Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Download 468.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana13.11.2023
Hajmi468.72 Kb.
#1769473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.



Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish 
Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining 
barcha bo‘g‘inlarida — siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda 
ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo 
jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va o‘zimizga mos 
bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga 
oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va 
ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va 
taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va 
istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom 
ettirish, ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz 
qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga 
bog‘liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan 
o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini 
egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo 
miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo 
ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot 
olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’molchilari o‘rtasida 
qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni 
tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik 
sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
„Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga 
axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot- resurs markazlari 
sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, ularda 
o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini o‘stirishga e’tiborni qaratish, 
aholining olamshumul axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan foydalanish 
vazifasi qo‘yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011—2015- yillarda 
axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborotkutubxona va axborot-resurs 
xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi 
va 2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 1815 ta elektron kutubxona va 
ular uchun 400 mingdan oshiq elektron shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish 
vazifasi belgilab berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya yordamga 
keladi. 
Biblografiyashunoslik fanini o‘qitish bilan zamon talablariga javob berish, hozirgi 
bosqichda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari oldida turgan vazifalarni 
talabaga etkaza olish, bibliografiya fanining shakllanish va rivojlanish, amaliyotga tatbiq 
etish yo‘llarini ochib berish bilan talabada: bibliografik faoliyatning ilg‘or tajribasini tez 
ilg‘ay olish va targ‘ib qilish; fikrlash qobiliyatini faollashtirish, mustaqil rivojlantirib 
borish; bibliografik bilimlarni va ko‘nikmalarni kengroq, ongli va mustahkam egallash; 
maxsus bibliografik atamalar, 
tushunchalar, qoidalar bilan tanishib borish; mustaqil bajarilgan ishlarini - sharhlar
esdaliklar, o‘qish rejalari, ro‘yhatlar, kartotekalar, elektron bibliografik qo‘llanmalarni 
darsda namoyish qilish. Barcha soha bo‘limlaridagi xujjatlarni, bibliografiyaning nazariy 
va tashkiliy asoslarini o‘rganish; axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida 
bibliografik ishlarini uslubi va tashkil qilinishini bilish; sohada axborot texnologiyalarini 


qo‘llash bo‘yicha amaliy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, barcha bilim sohalariga 
oid bibliografiyaning tur va xillarini bilish ko‘nikmasini tarbiyalashdan iborat. 
Bibliografiya va bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi 
kadrlar tayyorlovchi fakultetlarda, madaniyat, san’at va pedagogika kollejlarining 
kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish nazariy masalalar, 
amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. 
Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida ma’ruza 
matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ish orqali 
mustahkamlanib boriladi. Talaba o‘zini o‘zi muntazam tekshirib borish, nazorat qilish 
imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma birmuncha murakkab, ammo juda 
qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan bibliografik va axborot 
jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar 
bu fan bilan bog‘liq holda o‘rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha sohalarida 
ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi, kitobxonlarga o‘ziga mos axborotni 
topish va yetkazib berish, o‘z vaqtida axborot berish ham shu fan yordamida o‘rganiladi. 
Bibliografiya predmeti o‘quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot 
tanlash, uni kitobxonga yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi. Bibliografiya milliy 
g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini targ‘ib etishda, adabiyotlarning turli xil 
ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo‘llanmalarni tuzish metodikasini, 
kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qaysi 5 yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish 
kerakligini, kutubxonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini o‘rgatadi. 
Bibliografiya fani 3 yil davomida o‘qitilib, 2 ta asosiy qismga bo‘linadi: 

Download 468.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling