley tarmog'i. Ikkala dastur ham tadqiqotchilarning onlayn ijtimoiy tarmog'i yaratilgan va ishlab chiqilgan asosdir. Ilmiy va akademik maqolalarni olish, aniqlash, tasniflash, belgilash yoki havola qilish funktsional imkoniyatlari jihatidan lastfm-ga o'xshaydi. Uning hamjamiyati 3 million foydalanuvchidan iborat va a 100 milliondan ortiq ma'lumotlarga ega ma'lumotlar bazasi. Mendeley ish stoli dasturi Qt asosida. Uni Windows, Mac va Gnu / Linux-da ishlatishimiz mumkin. Siz ijro etasiz avtomatik metadata chiqarish PDF hujjatlari. Bu bizga amalga oshirish imkoniyatini beradi zaxira va sinxronizatsiya turli jamoalar o'rtasida. El PDF hujjat ko'rish vositasi sizga yopishqoq yozuvlardan, matn tanlovidan va to'liq ekranli o'qishdan foydalanishga imkon beradi.Shuni eslatib o'tish kerak bo'lgan yana bir xususiyat to'liq matnli qidiruv hujjatlar orqali. Shuningdek, bizning ixtiyorimizda bo'ladi a aqlli filtrlash, yorlig'i va nomini o'zgartirish PDF-fayllar. Microsoft Word, OpenOffice va LibreOffice-dagi iqtiboslar va bibliografiyalar. Veb-saytlardan hujjatlar va tadqiqot ishlarini olib kirish tashqi kabi PubMed, Google Scholar, Arxiv, va boshqalar. Bu yordamida amalga oshiriladi bookmarklet brauzer. Biz qodir bo'lamiz guruhda bo'lishish va hamkorlik qilish. Hujjatlarda izoh berish imkoniga ega bo'lamiz. Bundan tashqari, uning ijtimoiy media xususiyatlari mavjud. Bu bizga imkoniyat beradi fikrdosh tadqiqotchilarni yoki yangiliklarni kuzatib boring. Bizning ixtiyorimizda biz topamiz statistikasi eng ko'p o'qilgan hujjatlar, mualliflar va nashrlarda.
Mendeley-ning so'nggi versiyasini yuklab oling va o'rnating
Uni ushlash uchun .deb to'plami Ushbu dastur zarur bo'lsa, biz faqat quyida keltirilgan yuklab olish havolalaridan birini bosishimiz kerak bo'ladi. Bizdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lamiz 32 yoki 64 bit jamoamizning xususiyatlariga ko'ra. Yuklab olish tugagandan so'ng, biz Ubuntu dasturiy ta'minotidan paketni o'rnatish uchun paketni ikki marta bosamiz.
Ubuntu / Debian uchun yuklab oling (32 bit)
Ubuntu / Debian uchun yuklab oling (64 bit)
Agar biz yuklab olgan paketni o'rnatish uchun buyruq satridan ko'proq foydalanishni istasak. Biz faqat terminalni (Ctrl + Alt + T) ochib, unga quyidagilarni yozishimiz kerak bo'ladi: O'rnatish vaqtida Mendeley Ubuntu ombori bizning manbalar ro'yxatimizga qo'shiladi dasturiy ta'minot. O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng, agar kerak bo'lsa, dasturni yangilab turish uchun Ubuntu / Debian vositalaridan foydalana olamiz. O'rnatish tugagandan so'ng biz faqat kompyuterimizdagi Mendeley Desktop ikonasini izlashimiz kerak bo'ladi. Boshqa variant - terminal oynasida (Ctrl + Alt + T) biz dasturni chaqiramiz. Buning uchun oddiy foydalanuvchi sifatida ishlash uchun quyidagilarni yozamiz: Ubuntu / Debian vaqti-vaqti bilan Mendeley-ning yangilanishlarini tekshirib turadi va biz bu haqda dasturiy ta'minotni yangilashning standart vositalari yordamida xabardor qilamiz. Agar xohlasangiz yangilanishlarni qo'lda tekshiring va o'rnating, buni terminalni ochish (Ctrl + Alt + T) va unga yozish orqali amalga oshirish mumkin: Dastur boshlangandan so'ng biz bunga majbur bo'lamiz undan foydalanishni boshlash uchun bepul hisob qaydnomasini yarating. Tez va bu bizga hech qanday xarajat qilmaydi. Hisob yaratilgandan so'ng, o'zimizni elektron pochtamiz bilan tanishtirgandan so'ng, biz dasturdan foydalanishni boshlashimiz mumkin.

Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling