Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun


Biblioterapiyada ishlatish mumkinligi nuqtai nazaridan adabiy janrlar tahlili


Download 112 Kb.
bet4/4
Sana24.01.2023
Hajmi112 Kb.
#1116790
1   2   3   4
Bog'liq
Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun 4

Biblioterapiyada ishlatish mumkinligi nuqtai nazaridan adabiy janrlar tahlili.
Maxsus adabiyot meditsina (tibbiyot)dan, psixologiya, psixoterapiya, pe-dagogika va x.k. birinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi bo‘lib, mijozga xo-tirjamlik, nazorat jarayonlarini muvofiqlashtirish bilimlarini beradi. Bu kitoblar obro‘si boshqa janrlardan oldin turishni taqazo etadi. SHuning uchun biblioterapiya retseptlari orasida bu asarlar ko‘p sonli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu adabiyotlarning assiy vazifasi mijozga to‘g‘ri yo‘nalish, kelajak-ka ishonch beruvchi bilimlarni etkazish, o‘zi haqida noto‘g‘ri tushunchalarni yo‘q qilib, mavjud nuqsonlarni engishjarayonida umumiy faollikni kuchay-tirish imkonini beradi.
Ilmiy-ommabop adabiyot. Maxsus adabiyot bajaradigan vazifani baja-radi, ammo etarli bilimi, etarlicha madaniy- ta’limot darajasi bo‘lmagan o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Uning vazifasi mijoz o‘zida his qilayotgan muammolar haqida, murakkab ilmiy sohalar haqida umumiy tafsilot oladi.
Falsafiy adabiyot. Uning vazifasi mijozga o‘zi haqida to‘liq, keng qam-rovli ma’lumot berish, boshqalar haqida, umuman dunyo haqida tushuncha be-rishga yordam beradi. Tashqi real dunyo ichki sub’ektiv dunyo orasidagi ma’-lum bir konfliktlar farqining mavjudligini tushinish bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak, hamda mavjudlikni tushuntiradi.
Buni tushuntirish mijozga xotirjamlik va qoniqish hissni beradi. Falsafiy adabiyot bo‘limiga adabiy tanqidchilik, publitsistika, adabiyot tarixi, falsafa tarixi va x.k.lar kiradi.
Biografik va avtobiografik adabiyotlar.
Ularda tasvirlangan yorqin shaxslar, ularning ulkan muvaffaqiyatlari va hayotiy qiyinchiliklari mijozga o‘zini tezroq va yahshiroq tushunishga yor-dam beradi. Bunda identifikatsiya (qiyoslash) uslubidan foydalaniladi. Ko‘pincha ular belletristika* adabiyotidan kuchliroq ta’sir etadi, chunki real fakt, real voqealar qalamga olinadi. Eng samarali asarlar qisqa, yor-qin biografiyalar bo‘lib,50-70 betni tashkil etish kerak. Hujjatli adabiyot o‘zining faktografik xarakteri va kichraytirilgan badiiy ijod samarasi bo‘lgani uchun ko‘pchilikka kuchli ta’sir etadi.
Mumtoz (klassik) adabiyot. Turlicha ta’sir eta oladigan kattaimkoniyat-larga ega bo‘lgan adabiyot bo‘lib, amaliyota uni ishlatish murakkabligi bilan ajralib turadi. Katta bo‘lmagan asarlardan foydalanish tavsiya etiladi,am-mo eng taniqlilaridan foydalanishdan cheklanish kerak, ular bilan ba’zi qiyinchiliklar bog‘liq(maktabda o‘rganilgan va x.k.), o‘qishga majbur bo‘lingan.
Kulgili va xajviy adabiyotlar. Mijozni hayotga keng va ob’ektiv qarashga o‘rgatadi. Kulgi mohiyati har qanday holatning kulgili tomonlarini topib ularni o‘zgartirish. Xajv mijozga turli qiyin holatlarda o‘zini erkin na-moyon qilishga imkon beradi, o‘ziga ishonch hosil qilish, muomala texnika-sini o‘rgatadi, aktual (dolzarb) bo‘lgan ijobiy imkoniyatlarni saqlaydi.
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
* belletristika- o‘qilishi engil bo‘lgan nasriy sarguzasht asar.


Aforistik* adabiyot. Unda mujassam bo‘lgan yorqin obrazlar, charhlangan fikrlar, bir-biriga zid g‘oyalar, lekin doimo mustahkam mantiq mijoz dunyo qarashining chegaralarini kengaytiradi. Bundan adabiyot ham o‘zlashtiri-ladi, ruhiy faoliyatni tartibga solishga dinamikaga yordam beradi.
Bunday adabiyotni o‘qib boradigan mijoz har-xil to‘siq va cheklashlarga xotirjam munosabat bildirishga odatlanadi, qarama-qarshiliklarni oson engadi, inson so‘z javohirlari bilan tanishadi.
Folklor** va ertak kitoblar. Folklorda butun millat, xalq, avlodlar dunyoqarashiyig‘ilgan bo‘ladi. Ko‘p asrlik hayotdagi og‘zaki ijod jarayonida folklor asarlari maxsus sinov-sinoatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. In-sonlarning ruhiy holatlariga mos bo‘lgan, ko‘pchilik talabini qondirgan ertak, mif, dostonlar va x.k.avloddan-avlodga o‘tib borgan. Sahiylik, haqi-qat, odillik, soddalik ideallarining mavjudligi ulkan psixoterapevtik to‘lqin olib keladi.
Bolalar bilan spetsifik ish olib borishda qo‘llaniladi, ularning qi-yinchiliklarini sezishi, ota-onalar bilan muomalani yo‘lga qo‘yish, hamda ayollar terapiyasida samara beradi.
Ilmiy fantastik adabiyot.Ushbu adabiyotning boshqalardan farqi oddiy, kundalik voqelikdantashqariga chiqa olishidir. Odamning ba’zi xususiyat-larini juda kengaytirib, munosabat va holatlarini tarang qilib, fantas-tik adabiyot ularni yaxshiroq tushunish holatini, sezgilarning chegarasini aniqlaydi. Mijozning faolligi va xayolotni tartibga keltiradi.
Detektiv va sarguzasht adabiyot. Detektiv va sarguzasht adabiyotlar o‘z qator xususiyatlariga binoan biblioterapiyada alohida o‘rin tutadi. Ular om-maviy o‘qishga oson, o‘ta tushunarliligi hayotiy muammolarni umumlashti-rib, oson etkazadi.
Mijoz - bu o‘lja, uning uchun kundalik holatlar tuguni mavjud.
Detektiv asarlarda diqqat- e’tibor negativ hissiyotlarga qaratiladi, intuitsiya*** mashq qilinadi. Doimo hayajon va qiziqishda ushlab turishga katta e’tibor qaratiladi. Detektiv asar o‘quvchini xavf- hatarga undaydi, analitik fikr yuritishga, topqirlikka undaydi, uni real holatdan chiqa-
rib, fantastik holatga etaklaydi va u erda himoyalab boradi.
Dramaturgiya. Pesani o‘qiyotganda ko‘pincha, kitobdan farqli o‘laroq o‘zini ijrochi shaxs bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.
Pesa mijozni dialogga, muomala qoidalariga, ayniqsa, shaxsiy muomala qiyinchiliklarini sezadiganlarga o‘rgatadi.Pesa mijozga ijod erkinli-gini beradi, hayolot rivojiga erk beradi.
Pedagogik adabiyot. Maxsus ilmiy adabiyotlar bilan birgalikda ota-ona-lar, pedagoglar hamda ulardan avlodga kichik bo‘lganlar bilan muomala muammosi vujudga keladigan odamlar korreksiyasini shakllantirish uchun foydalaniladi.
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
*Aforizm- donolarning ulkan ma’no anglatuvchi nafis, mantiqli ibora. **Folklor- xalq og‘zaki ijodi(doston, topishmoq, xalq qo‘shiqlari, tez aytishlar).
***Intuitsiya-ichki hissiyot, ichki sezgi (oltinchi sezgi) .


YUridik adabiyotlar. Mijozga noto‘g‘ri ahloqning ko‘pgina ko‘rinishlari-ning sabablarini bilish imkonini beradi. Uning o‘z xulqi va atrofdagi-larning nohaqligini tushunish imkonini beradi.
Yo‘naltiruvchi soha adabiyoti.Diagnostika jarayonida u yoki bu sabablarga ko‘ra mijozda katta ta’surot qoldirgan kitoblar aniqlanadi. Mijoz o‘z psixologi bilan ularning kuchli ta’sirini taxlil qilar ekan, o‘z muammolari sababini tushunib etishi mumkin.
Mutolaa – miya uchun eng yaxshi mashq. Bu mashg‘ulot miyaga qabul qilingan axborotning saqlanishini ta’minlaydigan asab tolalarini ko‘paytiradi.
Odatda kitobni ma’naviyatni boyituvchi, bilimni oshirib, fikrlash, dunyoqarashni o‘stiruvchi vosita deb bilamiz. O‘z navbatida xorijlik olimlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, mutolaa inson salomatligi uchun ham foydali mashg‘ulot ekan.
Keyingi yillarda o‘tkazilgan shunday tadqiqotlar natijalari kitob mutolaasi yordamida bir qator xastaliklarni samarali davolash mumkinligini isbotladi.
Bir guruh shotland olimlari kitob o‘qish yordamida depressiya – tushkunlik kasalligini davolashga urinib ko‘rishdi. Natijalar esa hayratomuz: ushbu xastalikning birmuncha og‘ir turlarini ham tibbiy dori-darmonlarsiz shunchaki, qiziqarli asarlar orqali davolash mumkin ekan. Tajribada depressiyadan aziyat chekayotgan 2 ming 500 nafar kishi qatnashdi. Olimlar ko‘ngillilarni ikki guruhga bo‘lishdi: birinchi guruhdagilar tushkunlikni engish uchun antidepressantlardan foydalanishdi. Ikkinchi guruhga esa kitob o‘qish yordamida davolash usuli tavsiya etildi va ular mutolaa bilan muntazam shug‘ullana boshlashdi. Roppa-rosa 4 oydan keyin o‘tkazilgan tekshiruvda esa birinchi guruhdan faqat 25 foiz kishi depressiyadan halos bo‘lgani aniqlandi. Ikkinchi guruhda esa bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etdi.
Bir yildan so‘ng qayta o‘tkazilgan tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, kitob mutolaasi orqali davolanganlar o‘z holatini antidepressant qabul qilganlarga qaraganda yaxshiroq nazorat qila boshlagan. Bu esa kitob o‘qish depressiyaning turli bosqichlarida ham birday samarali ta’sir ko‘rsatishini isbotladi.
YUqoridagi kabi tadqiqotlar natijalari olimlarni quyidagi xulosalarga olib keldi: kitob o‘qish xotirani yaxshilaydi, miyani rivojlantiradi va aqliy qobiliyatni o‘stiradi. Mutolaa – miya uchun eng yaxshi mashq. Bu mashg‘ulot miyaga qabul qilingan axborotning saqlanishini ta’minlaydigan asab tolalarini ko‘paytiradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aqliy faollikning pasayishi mutolaani sevadiganlarda birmuncha kam kuzatilar ekan.
Mutolaa Alsgeymer (keksalarda aqli zaiflik) kasalligiga chalinish ehtimolini kamaytiradi. Kitob o‘qish jarayonida miya faolligi ortadi. Bu esa uning umumiy holatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Olimlarning aytishicha, kitob mutolaasi keksalikda ham aqlni faol, tetik saqlab qolishning eng yaxshi yo‘lidir. U stress (ruhiy zo‘riqish)ni kamaytiradi. Boshqa hech narsa odamni kuchli ruhiy zarbalardan yaxshi kitob o‘qiganchalik tez xalos eta olmaydi. Tadqiqotlarda isbotlanishicha, hatto sayr qilish yoki musiqa tinglash ham kitob mutolaasi bilan tenglasha olmaydi: bor-yo‘g‘i 6 daqiqalik mutolaa stress darajasini 3/2 foizga kamaytira oladi.

Kitob o‘qish uyqusizlikni bartaraf etadi. Pasaytirilgan yorug‘lik ostida mutolaa qilish organizmni bo‘shashtirib, uyquga tayyorlaydi. SHuningdek, kitob o‘qish odamning sportga bo‘lgan rag‘batini oshiradi. “O‘qiydigan” odamlar sport mashg‘ulotlariga ham ko‘proq moyil bo‘ladilar.


Biblioterapiya, ya’ni kitob yordamida davolash usuli Buyuk Britaniyada joriy etilganiga endigina 10 yildan oshdi. Bugungi kunda terapiyaning bu yoqimli va foydali turi amalda ancha ommalashdi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Obuna bo‘yicha kitob” deb nomlangan maxsus dastur joriy qilindi. Unga ko‘ra shifokorlar o‘z bemorlariga depressiyadan xalos bo‘lish uchun badiiy adabiyotning turli janrlarini o‘qishni tavsiya etishadi. SHifokorlar depressiyadan aziyat chekayotganlarga ushbu asarlarni antidepressantlarni qabul qilishdan oldin o‘qib chiqishni tavsiya qilishadi. Kitob mutolaasi kishiga bir zamondan boshqasiga bemalol o‘tishga, har kunlik hayotdan uzilib, yon-atrofda ro‘y bergan ko‘ngilsizliklarni unutishga yordam beradi.
Liverpul universiteti tadqiqotchilari ham bu borada noodatiy tajriba o‘tkazdilar. Ular SHekspir, Vordsvort, Tomas Sternz Eliot va ingliz she’riyatining boshqa yorqin yulduzlari ijodini o‘qish inson miyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ustida kuzatuv olib bordilar. Olimlar inson miyasi she’rdagi har bir so‘zni qanday tahlil qilishini, har bir jumla tuzilishi, odatiy-noodatiy qurilishlardan qay darajada ta’sirlanishini tadqiq qilishdi. Oddiy matn o‘qilganida uni miya qanday qabul qilishini bilish maqsadida oldin o‘qilgan she’r mazmunini nasriy matnga aylantirib, ko‘ngillilarga taqdim etishdi. Ma’lum bo‘lishicha mumtoz she’riyat faqatgina ruhiyatga zavq bermaydi, balki u miyaga xuddi neyrofiziologik mashq kabi ta’sir qiladi. SHe’rdagi noodatiy jumlalar, kam qo‘llanadigan so‘zlarni qayta ishlash jarayonida miya doimiy holatidan chiqadi.
Sasseks universiteti olimlari esa stress holatini mutolaa yordamida bartaraf etish ustida ish olib borishgan. Ko‘ngillilarga dastlab ruhiyatda stress uyg‘otadigan matn va mashqlarni bajartirishdi. SHundan so‘ng ularga relaksatsiyaning keng tarqalgan bir necha usulini taklif qilishgan va ushbu usulning tomir urishi va mushaklar tarangligini me’yorlashtirishdagi ta’sirini o‘rganishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, stress darajasini kamaytiradigan eng samarali usul mutolaa ekan. uning ta’siri 68 foizni ko‘rsatdi. Tomir urishini me’yorlashtirish va mushaklarni bo‘shashtirish uchun sokinlikda 6 daqiqa mazmunli biror asarni mutolaa qilish etarli bo‘ldi.
Tajriba davomida musiqa tinglash stressni 61 foizga, bir piyola choy yoki qahva ichish 54 foizga, sayr qilish esa 42 foizga kamaytirgan. Videoo‘yinlar esa bunday asabiy qo‘zg‘alishni bor-yo‘g‘i 21 foizga yo‘qota oladi, xolos. CHunki, o‘yin davomida puls ko‘p ham odatiy holga tushmagan.
Tadqiqot muallifi neyrofiziolog Devid Lyuis stressdan xalos bo‘lish uchun har qanday janrdagi mazmunli kitobni o‘qish ahamiyatli, deya xulosa qildi. Eng muhimi kitob muallifining ichki dunyosiga kirib olishga intilishdir.
Nemis ekspertlari esa mutolaani yoshlik eliksiri, deb atashmoqda. Ular yosh ulg‘ayganida ham, hatto, ko‘rish qobiliyati pasaya boshlaganida ham kitob o‘qishdan to‘xtamaslikni tavsiya etishmoqda. Muntazam o‘qish odam miyasini rivojlantiradi. CHunki bu tadbir miyada yangi sinapslar – asab to‘qimalari va boshqa hujayralarni o‘zaro bog‘laydigan tolalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa butun organizm faoliyatini yaxshilaydi. Kitobdan olingan taassurotni boshqalar bilan o‘rtoqlashish esa yanada yaxshiroq natija ko‘rsatadi.
Xullas, bu kabi tadqiqotlar davom etmoqda. Biz esa qayta-qayta ota-bobolarimiz kitobga bejiz oshno bo‘lmaganini o‘zimizga faxr bilan ta’kidlab qo‘yishimiz mumkin. Zero, qadimda uzun qish kechalari moychiroq yorug‘ida, yoz tunlarida oy shu’lasida davom etgan ommaviy kitobxonlik ajdodlarimizga cheksiz zavq, ko‘tarinkilik baxsh etgani shubhasiz. Bu esa o‘z navbatida, salomatlik garovi ekanligini Abu Ali ibn Sino kabi hakimi hoziqlar o‘z asarlarida aniq-ravshan qilib yozib qoldirishgan.
Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling