Bijg'ish jarayoni va ularning turlari Reja


Download 20.07 Kb.
bet1/2
Sana19.03.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1284592
  1   2
Bog'liq
Bijg\'ish jarayoni borishi va ularning turlari


Bijg'ish jarayoni va ularning turlari
Reja

  1. Kirish

  2. Bijg’ish jarayonida mahsulotlar

  3. Spirtli bijg’ish.

  4. Bijg’ish kimyoviy reaksiyalar

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Bijgʻish jarayoni— mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning (asosan, uglevodorodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijgʻiydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning oʻtish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil boʻlishi mumkin. Maye, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar ishtirokida) moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota, propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo boʻladi.
[3]

Bijg’ish jarayonida mahsulotlar. Jarayonida husallas, boʻza, qimiz va boshqa ichimliklar hosil boʻladi. 16-asrda Vant Gelmont B. Jarayoni fermentlar ishtirokida, 19-asrning 30- yilda esa Kanyar de Latur, Shvan va Kyutinglar,bir hujayrali tirik mikroorganizmlar ishtirokida roʻy beradi, deb tushuntirdilar. B.ni faqat Lui Paster ilmiy asosda toʻgʻri tahlil qilib, B.— mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi. Mikroorganizmlar ishtirokida organik moddalar (uglevodorodlar)ni bijgʻitib, xalq xoʻjaligiga zarur mahsulotlar — etil va butil spirtlar, sut, moy, propion kislotalar olinadi. Qanddan spirt hosil boʻlishida ATF va ADF asosiy energiya manbai boʻlib xizmat qiladi. Spirt, vino, pivo ishlab chiqarishda Saccharomyces cerevisia, Sacch. Vini, Sacch. Carlsbergens kabi turushlar (achitqilar) ishlatiladi. Sut mahsulotlaridan qatiq, pishloq, smetana, tvorog, kefir tayyorlashda Str. Lactis, Str. Diacetilactis. Bact. Casei, Bact. Acidophilum ishtirok etadi. Propion kislota olishda Bact. Acidi proponici, Propionibact. Shermani mikroblari qatnashadi. Sanoatda pishloq, V12 vitamini olishda ham bakteriyalarning shu turlaridan foydalaniladi. Moy kislota olishda Clostridium butiricum bakteriyasi, atseton, butil spirt olishda Clostidium acetobutylicum bakteriyasi, sirka olishda Acetobacter aceti bakteriyasi, limon kislota olishda esa Aspergillus niger zamburugʻi ishtirok etadi. B. Jarayonidan foydalanib, rom, turli markadagi vinolar, pivo, sut mahsulotlari, non ishlab chiqariladi. Bijg’ish hodisasi juda qadimdan ma’lum bo’lgan, lekin uning umumiy mexanizmini fransuz olimi Lui Paster ishlab chiqqan. 1861-yilda L. Paster glukozadan etil spirti va karbonat angidrid hosil bo’lishini kuzatgan. Bu jarayon fermentatsiya deb atalib, unga tirik organizmlaming kislorodsiz muhitda glukozadan oziqa va energiya olish qobUiyatining ifodasi degan ta’rif fan tarixida buyuk ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik bu jarayonni amalga oshiradigan fermentlarni o’rganishgamuvaffaqbo’lindi.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling