Bibliografiyaning turli tuzilishi Mundareja
Bibliografiyaning turlari
Download 132 Kb.
|
Mardonova M.bibliografiyadan
Bibliografiyaning turlari
Bibliografik qo‘llanmalar turli janrlarda bo‘lishi mumkin. Odatda maqsadi va mazmunining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda bibliografik qo‘llanmalar quyidagi janrlarda tuziladi: - bibliografik monografiya - katta hujjatlar oqimini diqqat bilan, chuqur o‘rganish asosida tuzilgan ilmiy-yordamchi maqsadli yirik bibliografik qo‘llanmadir; - bibliografik lug‘atlar - ko‘rsatkichda aks ettirilayotgan shaxslarning asarlari, ularning hayoti va faoliyati haqidagi adabiyotlar to‘g‘risidagi bibliografik axborotni shu shaxsning biografik ma'lumoti bilan qo‘shib yorituvchi nashr; - o‘qish rejalari - olingan masala bo‘yicha o‘qish tarkibi va ketma-ketligini aniq belgilab beruvchi qo‘llanmalar, ular ko‘proq yakka o‘qishga rahbarlik qilishda foydalaniladi; - kitoblar haqida suhbarlar - - o‘qish doiralari - - kitobxonga esdaliklar - - varaqalar va boshqalar. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari tushunchasi juda muhim hisoblanadi. Qo‘llanmalar turli belgilariga ko‘ra turlarga ajratilishi mumkin. Biroq, turli belgilariga ko‘ra ajratilgan qo‘llanmalar turlarini bir qatorda bir-biri bilan aralashtirmaslik kerak. Bibliogrfiyaning turlari bibliografiyashunoslikda hali ham o‘z yechimiga ega bo‘lmagan masaladir. Bu masala bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida juda ko‘p tortishuv bo‘lgan. Bibliografiyaning turlarga tasniflanishi masalasi “bibliografiya” atamasining alohida bibliografik qo‘llanmani yoki ularning yig‘indisini belgilash sifatida tan olingan vaqtda paydo bo‘lgan. Masalaning o‘zi bibliografik mahsulotni turli belgilari bo‘yicha tasniflash masalasi sifatida qaralgan. Oktabr to‘ntarishidan ilgarigi Rossiyada esa bu universal o‘nli tasnif jadvalidan foydalanish munosabati bilan shu ko‘rinishda paydo bo‘ldi. Bu jadval indekslaridan bibliografik materiallarni tasniflashda foydalangan B.S.Bodnarskiy uning birinchi targ‘ibotchisi va tarjimoni. Bibliografiyaning turlarga tasnifi hozirda ham muhim ilmiy va amaliy vazifa bo‘lib qolmoqda. Keyingi yillarda bibliografiyaning turlarga tasniflashda asos qilib olingan belgilar, talablar turli mutaxassislar tomonidan turlicha tushunilib, masala yanada murakkablashmoqda. Masalan, bo‘lish asoslarining birligi (masalan, bir tasnif qatorida faqat bir belgisiga ko‘ra bir turining ajratilishi); bo‘linmalarning o‘zaro kesishib o‘tmasligi; bo‘linmalarning o‘zaro mosligi; bo‘linmalarning uzluksizligi kabi muhim talablarga mutaxassislarning e’tiborsizligi shunday sabablardan biridir. Va nihoyat, bibliografiyaning turlicha bo‘linishi sohasida ko‘p ishlar qilingan. Bu borada SIBID standartlari tizimiga kirgan 4 ta Davlat standarti (GOST 16448 - 70, GOST 7.0 -77, GOST 7.0 - 84, GOST 7.0-1999) ishlab chiqildi. GOST 7.0-84 standartini ishlashda “bibliografiyaning turlari” unga kiritilmadi, bu terminni standartlashtirishga hali vaqt ertaligi mutaxassislar tomonidan tan olindi. Uni ilmiy ishlash muammosi hamon qolmoqda. Keyingi yillarda bizning respublikamizda ham bu borada ma’lum ishlar qilindi. 2008 yilda “Axborot-kutubxonachilik faoliyati, bibliografiya. Atamalar va ta’riflar” O‘z DSt 1214 ishlanib, 2009 yil 14 aprelda tasdiqlandi va 2009 yil 20 apreldan amalda joriy qilina boshlandi (kuchga kirdi). Unda axborot texnologiyalari, bibliografik mahsulot, axborot tizimlari va resurslarini tashkil qilish, Axborot-kutubxona markazlari (AKM), axborot-resurs markazlari (ARM) va kutubxonalar bo‘yicha, hamda ularning faoliyati bo‘yicha atamalar, tushunchalar va ularning ta’riflari izohlab berilgan. Bu standartda ham bibliografiyaning turlari emas, bibliografik mahsulotning turlari izohlangan. Demak, bibliografiyaning turlari masalasini hal etish kelajak ishi, ya’ni Sizlarning vazifangiz hisoblanadi. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling