Bibliografiyaning turli tuzilishi Mundareja


Bibliografiyaning turli tuzilishi ma‘lumotlari


Download 132 Kb.
bet8/11
Sana25.01.2023
Hajmi132 Kb.
#1119587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mardonova M.bibliografiyadan

Bibliografiyaning turli tuzilishi ma‘lumotlari
Bibliografik qo‘llanma
B i b l i o g r a f i k y o z u v - bibliografik qo‘llanmaning zarur tarkibiy qismi - hujjatlashtirilgan bibliografik axborot mavjudligining bosh usuli va uning tarqatilishi hamda foydalanilishining asosiy vositasi sifatida keladi.
B i b l i o g r a f i k q o‘ l l a n m a - maqsadi, mazmuni, shakli bo‘yicha biriktirilgan ko‘p sonli bibliografik yozuvlar (tasvirlar) ning ma'lum bir tartibga solingan yig‘indisidir.
Bu keng ma'nodagi ta'rifi. Umuman olganda, hujjat haqidagi har qanday hujjatlashtirilgan (yozma) axborot bibliografik qo‘llanma hisoblanadi: u xox yozma ma'lumot, adabiyotlarning bosma ko‘rsatkichi, yoki kutubxonaning katalogi.
Bibliografik qo‘llanma bitta yoki mingta bibliografik yozuvdan tashkil topishi mumkin, undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bibliografik qo‘llanma o‘z navbatida yana bir necha toifa bo‘yicha: shakli, xili, janri, turi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Bibliografik qo‘llanmalarning quyidagi asosiy shakllari ajratiladi:
- bibliografik nashrlar - vaqtli, davomli va nodavriy (varaqalar, plakatlar, xatcho‘plar) qo‘llanmalar;
- mustaqil bo‘lmagan nashriyot shakllari (kitob ichi, jurnal ichi, gazeta ichi, maqolalar ichi bibliografik materiallar);
- kartochkali shakllari (kataloglar va kartotekalar);
- mezanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan axborot qidiruv tizimi (elektron bibliografik hujjatlar).
Bibliografik qo‘llanmalarning asosiy xillariga: bibliografik ko‘rsatkich, bibliografik obzor, bibliografik ro‘yxat kiradi:
1) Bibliografik ko‘rsatkich - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan, yordamchi apparatlar bilan ta'minlangan bibliografik qo‘llanma;
2) bibliografik obzor - bibliografiyalash ob'yekti - hujjat haqida bir-biriga bog‘langan holda ma'lumot beruvchi bibliografik qo‘llanma;
3) bibliografik ro‘yxat - sodda tuzilishga ega bo‘lgan, yordamchi apparatlarsiz bibliografik qo‘llanma.
Bibliografik qo‘llanmalarning alohida xillariga:
a) nashrlariga tuzilgan ko‘rsatkichlar,
b) bibliografik qo‘llanmalarga yordamchi ko‘rsatkichlar k i r a d i .
Nashrlariga tuzilgan ko‘rsatkichlar - nashrning tarkibiy ilmiy spravka apparati hisoblanadi. Alifboli, xronologik, sarlavhalar ko‘rsatkichlari nashr tarkibini yoritadi va alohida hujjatni qidirishni yengillashtiradi. Predmet, geografik nomlar ko‘rsatkichlari esa nashrga kiritilgan hujjatlarning mazmunini ochib beradi.
Ismlar ko‘rsatkichi ma'lum bir muallifning bir asarini yoki asarlarini, alohida olingan shaxsga bag‘ishlangan asarlarni, muharrirlar, musavvirlar va boshqa hujjatni yaratishda ishtirok etgan shaxslar haqida ma'lumotldarni qidirib topishga yordam beradi.
Nashrlariga ko‘rsatkichlar ma'lum nashrdagi hujjatlarning tarkibi va axborot mazmuni negizi bo‘la oladigan hujjatlar oqimining bibliografik qidirish apparati hisoblanadi. Bunda ko‘rsatkichlarda bibliografiyalash ob'yekti to‘liq asar emas, balki mantiq jihatdan tugallangan qismi, matn qismlari, alohida qoidalari, fikrlar, mulohazalar bo‘la oladi. Shu sababli ham ko‘rsatkich tuzilayotgan tomlarda joylashgan hujjatlar mazmunidan chuqur bibliografik hamkorlikda xabardorlikda tengi yo‘q vositadir.
Yordamchi ko‘rsatkichlar - nashrlariga tuzilgan ko‘rsatkichlarga o‘xshash, lekin ular bibliografik axborot manbalariga tuziladi. Yordamchi ko‘rsatkichlar bibliografik qo‘llanmalarda aks ettirilgan hujjatlar haqida turli mazmunan va rasmiy xabarlarni turli bo‘laklarda berib, ularni har tomonlama tushunishni ta'minlaydi. Yordamchi ko‘rsatkichlar hujjatlarning bibliografik tasvirini bermaydi, ular qo‘llanmaning asosiy qismida berilgan bibliografik yozuvlarga havolalarni beradi.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling