Bilan bevosita va bilvosita bog‟liq. Nutq madaniyati o‟qituvchida yuksak darajada bo‟lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
Download 464.08 Kb. Pdf ko'rish
|
o-qituvchi-nutqi-madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-61-68 E-mail: carjisor@gmail.com 62 ketmon. Duradgorlarniki-tesha (arra, randa) Jarrohniki-tig‟, tikuvchiniki-igna. Dehqon ketmoni bilan taqir yerda betakror bog‟ barpo qiladi, go`zallik yaratadi yoki tajriba- mahorati yetarli bo‟lmasa yerning umriga zomin bo‟ladi. Ketmon o‟tkir bo‟lmasa, dehqonning o‟zi ketmon urish hadisini olmagan bo‟lsa, oltin tuproqning ham, xomtama dehqonning ham holiga voy bo‟ladi. Faoliyatining asosiy quroli til bo‟lgan kasblar ham borki, ularning boshida o‟qituvchilik turadi. Qaysi fan mutaxasisi bo‟lishidan qat`iy nazar, o‟qituvchi tildan mohirona foydalanish hadisini olmagan bo‟lsa, demakki chinakam madaniy nutq malakasini egallamagan bo‟lsa, darsdagi nutqi nochor va rangsiz bo‟lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo‟lmasin 45 daqiqalik fursat uning o‟zaro uchun ham o‟quvchi sho‟rlik uchun ham og‟ir azob. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ona tilida puxta, lo‟nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematik o‟qituvchisi uchun ham, ona tili o‟qituvchisi uhun ham birdek zaruriy fazilatdir. Nutqiy madaniyat haqida gap ketar ekan nutqning madaniyligi demakki ta`sir doirasi quvvatini ta`sir etadigan to‟g‟rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‟yalik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu sifatlarning barchasini o‟zida mujassam etgan nutq madaniy hisoblanadi. Nutq madaniyatidagi asosiy masala tildan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Demak tilni qo‟llashning real ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bu sohaning muhim yo‟nalishlaridan biridir. O‟qituvchi nutqi adabiy talaffuz me‟yorlariga amal qilishda o‟quvchiga namuna bo‟la olishi lozim. Adabiy talaffuz me‟yorlarining buzilishi eng avvalo shevaning natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun o‟qituvchi o‟zi va o‟quvchilari nutqini shevaga oid artikulyatsion baza va shevaning fonetik qonuniyatlaridan batamon qutilish oson kechmaydi. Buning oqibatida aytaylik buxorolik o‟ tovushini faqat til oldi tarzida, xorazmlik o tovushini asosan a tarzida yoki unga yaqin tarzda talaffuz qilishi, toshkentlik oshni – oshshi , yuzni-yuzzi,qorni-qorri tarzida aytilishi kabi ko‟plab xatolar kelib chiqaveradi. Ba‟zan boshqa tilni mukammal biladiganlar nutqida muayyan so‟zni boshqa til talaffuz tamoyiliga ko‟ra moslab aytish nuqsoni ko‟zga tashlanadi. Yanvar-yinvar, Yaponiya-yiponiya, dekan-de‟kan, fakultet- fakulitet. Yozma nutqni aynan harflab o‟qish ham adabiy talaffuz me‟yorlarining buzilishiga olib keladi. Masalan; o‟qidingiz so‟z shaklini yozganida 9 ta emas 8 ta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling