Bilan bevosita va bilvosita bog‟liq. Nutq madaniyati o‟qituvchida yuksak darajada bo‟lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli


Download 464.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.11.2023
Hajmi464.08 Kb.
#1747213
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o-qituvchi-nutqi-madaniyati



Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-5-61-68 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
61 
O‘QITUVCHI NUTQI MADANIYATI 
 
Madina Dilmurod qizi Azimova 
Farg„ona davlat universiteti magistranti 
Ilmiy rahbar: Dadaxon To‟xtasinov 
 
ANNOTATSIYA 
Nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi hech bir istisnosiz barcha fanlar 
bilan bevosita va bilvosita bog‟liq. Nutq madaniyati o‟qituvchida yuksak darajada 
bo‟lishi shart. Bunda ovoz ham ahamiyatli. O‟qituvchi nutqi jarangdor, aniq, turli 
shevaga xos so‟zlardan holi bo‟lishi kommunikativ qobilyati yuqori bo‟lishi zarur. 
Dunyodagi har bir kasbni egallashda nutq madaniyati muhim quroldir. 
Kalit so’zlar: Pedagogik madaniyat, kommunikatsion nutq, diofragma, 
diapason, ta`lim-tarbiya, ma`naviyat-ma`rifat, pantomimika, milliy qadriyatlar,estetik 
ta`sir. 
KIRISH 
Insonning ma`naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma`rifiy 
rivojida ona tilining o‟rni favqulotda muhimdir. Til milliy ma`naviyat, ma`rifat va 
madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko‟zgusidir. Hadisi shariflarda “Kishining 
zeb-u ziynati go‟zalligi uning tilidadir” deydilar. Shoh va shoir bobomiz Zahiriddin 
Muhammad Bobur nutqining sodda, ravon va aniq bo‟lishiga nutqiy madaniyatning 
yuqori bo‟lishiga alohida e`tibor bergan. 
Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma`rifiy taraqqiyotining millat ma`naviy 
kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma`nodagi madaniy nutq shaxs 
umummadaniy saviyasini favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor 
yo‟nalishi deb, e`tirof etilgan. Bugungi kunda nutq madaniyati masalalari 
o‟qituvchining nutqiy madaniyat mahorati farzandlarimizning madaniy nutq 
ko‟nikmalari va malakalarini oshirish, ta`lim jarayoninning barcha bosqichlarida 
madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan 
dolzarbdir. 
Dunyoda turli-tuman kasblar, bir-biridan turfa hunarlar bor. Ularning har birida 
o‟ziga xos ish qurollaridan foydalaniladi. Masalan: dehqonlarning asosiy ish quroli 



Download 464.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling