Bijg‘ish bijg‘ish hodisasi juda ham qadimdan ma’lum bo‘lsada, uning haqiqiy tabiati va umumiy mexanizmi mashhur fransuz olimi Lui Paster tadqiqotlari asosida aniqlandi. 1861 yili L


Yog‘ kislotali va atseton butilli bijg‘ish


Download 33.93 Kb.
bet4/5
Sana02.03.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1243351
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIJG`TISH

Yog‘ kislotali va atseton butilli bijg‘ish
(Clostridium avlodiga mansub bakteriyalar chaqiruvchi bijg‘ish jarayonlari)
Clostridium avlodiga mansub, spora hosil qiluvchi bakteriyalar har xil bijg‘ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Ularning barchasi anaerob sharoitda amalga oshadi. Kislorodli muhitda (ba’zi bir holatlardan tashqari) bu bakteriyalar o‘smaydilar. Kislorodning zaharli ta’siri bu bakteriyalarda sitoxromlarni va katalazani yo‘qligi hamda flavinli fermentning ko‘pligi bilan tushintiriladi. Ma’lumki, flavinli fermentlar substratdan vodorodni kislorodga tashib o‘tkazadilar va perekis hosil qiladilar. Ular esa zaharli miqdorda to‘planadilar. Bakteriyalarning turlariga qarab bijg‘ishning har xil mahsulotlari to‘planadi:

  • Clostridium butyricum, C.pasterianum, C.pectinovarum bakteriyalari bijg‘ish jarayonida butirat, atsetat va karbonat angidrid gazi hosil qiladilar;

  • Clostridium acetobutylicum, Clostridium butyricum esa asosan butirat, atsetat, atseton, butanol, vodorod va karbonat angidridi;

  • Clostridium kluyverikapronat, butirat va vodorod;

  • Clostridium tetanomorphumbutirat, atsetat, ammiak, karbonat angidridi va vodorod;

  • Clostridium acidiuriciatsetat, formiat va karbonat angidridi hosil qiladi va h.k.

Mahsulotlarni miqdori, ko‘proq bijg‘ish jarayoni kechadigan sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
Bijg‘ish jarayonida mahsulotlarni hosil bo‘lishiga muhitni rN ko‘rsatkichi katta rol o‘ynaydi: Muhitni rN ko‘rsatkichi nordon tomonga o‘zgarganda, n-butanol va atseton hosil bo‘lishi kuchaysa, ishqoriy sharoitda sirka va moy kislotasini hosil bo‘lishi kuchayadi.
Chumoli kislotali bijg‘ish
Ichak mikroflorasining ba’zi bir namoyondalari chumoli kislotali bijg‘ish jarayonini amalga oshirishlari ham mumkin. Ba’zi hollarda bu jarayonni aralashgan bijg‘ish ham deb yuritiladi, CHunki, bunda chumoli kislotasidan tashqari boshqa moddalar, chunonchi, organik kislotalar, spirtlar hosil bo‘lishlari mumkin. Bu jarayonni amalga oshiruvchi bakteriyalar Enterobacteriaceae oilasiga birlashgan bo‘lib, ular grammanfiy, fakultativ anaeroblardir. Enterobakteriyalar orasida yaxshi o‘rganilganlari quyidagilardir: Escherichia coli, Proteus vulgaris, Aerobacter (Euterobacter) aerogenus va Salmonella.Bu bakteriyalar ichakdan tashqari, tuproqda va suvda ham uchraydilar. Ma’lum sharoitda ularni deyarli barchasi patologik ta’sirga egaliklari bilan xarakterlanadi.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling