Bibliografik sharhlar — hujjatlar haqidagi hikoyadan iborat.
Sharhda axborot beriladigan adabiyotlar soni va uning tartibi
maqsadiga, kitobxonlar guruhi, mavzuning mazmuni va boshqa
xususiyatlarga ko‘ra tanlanadi. Bibliografik sharhning elementi:
kirish qismi, tahliliy qism va xulosa. Bibliografik sharhlarning
maqsadi — kitobxonlar guruhida mavzuga qiziqish uyg‘otish,
mavzuga oid eng yaxshi adabiyotlarni tanlashga yordam berish va
ularni targ‘ib qilish. Kitobxon yoki iste’molchi oddiydan
murakkabga, aniq masaladan umumiy masalaga o‘tib borish
bilan aniq bir bilimlar hajmiga ega bo‘ladi. Sharhda tanlangan
izchillikda joylashgan har bir adabiyotga to‘la bibliografik tavsif va
undan keyin hikoya beriladi. Buning uchun oldindan bibliografik
sharh matni tayyorlab olinadi. U hujjat sifatida saqlanadi, boshqa
talabgorlarga yoki kutubxonalarga tarqatish uchun qo‘llaniladi,
tadbirning yaxshi va samarali o‘tishiga yordam beradi. Bibliografik
tavsifda, umuman, sharh o‘qib berilmaydi. Sharhlarni ommaviy
axborot vositalari sahifalarida, radio va televideniya orqali, internet
veb sahifalarida joylashtirish mumkin. „Turon“ nomli Òoshkent
viloyat ilmiy-universal kutubxonasi tayyorlagan va internetga
qo‘ygan „Turon durdonalari“ veb sahifasida Samarqand, Xiva,
Buxoro va Òoshkent viloyatlari kutubxonalari fondida saqlanayotgan
nodir qo‘lyozma kitoblar haqida hikoya qilinadi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |